Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Hozirgi jahon xo‘jaligining mohiyati va xususiyatlari


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet361/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   357   358   359   360   361   362   363   364   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Hozirgi jahon xo‘jaligining mohiyati va xususiyatlari. Hozirgi 
zamon jahon xo‘jaligining xususiyati – xalqaro iqtisodiy subyektlar 
sifatining yangi tashqi iqtisodiy strategiyalari hisoblanadi.
Hozirgi zamon jahon xo‘jaligi global xususiyatga ega bo‘lib, 
kichik yoki katta mamlakatlar iqtisodiyotlari majmuidan iborat. Ularning 
barchasi uzilmas rishtalar bilan bog‘langan va bir-birini to‘ldirib turadi. 
Jahon xo‘jaligiga integratsiyalashuvning eng istiqbolli va maqbul bo‘lgan 
yo‘nalishini belgilash zarurati ham mavjud. Hozir ochiq milliy 
iqtisodiyotning jahon xo‘jaligi bilan bog‘lanishi tovarlar, ish kuchi va 
kapitalning erkin harakati orqali amalga oshiriladi. Bozor tizimiga 
o‘tishda iqtisodiy o‘sishning tashqi manbalari ichki manbalari bilan bir 
qatorda turgani uchun yosh mamlakatlar muqarrar ravishda baynalminal-
lashuv jarayoniga kirib borishlari kerak bo‘ladi. 
Ochiq iqtisodiyotning ziddiyligi shundaki, bu milliy 
iqtisodiyotni tashqi dunyo uchun ochishni va tashqi omillarning salbiy 
ta’siridan uni himoya qilishni bildiradi. Binobarin, iqtisodiyotning 
«ochiqligi», bir tomondan, boshqalarga bog‘liqlikni va o‘zgalar ta’siriga 
berilishni bildiradi. Ayni paytda milliy xo‘jaliklar o‘zaro qo‘shilib ketgan 
sharoitda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash muammosini keltirib chiqaradi.
Jahon xo‘jaligi – bu global iqtisodiy organizmdir. Hozirgi jahon 
xo‘jaligiga ishlab chiqarish kuchlarining baynalminallashuvi va xalqaro 
iqtisodiy munosabatlarning turli-tuman tizimining yaratilishi xosdir. 
Hozirgi zamon jahon xo‘jaligiga dunyo mamlakatlarining o‘zaro 
manfaatdorligi va uzluksiz iqtisodiy hamkorlik xarakterlidir. Shu bois 
dunyo mamlakatlari o‘z aloqalarida global infratuzilmaga tayanadilar. 


 616
Hozirgi zamon jahon xo‘jaligi aloqalari quyidagi shakllarni o‘z 
ichiga oladi: 
– xalqaro savdo; 
– ishlab chiqarish kooperatsiyasi
– axborot ta’minoti; 
– ish kuchi migratsiyasi; 
– xalqaro kredit; 
chet el investitsiyasi
– davlatlarning o‘zaro valuta munosabatlari albatta global 
infratuzilmani taqozo etadi. Bular xalqaro transport tizimi, xalqaro 
axborot kommunikatsiyasidan iborat. 
Hozirgi global iqtisodiyotga dinamizm xos bo‘lib, doim 
o‘zgarib turadi. Bularga muntazam ravishdagi fan-texnika taraqqiyoti 
yutuqlari, innovatsiyalar (yangiliklar), o‘zaro bog‘liq milliy 
iqtisodiyotlarning o‘sishi, dunyoning 20 foizga yaqin mamlakatlaridagi 
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarda tub islohotlar o‘tkazilayotgani kiradi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   357   358   359   360   361   362   363   364   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling