Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Ekologiya va resurslar muammolari


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet369/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   365   366   367   368   369   370   371   372   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

2.2. Ekologiya va resurslar muammolari 
XX asrning ikkinchi yarmida jahon iqtisodiyotida atrof-muhitni 
muhofaza qilish masalasi ko‘tarildi, chunki xo‘jalik faoliyati natijasida 
uning ifloslanishi bir qator sohalarda juda keskin tus oldi. Biologik 
olamning xilma-xil turlari va ekologik tizimlar halokat yoqasiga kelib 
qoldi. Keyinchalik muammoning dolzarbligi, ekologiya masalalarining 
tadqiq etilishi, ushbu bilimlarning ommalashuvi, nohukumat ekologik 
tashkilotlar va harakatlarning faollashuvi uning keng doirada muhokama 
qilinishiga olib keldi. 


 624
Ekologik inqiroz keskinlashuvining bosh sabablari quyidagilar: 
1) kimyoviy o‘g‘itlarning haddan tashqari ko‘p ishlatilishi, 
tuproqning sho‘r bosishi, shamol va suvdan yemirilishi natijasida ishlov 
beriladigan ulkan yer maydonlarining ishdan chiqishi. XX asrda 
haydaladigan yerlarning ¼ qismidan ortig‘i yo‘qotilishiga yo‘l qo‘yildi;
2) o‘rmonlarning kesilishi va buning natijasida suv toshqinlari, tuproq 
eroziyasi, ko‘chkilarning kelib chiqishi, botqoqliklarning hosil bo‘lishi. 
Katta maydonlarda o‘rmonlarning yo‘qotilishi mintaqaviy va global 
miqyoslarda ekologik muvozanatning buzilishiga olib keldi. XX asrda 
o‘rmonlarning taxminan 2/3 qismi yo‘q qilindi (agar 50 yil avval tropik 
o‘rmonlar quruqlikning 12 % ini qoplagan bo‘lsa, bugungi kunda ular 
atigi 6 % ni tashkil qiladi); 
3) 
ziroatchilik va chorvachilik mahsulotlariga, suv, insoniyat 
yashaydigan muhitga va shu kabilarga kimyoviy ta’sir ko‘rsatilishi bu 
barcha odamlar sog‘lig‘i hayotiga ta’sir etadi, tabiiy muhitning o‘zini 
takror ishlab chiqarish imkoniyati yo‘qolayotganligi haqida gapirmasa 
ham bo‘ladi; 
4) Yer atmosferasiga chiqarilayotgan chiqindilar hajmining o‘sib 
borayotgani. Atmosferada karbonat angidrid gazining to‘planishi (issiq 
xona effekti), ozon qatlamining yupqalashuvi tufayli iqlim o‘zgarishi yuz 
berishi mumkin. Taxminlarga qaraganda, yer sharidagi o‘rtacha yillik 
harorat XXI asr o‘rtalariga kelib 1,5–4,5 oS ga, Dunyo ummonining 
darajasi esa 2010-yildayoq 1,4–2,2 metrga ko‘tarildi; 
5) turli sanoat chiqindilarining to‘planishi, katta yer maydonlarining 
axlat uyumi bilan to‘lishi. Buning natijasida foydali yer maydonlari 
qisqarib, odamlar hayoti uchun katta xavf tug‘diruvchi o‘choqlar hududi 
kengayadi. Sanoat chiqindilarining hajmi 30 yil ichida 2,5 baravar 
ko‘payib, 10 mlrd. tonnaga yetdi
6) atom elektr stansiyalari sonining ko‘payishi. Ekologiyaga ta’sir 
etishning oqibatini Chernobil fojiasi ko‘rsatdi: odamlarning halok bo‘li-
shi, shaharlar, yerlar, o‘rmonlar va suvning foydalanishga yaroqsizlanishi. 
Hayot uchun o‘ta xavfli radiatsion chiqindilar (ifloslantiruvchilar)ning 
minglab kilometr masofaga havo orqali tarqashi hamda shahar va 
qishloqlarga yomg‘ir va qor ko‘rinishida tushishi. 
Bularning bari ekologik muammolar miqyosining nihoyatda kattaligi, 
jahon sivilizatsiyasining buguni va ertasi uchun ahamiyati, shuningdek 
uning salbiy oqibatlarini bartaraf etish yoki kamaytirish uchun nihoyatda 
katta mablag‘ zarurligini tasdiqlaydi. Afsuski, mamlakatlar va xalqaro 
tashkilotlarning «ekologik budjetlari» hozircha katta emas, hal 


 625
qilinadigan muammolarning miqyosiga mos kelmaydi. Insoniyat tabiatni 
muhofaza qilish tadbirlariga 1979-yilda – 40 mlrd., 1980-yilda – deyarli 
75 mlrd., 1990-yilda – taxminan 150 mlrd., XXI asrning boshida esa
250 
mlrd. dollardan ortiq mablag‘ sarflagani haqidagi ma’lumotlar 
barchani o‘ylashga majbur etadi. 
Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga sanoati rivojlangan 
mamlakatlar o‘z yalpi milliy mahsulotining 1,2 % ini sarflaydilar. Ayni 
vaqtda rivojlanayotgan mamlakatlarga zarur yordam ko‘rsatmaydilar. Har 
yili atrof-muhitga yetkaziladigan zararning bahosi ular YAMMining 4–

% ini tashkil qiladi. Kambag‘al va boy mamlakatlar turli xil 
imkoniyatlarga ega bo‘lgani bois, atrof-muhit holati uchun mas’uliyat 
ham turlicha bo‘lishi kerak (masalan, aholining 20 % istiqomat qiladigan 
va atmosferaga chiqariladigan chiqindilarning deyarli 70 % ini ishlab 
chiqaradigan va issiq xona effektini yuzaga keltiradigan Shimol 
mamlakatlari bunga ko‘proq mas’ul bo‘lishlari lozim). Boy mamlakatlar 
nafaqat o‘z harakatlarida eng mas’uliyatli bo‘lishlari, balki Janub 
davlatlariga atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida texnologik va 
iqtisodiy jihatdan yordam berishlari kerak. 
Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi boshqa bir muammo – 
gidroelektr stansiyalari qurish bo‘lib, ular, bir tomondan, elektr 
energiyasini eng toza usulda olishga imkon beradi, boshqa tomondan,
katta maydonlarni suvga bostirib va baliqlarning harakatlanishi uchun 
to‘siqlar yaratib, daryolar havzalarida ekologik vaziyatni o‘zgartiradi va 
hokazo. Ayrim korporatsiyalar va davlatlarning iqtisodiy manfaatlari 
tabiatni asrash manfaatlarini himoya qiluvchi ekologik harakatlar, 
shuningdek huquqni muhofaza qilish tashkilotlari manfaatlariga zid 
keladi. 
Eng yirik ekologik falokatlar lokal (cheklangan) to‘qnashuvlar yuz 
berganida ham kelib chiqishi mumkin. 1991-yilda hamda XXI asrda Fors 
ko‘rfazidagi urushlar tufayli neft konlarining yoqib yuborilishi 
sayyoramiz ekologiyasi uchun ulkan xavf keltirib chiqargani ma’lum. Bu 
yong‘inlarni o‘chirish, shuningdek yer yuzini neft chiqindilaridan 
tozalash uchun ko‘plab mamlakatlarning harakati zarur bo‘ldi. 
Sayyoramizdagi «resurslar chegaralari» bilan bog‘liq muammolarni 
muhokama qilishdan «chiqindilarning chegarasi» haqidagi masalalarga 
o‘tish kuzatilmoqda. Ekologik muammo davlatlar, shuningdek hukumat-
lararo va nohukumat tashkilotlari, transmilliy korporatsiyalar, havo 
havzasi, suv muhiti, yer yuzasi va konlarini muhofaza qilish sohasida 
ishlovchi ekspertlarning birgalikda ishlashini talab qiladi. 


 626
Fan-texnika taraqqiyoti ochib berayotgan imkoniyatlarga qaramay, 
Yer aholisi hamda insoniyat resurslaridan foydalanish muammosi jahon 
iqtisodiyotidagi eng muhim muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. 
Insoniyat soni jihatidan 1 
mlrd.li chegaraga XIX asrning birinchi 
choragida, 2 mlrd.ga esa XX asrning o‘rtasida yetib keldi, shundan so‘ng 
har 11 yilda 1 mlrd. nafarga ortib bormoqda. Hozirgi paytda sayyoramiz 
aholisi 7 mlrd.ga yetgan. BMT keyingi 50 yil ichida u 9 300 mlrd.ga 
yetishi haqidagi ma’lumotni keltirgan. Buning aksi, ya’ni uch yovuz 
kuch: terrorizm, ekstremizm va separatizm, shuningdek mutaxassislarning 
tadqiqotiga ko‘ra, urushlar, tabiiy ofatlar, oziq-ovqat yetishmasligi, shahar 
va qishloqlarning suv ostida qolib ketishi (masalan, Indoneziyadagi 
bundan besh yil avval sunami oqibatida qariyb 400 ming nafar insonlar 
qurbon bo‘lgan) natijasida yer yuzi aholisi 2050–2060-yillarga kelib, 5 
mlrd. nafarga tushib qolishi ehtimoli ham mavjud ekan. 
Dunyodagi eng kambag‘al 48 
ta mamlakat va Afrikada SPID 
epidemiyasi tufayli aholi ko‘payishi sekinlashayotganiga qaramay, 2050-
yilga borib uch baravar ko‘payadi. 1950–1955-yillarda rivojlanayotgan 
mamlakatlarga aholi yillik o‘sishining 79 % to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 1990–
1995-yillarda bu ko‘rsatkich 95 % ga yetdi. Taxminlarga qaraganda, 
2050-yilga borib aholining butun o‘sishi «Janub mamlakatlari» evaziga 
yuz beradi, bu hol «Shimoliy va Janubiy yarimsharlar o‘rtasidagi 
demografik uzilish (farq)» nomini oldi. 
Rivojlanayotgan mamlakatlarga tug‘ilishning yuqori darajasi, ko‘p 
bolali onalar va bolalar o‘limi darajasining ham yuqoriligi Tug‘ilish 
darajasining yuqoriligi kambag‘allikni yanada ko‘paytiradi xosdir. Biroq 
aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YAMM ko‘payganida, tug‘ilish 
darajasi bolalar o‘limi darajasidan ortadi, keyinchalik esa tug‘ilish dara-
jasi pasayadi va ko‘tarilish yuz bermaydi. Rivojlanayotgan davlatlarda 
aholining yosharib borishi bu yerda yosh, mehnatga qobiliyatli ish 
kuchining eng ko‘p qismi jamlanishiga olib keladi va uning ish bilan band 
bo‘lishini ta’minlash keskin ijtimoiy muammoga aylanadi. 
BMTning taxminlariga ko‘ra, 2050-yilga borib rivojlangan mamla-
katlarda (AQSh bundan mustasno) aholi soni kamayib boradi. Bu vaqtga 
kelib sayyoramiz aholisi qariydi, chunki inson umri davomiyligi ortadi. 
60 yoshlilar hozirgiga qaraganda uch baravar, 80 yoshdan oshganlar besh 
baravar ko‘payadi (masalan, hozirgi kunda 100 yoshdan oshgan aholi 
Yaponiyada 1 milliondan ortiq). 
Nafaqa yoshidagi odamlarni ta’minlashdan iborat iqtisodiy muammo 
kuchayib bormoqda. Ularni hal qilish uchun turli variantlar, jumladan 


 627
pensiyaga chiqish yoshini oshirish Yevropa mamlakatlarida kuzatil-
moqda. 
Hozirgi dunyoda qishloq aholisining shaharlarga ko‘chishi ko‘payib 
borayotganligi kuzatilmoqda. 2030-yilga kelib, shaharliklar soni 
XXI asrning boshidagiga nisbatan ikki baravar ko‘p bo‘lishi kutilmoqda. 
10 mln.dan ortiq aholiga ega bo‘lgan shaharlar ko‘payib bormoqda, bu 
esa ta’minot va munitsipal boshqaruv muammosini keltirib chiqarmoqda. 
Dunyoning aksariyat mamlakatlari samarali natijalarga olib kelayotgan 
faol demografik (tug‘ilishni cheklash va boshqalarga oid) siyosatni ishlab 
chiqib, amalga oshirmoqdalar. 
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik tashkiloti (FAO) ma’lu-
motlariga qaraganda, Yer yuzidagi ochlar soni taxminan 500 mln. nafar. 
Dunyoda ochlikning turli shakl va bosqichlaridan 1 mlrd.dan ortiq 
kishilar jabr tortmoqdalar. 
Rivojlanayotgan mamlakatlarda an’anaviy ratsionlar yetarli miqdor-
dagi kaloriyalarni ta’minlashi mumkin, biroq ularda zarur miqdorda oqsil, 
yog‘ va mikroelementlar mavjud emas. Rivojlanayotgan mamlakatlarning 
jahon xo‘jaligiga jalb etilganligi, ularning tropik va texnik mahsulotlar 
yetishtirishga ixtisoslashganligi ko‘pincha ularning oziq-ovqat bilan 
ta’minlanish darajasini pasaytiradi. Oziq-ovqat mustaqilligining yo‘qligi 
bunday mamlakatlarni tropik o‘simliklar yetkazib berish kvotalarini 
belgilovchi rivojlangan mamlakatlarning eksporti va savdo borasidagi 
siyosatiga tobe qilib qo‘yadi. 
Oziq-ovqat muammosining global miqyoslari uni hal etishning butun 
sayyoramizdagi ishlab chiqarish resurslarini oqilona taqsimlash bilan 
bog‘lamoqda.
XX asrning ikkinchi yarmida jahon ziroatchiligida qishloq xo‘jaligini 
mashinalar tizimiga o‘tkazish, hosildor, gibrit urug‘lardan foydalanish, 
agrosanoat integratsiyasini keng rivojlantirish va agrosanoat komplek-
sining shakllanishi, biotexnologik inqilob kabi sifat o‘zgarishlari yuz 
berdi. Rivojlanayotgan mamlakatlarning normal turmush uchun zarur 
oziq-ovqat bilan ta’minlashdagi yutuqlaridan kompleks foydalanish oziq-
ovqat muammosini hal qilish imkoniyatini ochmoqda.

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   365   366   367   368   369   370   371   372   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling