Sharof Rashidov nomidagi Samdu geografiya va ekologiya fakulteti
Download 1.14 Mb.
|
Presentation(1)-WPS Office
Sharof Rashidov nomidagi SamDU geografiya va ekologiya fakulteti 302- guruh talabasi Ahmedova Guljahonning Oʻzbekistonning tabiiy geografiyasi fanidan tayyorlagan taqdimot ishi Mavzu: O'zbekistonning Foydali qazilmalari Reja: 1 Oʻzbekistonning yer osti boyliklari 2. Yer osti boyliklaridan foydalanish 3. Tejamkorlik bilan foydalanish shartlari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Qazilma boyliklarning asosiy turlaridan foydalanish hajmi va sur'atlarini taxlil qilish insoniyatning bu boyliklarga «ishtahasi» misli qurilmagan darajada o`sib borayotganini ko`rsatadi. Masalan, 1950-1968 yillar orasida aholisi atigi 38% ga oshgani xolida ko`mir va temir rudasini qazib olish 2 baravarga, neft olish esa qariyb 3,5 baravarga ortgan. 1913 yilda qazilma boyliklardan foydalanish Yer yuzi aholisining jon boshiga o`rtacha 5 tonnacha to`g`ri kelgan bo`lsa, bu miqdor 1940 yilda 7,4 tonna, 1960 yilda 14,3 tonna, 1990 yilda 25 tonnaga yetdi, ya'ni keyingi 80 yil orasida 5 baravarga ko`paydi. Hozir dunyoda har yili 150 mlrd tonna mineral xomashyo qazib olinmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma'lumotlariga ko`ra dunyoda yiliga 32 mlrd. tonna ko`mir, 2,6 mlrd. tonna neft, 6 mlrd. tonna temir rudasi, 3,6 mln. tonna xrom rudasi, 7,3 mln. tonna mis rudasi, 3,4 mln. tonna qo`rg`oshin rudasi, 159 mln. tonna osh tuzi, 120 mln. tonna fosfatlar, 1,2 mln. tonna uran, simob, molibden, nikel, kumush, oltin va platina rudalari qazib olinmoqda. Ba'zi ma'lumotlarga ko`ra, qazilma boyliklardan shu sur'atda foydalanilsa oltinning zahirasi yana 30-35 yilga, rux-36 yilga, simob va surma-70 yilga, uran-47 yilga, mis-66 yilga, ko`mir, neft va gaz zahiralari-150 yilga yetadi xolos. Boshqa ma'lumotlarga ko`ra alyuminiy zahirasi yana 570 yilga, mis-292 yilga, rux-232 yilga, temir-150 yilga yetishishi oltin, kumush va platina zahiralari esa 1990 yilda tugashi kerak Xomcho`tga asoslangan bu qarama-qarshi fikrlar, garchi ular kelajak kartinasini aniq qilib ko`rsataolmasada, har holda qazilma boyliklar zahirasi cheklanganligini tasdiqlaydi. Bu esa mutaxassislar oldiga litosfera bag`rini yanada chuqurroq o`rganish, yangi zahiralarni axtarib topish, boyliklardan foydalanishda noan'anaviy usullarni qo`llash va rudalardan maksimal foydalanish, ularning chiqindilarini qayta ishlab, kerakli elementlarni ajratib olish texnologiyasini yaratish vazifasini qo`yadi. Ana shunday izlanishlar natijasida o`laroq hozirgi paytda 30 dan ortiq mamlakatda neft va tabiiy gaz dengiz ostidan qazib olinadi. qidiruv ishlari ko`rsatishicha dengiz ostidagi neft zahirasi dunyo bo`yicha 150 mlrd. tonnani tashkil qiladi Dengiz suvi tagidan shuningdek ko`mir, temir rudasi, oltingugurt va boshqa minerallar ham qazib olinmoqda. Angliyada qazib olinayotgan jami ko`mirning 1/10 qismi, Yaponiyada esa 2/5 qismi dengiz tubi zahiralariga to`g`ri keladi. Keyingi yillarda o`tkazilayotgan kosmik tadqiqotlar okeanlar tubida katta miqdordagi mineral boyliklar zahirasi mavjudligini ko`rsatmoqda. Umumiy maydoni taxminan 1000 mln. kv. km. bo`lgan ekvatoriyaning tubi tarkibida alyuminiy, mis, nikel, kobalt va marganets bo`lgan qizg`ish loy bilan qoplangan. Hozirgi kunda Dunyo okeanlari tubida 1500 mlrd. tonna murakkab tarkibli temir va marganets rudalari borligi taxmin qilinmoqda. Yaponiyalik mutaxassislar fikricha okean tubidagi metall konkretsiyalari hisobiga dunyo sanoatini hozirgi iste'mol darajasida mis bilan yana 2000 yil, nikel bilan 70 000 yil, marganets bilan esa 140 000 yil ta'minlash mumkin. Fan va texnikaning hozirgi davridagi rivoji va ishlab chiqarish qurol-aslahalarining takomillashganligi Yer sharidagi qazilma boyliklarni qayerda va qanday chuqurlikda joylashganidan qat'iy nazar ularni tadqik kilib topish va qazib olish imkonini berayotir. Bu, o`z navbatida, qazilma boyliklardan tobora ko`proq foydalanish bilan ularning zahirasini kamaytiriga va shu bilan birga ularning qoldiqlari bilan atrof muhitni tobora ko`p ifloslashiga olib kelmoqda. Yer osti boyliklaridan foydalanishda tejamkorlik va atrof muhit muhofazasi masalalari Ko`pgina hollarda qazilma boyliklardan foydalanishda isrofgarchilik salmog`i katta bo`ladi. Rudalarning foydalilik koeffitsiyenti odatda 20 dan oshmaydi, Rudalarning foydalilik koeffitsiyenti odatda 20 dan oshmaydi, ya'ni ruda eritilib, undan ko`zda tutilgan 1-2 xil metall ajratib olinadi-yu qolgan 75-80% chiqindi sifatida atrof muhitga tashlab yuboriladi. Chiqindi miqdori ba'zi rudalarda 98-99% ni tashkil qiladi. Buning asosiy sababi rudani ko`p tomonlama ishlash serchikam va murakkab jarayon ekanligidadir. Holbuki 100 tonna granitdan 8 tonna alyuminiy, 5 tonna rux, 500 kg. titan, 80 kg. marganets, 30 kg. xrom, 17 kg, nikel va 14 kg. vanadiy ajratib olish mumkin. Isrofgarchilik ayniqsa ko`mir, neft, kaliy tuzi, qurilish materiallari, qora va rangli metallar, tog–kimyo xomashyolarining qazib olishda yuqori bo`lib qolmoqda. Neft olishda uning konlarida neftning qariyib yarmi tuproq bo`shliqlarida qolib ketmoqda. Qazilma boyliklardan foydalanish salmog`i va shunga ko`ra ularning isrofgarchiligi ayniqsa rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda katta. Bu mamlakatlarda ayniqsa ko`mir, gaz va neft konlari tez sur'atlar bilan o`zlashtirildi. O`tgan asrning dastlabki 70 yil mobaynida dunyo yuzasida neft qazib olish 10 mln tonnadan 1,8 mlrd tonnaga yetdi ya'ni 180 martaga ko`paydi. Qazilma boyliklardan jadal sur'atlar bilan foydalanish ba'zi rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda ularning zahiralari kamayib qolishga va hatto tugashiga ham olib keldi. Buning oqibatida hozirgi vaqtda Yaponiya, Angliya, Germaniya, Italiya, Gollandiya, Belgiya, va shu singari sanoati rivojlangan boshqa mamlakatlar qazilma boyliklarni chetdan sotib olmoqdalar yoki ularning ikkilamchi chiqindilarini qayta ishlamoqdalar. AQSH 70-yillar boshidayoq har yili iste'mol qilinadigan marganets, nikel va xromning 90-95% ni, boksitning 85% ni, kaliyning 70% ni, neft va temir rudasining 30% ni chetdan olishga majbur bo`ldi. G`arbiy Yevropa mamlakatlari va Yaponiya hozirgi kunda chet el xomashyosiga yanada ko`proq karam bo`lib qolgan. Bunday mamlakatlarda tabiiy muhitga chiqarib tashlangan chiqindilar miqdori ham juda ko`p. Hisoblarga ko`ra 1 tonna tayyor xomashyo olish uchun, masalan, temir olish uchun 5-6 tonna ruda, qo`rg`oshin uchun 60-90 tonna, rux uchun 80-100 tonna, mis olish uchun 100-140 tonna ruda ishlatiladi. 80- yillarda dunyo bo`yicha qazilma boyliklardan 2 mlrd. tonna mahsulot ishlab chiqildi, buning uchun yer ostidan 100 mlrd. tonna ruda, yoqilg`i va boshqa boyliklar olindi. Tabiyki, qayta ishlangan bu qazilma boyliklarning 98-99% chiqindiga aylanib tabiy muhitga tashlab yuborildi. Chiqindilar miqdori ayniqsa ko`mir sanoatida ko`pdir. Ko`mir qazib olishda yiliga 1,5 mlrd. tonna chiqindi chiqadi. Bundan tashqari dunyodagi domna va marten pechlarida har yili 1mlrd. tonnaga yaqin ko`mirning kuli va ruda shlaklari to`planadi. Sobik Sovet Ittifoqi hududida keyingi paytlarda chiqindilarning yillik miqdori 5 mlrd. tonnaga yetdi, ularni saqlash uchun 4mln. gektardan ko`proq yer band bo`ldi. Faqatgina issiqlik elektr stantsiyalaridan 1mlrd. tonna kul va shlak chiqarilib, ularni saqlashga 18 ming gektar yer band bo`ldi. O`zbekiston respublikasining zamini juda katta miqdordagi turli-tuman qazilma boyliklarga ega. Bu zaminda Mendeleyev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Respublika hududida hozirgacha 2700 dan ziyod foydali qazilma konlari va ular namoyon bo`lgan joylar aniqlangan. Aniqlangan bu konlarda 100 ga yaqin xom ashyo turlari mavjud bo`lib, ularning umumiy miqdori 3,3 trillion AQSH dollarga baholanadi. Fakatgina neft va gaz zahiralarining qiymati 1 trillion dollarga teng. Aniqlangan konlardan 900 tasi topilgan va o`rganilgan bo`lib, ulardagi zahiralar qiymati 970 mlrd. dollarga teng. Hozirgi kunda respublikada foydalanayotgan konlar soni 400 ga yaqin. Har yili bu konlardan 5,5 mlrd. dollarlik qazilma boyliklar olinmoqda va qo`shimcha 6-7 mlrd. dollarlik yangi zahiralar topilmoqda. O`zbekiston yoqilg`i-energetika zahiralariga boy o`lka. Unda qidirib topilgan tabiiy gaz zahiralari 2 trillion m. kub atrofida. Bu gaz zahiralari respublikani 35 yil gaz bilan ta'minlashga yetadi. Faqatgina Ko`kdumaloq konlaridagi gazning zahirasi 144 mlrd m. kubga yaqin, ulardagi neft 54,2 mln tonnagaz kondensati esa 67,4 mln.tonnaga teng. Hozirgi paytda foydalanayotgan neft konlarining soni 160 dan ortiq bo`lib, ularning zahiralari 30 yilga yetadi. Birgina 1985-1994 yillar ichida 38 ta yangi neft va gaz koni ishga tushirildi. Bulardan tashqari neft, gaz va gaz kondesati bo`yicha yana 155 ta istiqbolli konlar ham aniqlangan. Tekshirishlar ko`rsatishicha respublika zaminining qariyb 60% da yer osti neft va gaz qatlamlari bor. Bu qatlamlar asosan 5 ta mintaqada joylashgan. Bular: Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubiy-G`arbiy Xisor, Surxandaryo va Farg`ona mintaqalaridir. Respublikada olinayotgan jami neftning 90% dan ortigi arzon ya'ni favvoralar usulida olinmoqda. Hozircha respublika hududida aniqlangan neft zahiralarining fakat 32% o`zlashtirildi, xolos Oltin zahiralari bo`yicha O`zbekiston dunyoda to`rtinchi o`rinda, uning qazib olinishi bo`yicha esa yettinchi o`rinda turadi. Oltinning asosiy zahirasi Markaziy qizilqumda joylashgan. Hozirgi kunda oltin 7 ta kondan olinmoqda. Muruntov koni dunyodagi konining topilishi Xalqaro geologiya jamoatchiligi tomonidan yigirmanchi asrning ikkinchi yarmida oltin sohasida qilingan eng katta kashfiyot deb e'tirof qilindi. Bu yerda affinaj ya'ni eng sof metall olish jarayoning zamonaviy texnologiyasi joriy etilgan va kon oltinining sifati yuqori bo`lgani uchun ham oliy tovar ko`rinishiga ega bo`lgan, soflik darajasi «to`rtta to`qqiz»ga teng asl oltin olinmoqda. Hozirgi paytda Muruntov konidan olib ishlatilgan va ko`p yillardan beri otvalga chiqarib tashlangan ruda tuprog`i Amerikaning «Nyumont Mayning Korporeyshn» kompaniyasi ishtirokida qayta ishlanib, tarkibidagi qolgan oltin ham ajratib olinmoqda. Xulosa Bu ishlar juda katta kuch, mablag` va vaqtni talab qiladi. Hozirgi vaqtda bu yo`lga ilk qadamlar qo`yilib, oltin olish bo`yicha Britaniyaning «Oksis Mayning» kompaniyasi, qo`rg`oshin, rux va oltin olish bo`yicha «Omontaytov-Fred» kompaniyalari ish boshladi. Tuzilayotgan rejalar va bajarilayotgan ishlar, shubhasiz, O`zbekistonni kelajakda rivojlangan mamlakatlar darajasiga ko`tarish o`zbek xalqining faravon turmushini ta'minlashga poydevor bo`ladi. Foydalanilgan adabiyotlar More in this category: « Yer resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish Ер ости бойликларидан фойдаланганлик учун солик. » Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling