Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Iqtisodiy rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchlari
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
Iqtisodiy rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchlari – bu iqtisodiy
rivojlanishda yetakchi o‘rin tutuvchi iqtisodiy subyektlar: tadbirkorlik, kichik biznes, fermerlik harakati. Iqtisodiy rivojlanish sharoitlari – iqtisodiy taraqqiyotning borishini ta’minlovchi alohida aniq holatlar. Zarur sharoitlarning yaratilishi iqtisodiyotning boshqarilishini, iqtisodiy vaziyatning tahlil qilinishi va bashorat qilinishi, samarali menejmentni ta’minlaydi. Jahon iqtisodiyoti notekis rivojlanadi. Jahon iqtisodiyotining notekis rivojlanishi uning siklik xususiyatida namoyon bo‘ladi (qisqa muddatli sikl 2 yil, o‘rta muddatlisi 5–7 yil, uzoq muddatli sikl 40–60 yil). Sekinlashish (pasayish to‘lqini) va tezlashish (yuksalish to‘lqini) davrlari ketma-ket almashinib keladi va bir qator omillarning dinamikasi (fan- texnika taraqqiyoti va boshqalar) bilan bog‘liqdir. Katta sikllarning yuksalish to‘lqinlari quyidagilardan iborat: birinchi (XVIII asr o‘rtalari) – to‘qimachilik sanoati va metallurgiya- ning rivojlanishi bilan bog‘liq; ikkinchi (XIX asr o‘rtalari) – dengiz va temir yo‘l transportining rivojlanishi bilan bog‘liq; uchinchi (XX asrning boshi) – elektrotexnika, radio, aloqa sohalaridagi ixtirolar bilan bog‘liq; to‘rtinchi (Ikkinchi jahon urushidan keyin) – sintetik materiallar, plastmassalarning ixtiro qilinishi, elektronika, yangi texnologiyalarning rivojlanishi bilan bog‘liq. Shuningdek, ko‘lami va keltirilgan salbiy oqibatlari jihatidan 1929– 1933-yillardagi buyuk depressiyadan keyingi o‘rinda deb baholanayotgan va «bugungi kunning eng dolzarb muammosi – bu 2008-yilda boshlangan jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi» AQSh ipoteka kreditlari bozoridagi tanglikdan boshlanib, butun moliyaviy sektori, so‘ngra tez sur’atlarda iqtisodiyotning real sektorini ham qamrab oldi. Iqtisodiy siklning quyidagi jarayonlari ajraladi: 1) inqiroz (ishlab chiqarishning to‘xtab qolishi, ishsizlikning ko‘payishi va hokazo); 2) jonlanish (inqirozdan oldingi iqtisodiy holatning tiklanishi); 622 3) yuksalish (asosiy kapitalning yangilanishi, inflatsiyaning kamayi- shi va hokazo); 4) regressiya (iqtisodiy yuksalish fonida inqiroz alomatlari yuzaga keladi); 5) depressiya (ishlab chiqarishning turg‘unligi, narxlarning past darajasi, eskirgan asosiy kapitalning chiqib ketishi). Iqtisodiy sikl – iqtisodiyotga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi va ichki omillarning o‘zaro ta’siri natijasi. 1970–1990-yillarda jahon iqtisodiyotining o‘sishi deyarli dunyoning barcha mamlakatlarini qamrab olgan chuqur o‘rta muddatli siklik inqirozlar bilan uzilib turdi, holbuki ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojla- nishi o‘ziga xos jihatlarga ega edi. O‘rtacha darajada rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining o‘sish sur’atlari XXI asrning boshida atigi 1–2 % ni tashkil qildi. Jahon iqtisodiyotining umumiy o‘sishi 1 % dan ortdi. Ammo uning o‘sish sur’atlari 2008-yilga kelib pasayishga yuz tutdi. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: – globallashuv (iqtisodiyot subyektlarining global miqyosdagi o‘zaro aloqadorligining kuchayishi, bularning aholi hayotining huquqiy, ijtimoiy, demografik, diniy va boshqa tomonlariga ta’siri). Bu masalani keyingi paragraflarda atroflicha ko‘rib chiqamiz; – ishlab chiqarish va kapitalning baynalminallashuvi (milliy xo‘jalik- larning ishlab chiqarish va investitsiyalar sohasida jahon bozoriga bog‘liqligining kuchayishi); – transmilliylashuv (korxonalar va ular filiallarining xorijda joylash- tirilishi, buning xalqaro mehnat taqsimoti chuqurlashuviga imkon yaratishi); – integratsiya (milliy xo‘jaliklarning yaqinlashuvi va o‘zaro mosla- shuvi); – jahon bozorlarida raqobatning kuchayishi. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling