Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mansabni suiiste’mol qilish va korrupsiyaga asoslangan iqtisodiy xatti-harakatlar.
- Mavzu yuzasidan asosiy xulosalar
Ikkilamchi iqtisodiyot – kishilarga zarar keltirmaydigan, ular uchun naf
beradigan, lekin rasman ruxsat berilmagan va davlat ro‘yxatidan o‘tmagan iqtisodiy faoliyat. Ular yashirin tadbirkorlik hisoblanadi. Rasman ruxsat etilgan faoliyat bilan birga, qo‘shimcha ravishda yashirin ishlab chiqarishga qo‘l urish, ochiq ishlaydigan korxonalarda qo‘shimcha ravishda hisobga kirmagan mahsulot chiqarib, uni yashirin sotish. Mansabni suiiste’mol qilish va korrupsiyaga asoslangan iqtisodiy xatti-harakatlar. Bular jumlasiga davlat idoralaridagi yashirin poraxo‘rlik, yashirin lobbizm, mansabdan foydalanib, subsidiyalar olishni kiritish mumkin. Qalbakilashtirilgan iqtisodiy faoliyat. Bu iqtisodiyot davlat sektoriga xos bo‘lib, davlatni aldashga qaratiladi. Buning eng yaqqol namunasi davlat sektoridagi qo‘shib yozishlar, qilinmagan ishlar uchun davlatdan haq olish va boshqalar. Mavzu yuzasidan asosiy xulosalar: 1. Jahon mamlakatlari iqtisodiy xavfsizligi davlat strategiyasi tajribasidan kelib chiqib, amaldagi qonunlar iqtisodiyot ahvolining O‘zbekiston iqtisodiy xavfsizligi talablariga javob beradigan mezonlari orasida quyidagilarni keltirish mumkin: jamiyat hamda xo‘jalik va moliya faoliyatining barcha sohalari jinoiylashuviga yo‘l qo‘ymaydigan iqtisodiy va huquqiy shart- sharoitlarning yaratilishi, jinoiy tuzilmalarning ishlab chiqarish va moliya institutlarini egallab olishiga, hokimiyatning turli institutlariga kirib borishiga yo‘l qo‘ymaslik kabilar va hokazo. Mamlakatimiz milliy boyligi davlat budjetining daromadlarini taqsimlash va qayta taqsimlashda ishtirok etish iqtisodiy agentlarga har qanday xo‘jalik 612 faoliyatiga qaraganda, ancha ko‘p foyda kelishini ta’minlaydi. Bunday faoliyat «xufiyona» iqtisodiyot nomini oldi. 2. Adabiyotlarda «xufiyona iqtisodiyot» kategoriyasini ta’riflashga quyidagi yondashuvlarning ayrimlarini keltiramiz: – «xufiyona» iqtisodiyot faoliyatning taqiqlangan turlari sifatida baholanadi; – «xufiyona» iqtisodiyot iqtisodiy faoliyatning aytilmagan va yashirilgan turlari sifatida ta’riflanadi; – «xufiyona» iqtisodiyot u yoki bu sabablarga ko‘ra, rasmiy statistikada inobatga olinmaydigan, yalpi ichki mahsulotga kiritilmaydigan, soliqqa tortishdan «tushib» qoladigan har qanday iqtisodiy faoliyat sifatida talqin etiladi; – «xufiyona» iqtisodiyot milliy xavfsizlikka tahdid sifatida ayrim individ- lar, ularning guruhlari, institutsional subyektlar o‘rtasida moddiy ne’matlar va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish borasida yuzaga keladigan hamda natijalari u yoki bu sabablarga ko‘ra, rasmiy statistikada inobatga olinmaydigan va soliqqa tortilmaydigan munosabatlar majmuidir. 3. Xufiyona iqtisodiyot – ishtirokchilari tomonidan oshkora olib borilmaydigan, davlat va jamiyat tomonidan nazorat qilinmaydigan, soliq to‘lanmaydigan, rasmiy davlat statistikasida qayd etilmaydigan iqtisodiy faoliyat turlari. Xufiyona iqtisodiyot oshkora payqab bo‘lmaydigan tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, iste’mol jarayonlari – iqtisodiy munosabatlar bo‘lib, uning negizida ayrim kishilar yoki kishilar guruhi manfaatlari yotadi. Xufiyona iqtisodiyot dunyoning deyarli hamma mamlakatlarida mavjud. 4. Xufiyona iqtisodiyotdagi ijtimoiy zararli faoliyat davlat tomonidan qat’iyan taqiqlanadi, unga qarshi hamma choralar bilan kurash olib boriladi, ijtimoiy foydali faoliyatning (norasmiy bo‘lsa-da, kishilarning talab- ehtiyojlarini qondiradi) oshkoralikka chiqishi iqtisodiy jihatdan rag‘batlan- tiriladi, masalan, soliqlar yengillashtiriladi. 5. Xufiyona iqtisodiyot miqyosi yashirin iqtisodiy aylanmani, ya’ni ruxsat etilmagan tovar va xizmatlarni yaratish va ularni sotish hajmi bilan belgilanadi, uning aniq hisob-kitobi bo‘lmaydi. Buning o‘rniga uni taxminan baholash usuli qo‘llaniladi. Ayrim hisob-kitoblarga ko‘ra, o‘tgan asrning oxirlarida Yer yuzidagi yashirin iqtisodiy aylanma 8 trln. dollarga yoki jahon yalpi mahsulotining 27,5 foiziga teng bo‘lgan, biroq xufiyona iqtisodiyot miqyosi turli mamlakatlarda farqlanadi. Xufiyona iqtisodiyot eng rivojlangan hududlarga Lotin Amerikasi va Afrika mamlakatlari kiradi. 613 6. «Xufiyona» iqtisodiyot bir qator hollarda nafaqat milliy, balki xalqaro xususiyatga ham ega bo‘lganligi sababli (korrupsiya, pullarni «yuvish», terrorizmni moliyalashtirish kabi hollarda), mazkur hodisalarga qarshi kurashning xalqaro huquqiy asoslarini tashkil etuvchi bir qator hujjatlarga e’tibor qaratish lozim, Ularga, birinchi navbatda, BMTning quyidagi hujjatlari kiradi: Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi 2000-yil 15-noyabr konvensiyasi; Korrupsiyaga qarshi 2003-yil 31-oktabr konvensiyasi; Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash to‘g‘risidagi 1999-yil 9-dekabr xalqaro konvensiyasi. Yevropa Kengashi va Yevropa Ittifoqining hujjatlariga quyidagilar kiradi: Yevropa Kengashining Korrupsiyaga qarshi jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi konvensiyasi (Strasburg, 1999-yil 27-yanvar); Pullarni «yuvish»ga qarshi Parij deklaratsiyasi (Yevropa Ittifoqining pullarni «yuvish»ga qarshi kurash bo‘yicha parlament konferensiyasining Yakuniy deklaratsiyasi, 2002-yil 8-fevral) miqyosi, korrupsiya, soliqdan bo‘yin tovlash, uyushgan jinoyatchilik iqtisodiyoti, iqtisodiyotning jinoiylashuvi, narkobiznes, terrorizm iqtisodiyoti, jinoyatchilikka qarshi kurashni iqtisodiy jihatdan maqbullashtirishning umumiy prinsiplari. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling