Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Korrupsiya – xufiyona iqtisodiyotning asosiy ko‘rinishi
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
4. Korrupsiya – xufiyona iqtisodiyotning asosiy ko‘rinishi
Korrupsiya xavfsizlikka tahlika soluvchi hodisa va yashirin iqtisodiyotning ko‘rinishi ekanligi ayon narsa, shu sababli korrupsiyani iqtisodiy hodisa sifatida talqin etishda bahs-munozaralar deyarli yo‘q. Uni davlat amaldorlarining poraxo‘rlik faoliyatidan iborat bo‘lishi va jamiyatga katta putur yetkazishini ko‘pchilik tadqiqotchilar e’tirof etishadi. Korrupsiya bir qator iqtisodiy muammolar yechimining davlatga bog‘liq bo‘lishidan kelib chiqadi. Poraxo‘rlik munosabatlarini uch subyektli deb aytish mumkin, bular pora oluvchilar, pora beruvchilar va ular o‘rtasidagi vositachilardir. Pora oluvchilar davlat amaldorlari bo‘lsa, uni beruvchilar amaldorlar xizmatiga muhtojlar hisoblanadi. Vositachilar ayrim shaxslardan va yashirin tashkilotlardan iboratdir. Korrupsiyaning iqtisodiy mohiyati va huquqiy baholanishini farqlash zarur. Iqtisodiy jihatdan bu erkin bozor qonun-qoidalariga mos kelmaganidan yashirin yuz beradigan munosabatdir. Bu munosabatda barcha korrupsiyalashgan 1 Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. ɏɚɜɮɫɢɡɥɢɤ ɜɚ ɛɚɪԕɚɪɨɪ ɬɚɪɚԕԕɢɺɬ ɣʆɥɢɞɚ. Ɍ. 6. – Ɍ.: «ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ», 1998. – Ȼ. 429. 2 Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. Ɇɚɦɥɚɤɚɬɧɢ ɦɨɞɟɪɧɢɡɚɰɢɹ ԕɢɥɢɲ ɜɚ ɢԕɬɢɫɨɞɢɺɬɢɦɢɡɧɢ ɛɚɪԕɚɪɨɪ ɪɢɜɨɠɥɚɧɬɢɪɢɲ ɣʆɥɢɞɚ. Ɍ. 16. – Ɍ.: «ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ», 2008. – Ȼ. 98. 591 unsurlarning manfaati uyg‘unlashadi. Amaldor xizmatiga talab bo‘lganidan, uni taklif etishadi, ya’ni sotishadi. Bu yerda pora yashirin xizmat haqi shakliga kiradi. Poraxo‘rlikda ham bozor munosabati bor, lekin bu tor egoistik manfaatga bo‘ysunuvchi munosabat bo‘lganidan, buni jamiyat tan olmaydi, chunki bu yerda ayrim shaxslar yoxud guruhlar manfaatining amalga oshishi boshqalar manfaatiga yo‘l bermaslik hisobidan bo‘ladi, shu vajdan buni jamiyat qabul qilmaydi, u yashirin tus oladi. Jamiyatga ma’qul hodisalarni yuridik qonunlar tartiblaydi. Shuni nazarda tutib, korrupsiyani huquqiy jihatdan g‘ayriqonuniy, qonunlar man etadigan iqtisodiy faoliyat deb aytish mumkin. Korrupsiya – global hodisa, undan zarar ko‘rmagan mamlakat yo‘q, lekin korrupsiyalashuv darajasi har xil. Bu korrupsiya ildizlari chuqur bo‘lishidan guvohlik beradi. Korrupsiya sabablari har xil talqin etiladi. Ular obyektiv va subyektiv bo‘lishiga e’tibor beriladi. Ular orasida qonunchilikning nomukammalligi, demokratiya tamoyillari va uning institutlari rivojlan- maganligi, davlatning kuchsizligi ajratiladi. Bizningcha, korrupsiyaning mavjudligini iqtisodiy tizimning o‘zidan qidirish kerak. Korrupsiya iqtisodiy hodisa bo‘lar ekan, uning iqtisodiy ildizlarini topish kerak. Bu ildizlar pul munosabatlarining o‘zida joylashgan, pul universal to‘lov vositasi, uni hamma operatsiyalar uchun qabul qilishadi, pul boylikning timsoli, boylik to‘plashning eng qulay shakli. Puldagi eng yuksak likvidlik xususiyati uni ko‘proq topishga intilishdir, pulni saqlash xavfsiz, uni xohlaganicha jamg‘arish mumkin. Pul likvidligi eng yuqori bo‘lgan aktivdir, likvidlikni esa pulning qadr-qiymati ta’minlaydi. Pul ko‘zdan yashiringan moliyaviy aloqalar o‘rnatish imkonini beradi. Pulning likvidligi muhim bo‘lganidan, pora berish va qattiq valutalar ishlatiladi, chunki bularning qadri-qiymati barqaror bo‘lganidan jamg‘arish vositasi bo‘la oladi. Pul bozor munosabatlarining mahsuli, shu sababli uning rivojlanishi korrupsiyani oziqlantiradi. Natural ishlab chiqarish sharoitida poraxo‘rlik moddiy shaklda bo‘lishi mumkin, uni ko‘zdan yashirib bo‘lmaydi. Pul munosabatlari esa yashirin munosabat o‘rnatishda qo‘l keladi. Xullas, korrupsiyaning obyektiv sababi pulni yuksak likvidlik xususiyatidadir. Bu pul fetishizmini, uni ilohiylashtirishni, unga sig‘inishni yuzaga keltiradi, pul hamma narsani hal etuvchi kuchga ega bo‘ladi. Bu esa pulga ochko‘zlikni uyg‘otadi. Uni g‘ayriqonuniy yo‘l bilan tan olish imkoniyati bor kishilarni korrupsiyalangan shaxslarga aylantiradi, bular, odatda davlat amaldorlari bo‘ladi. Bunda bozor mexanizmining kam layoqatli bo‘lishi kuzatiladi, uning ojizligini davlat mexanizmi to‘ldirib boradi. Davlat mexanizmi 592 layoqatli bo‘lib qolganda, uning amaldorlari xizmatiga talab oshadi, chunki shunday yo‘l bilan ish bitadi. Bu poraxo‘rlikni ta’minlaydi, albatta. Bozor tizimi hozirchalik to‘la mukammal emas, uning mexanizmlarida uzilishlar bo‘lib turadi va bu korrupsiyaga qulay sharoit hozirlaydi. Demak, korrupsiyaga qarshi kurashning eng ma’qul yo‘li bu bozor munosabatlarining o‘zini takomillashtirishdir. Iqtisodiyotda shunday jiddiy holat kuzatiladi. U o‘sgan sari uning ijtimoiy yo‘nalishi kuchayadi, bu esa davlatning ijtimoiy dasturlarini moliyalashtirish uchun katta mablag‘ talab qiladi va bu budjetda to‘planadi. Budjet mablag‘larining taqsimlanishi amaldorlarga bog‘liq va bu ularni pora orqali sotib olishga ishtiyoqini kuchaytiradi. Davlat iste’molining YAIM hissasi kamayishga moyil bo‘lsa-da, uning mutlaq miqdori o‘sadi, chunki YAIM ko‘payib boradi. Davlat iste’molini qondirish xarajatlari budjetdan moliyalashtiriladi. Davlat iste’moli uning xaridini yuzaga keltiradi. Davlat buyurtmasini olish firmalar tovarining sotilishini, shunga qarab foydaning tushishini kafolatlaydi. Shu sababli buyurtma uchun raqobatlashuv kelib chiqadi. Bu raqobatda pora berish ham qo‘llaniladi. Ayniqsa, bu davlatning investitsiyalari ko‘paygan kezlarda yuz beradi, chunki davlat iste’molini ortishi yuz beradi. Davlat iste’moli jamiyat rivoji uchun zarur, biroq bu korrupsiyaga sharoit hozirlaydi. Natijada jamiyat o‘ziga ma’qul va noma’qul hodisalarga duch keladi. Demak, korrupsiyani bozor tizimidagi ichki ziddiylik yuzaga keltiradi, deb aytish mumkin. Korrupsiyaning obyektiv sabablaridan biri – bu davlatning iqtisodiyotga aralashuvi va shunga bog‘liq holda biznesni rivojlantirish muammolari hal qilinishining davlat amaldorlariga bog‘liq bo‘lishidir. Davlatni iqtisodiyotga ta’siri iqtisodiy, huquqiy va ma’muriy usullar orqali yuz beradi. Bu usullarning qo‘llanilishi amaldorlar faoliyatiga bog‘liq. Davlat qo‘lidagi subsidiyalar, soliqlar, imtiyozli litsenziyalar, kvotalar, preferensiyalar va buyurtmalar kabi vositalar biznesni tartiblab turishda qo‘llaniladi. Ulardan kimning bahramand bo‘lishi amaldorlarning munosabatiga bog‘liq bo‘ladi. Iqtisodiy faoliyatdan yaxshi natijaga erishish uchun tadbirkorlar pora berish yo‘li bilan amaldorlarni sotib olish va ular orqali imtiyozlarga ega bo‘lishiga intiladilar. Davlatning iqtisodiyotiga aralashuvini zarurligi va shuning o‘zi korrupsiyani yuzaga keltirishi ham iqtisodiyotdagi ziddiy holatdir. Korrupsiya sabablari aniqlanganda, ko‘pgina tadqiqotchilar davlat qonunlarining nomukammalligiga urg‘u berishadi. Bu to‘g‘ri, lekin hech qachon va hech qayerda abadiy mukammallashgan qonunlar bo‘lmagan. 593 Qonunlar odatda real hayotdagi o‘zgarishlardan orqada qoladi, shu sababli ular tez o‘zgarib, to‘ldirilib turadi. Mukammal hisoblangan qonunlar vaqt o‘tishi bilan nomukammal bo‘lib qoladi, chunki real hayot ilgarilab ketadi. Nomukammal qonun bu real hayot talabidan orqada qolgan va kelajakni to‘la aks ettirmaydigan qonunlar. Bunday qonunlar yaxshi ishlamaydi, natijada korrupsiyaga yo‘l ochiladi. Ko‘pchilik o‘tish davri mamlakatlaridagi qonunlar nomukammalligi bilan ajralib turadi, chunki bular chetdan andoza olgan holda yaratilgan qonunlar bo‘lib, ular yaxshi ishlamagan va bu korrupsionerlarga qo‘l kelgan bir qator MDH mamlakatlarida qonunlarning nomukammalligidan ustalik bilan foyda- langan guruhlar amaldorlarga pora berish vositasida kapital jamg‘arishni tezlashtirganligi ma’lum voqeadir. Korrupsiyani qonunlar sifatiga bog‘liqligi shuni ko‘rsatadiki, unga qarshi kurashish vositasidan biri qonunlarni o‘z vaqtida qayta ko‘rish hisoblanadi. Korrupsiyaning sababi aniqlanganda, bir qator olimlar va siyosiy arboblar davlat amaldorlari ish haqining kamligiga urg‘u berishadi. Bu ham poraxo‘rlikka intilishni kuchaytiradi, lekin uning birdan-bir sababi emas. Ish haqining ozligi quyi tabaqadagi amaldorlarni poraxo‘rlikka undaydi. Ammo katta pora olish yuqori, mansabli amaldorlarga xos. Poraxo‘rlik huquq-tartibot organlarida tez-tez uchrab turadi, vaholanki bu yerdagi ish haqi va pensiyalar yuqori hisoblanadi. Demak, poraxo‘rlik ish haqidan ko‘ra pora olish imkoniyatlariga ko‘proq bog‘liqdir. Korrupsiyani lobbizm ham keltirib chiqaradi, biroq har qanday lobbizm bunga olib kelmaydi. Ruxsat berilgan, jamiyat tan oladigan lobbizm borki, bu ochiq bozor aloqalariga tayanadi. Bunda u yoki bu guruh shaxslar yoki firmalar manfaatiga mos keladigan, lekin jamiyat uchun zararsiz bo‘lgan qarorlarni davlat idoralari tomonidan qabul qilish zarurligini asoslash va bunga ko‘maklashish bilan bog‘liq lobbizm korrupsiyani tavsiflamaydi, chunki bu yerda bozor qoidalariga binoan lobbistik xizmatlardan ochiqchasiga ularni haqini to‘lagan holda foyda- lanish yuz beradi. Ammo shu bilan birga xufiyona lobbistik xizmatlar borki, ular individual va korporativ manfaatlarni himoya qilgan holda boshqalar manfaatiga zid ishlarni amalga oshirilishini bildiradi. Shunday bo‘lganda g‘ayriqonuniy lobbizm paydo bo‘ladi, uning xizmat haqi poradan o‘zga narsa bo‘lmaydi. Iqtisodi va demokratiya rivojlangan mam- lakatlarda oshkora lobbizm ko‘proq uchrasa, iqtisodi qoloq va demok- ratiya rivojlanmagan joyda lobbizm korrupsion faoliyat shakliga kiradi. Yuksak likvidli aktivlarning mavjudligi va davlatning iqtisodiyotiga aralashuvi, demokratiya darajasi korrupsiyaning obyektiv sabablari 594 bo‘lsa, kishilarning ma’naviy darajasi va axloq-odobi, demokratiya tamoyillariga sodiqligi korrupsiyaning subyektiv sabablariga kiradi. Subyektiv munosabat korrupsiyani kuchaytirish yoki zaiflashtirishi mumkin. Biroq bu korrupsiyani tag-tomiri bilan yo‘qota olmaydi, chunki uning ildizlari iqtisodiy munosabatlarning naqadar rivojlanganligiga borib taqaladi. Korrupsiyaning negativ hodisa sifatida xavfsizlikka tahdid solishi hech kimda shubha tug‘dirmaydi, shu sababli unga qarshi davlat idoralari va jamoatchilik tashkilotlari kurashib keladi. Biroq dunyoning hech bir mamlakatida, hatto hamma tomondan yuksak rivojlangan mamlakatlarda ham korrupsiya tugatilmagan. Jamiyat korrupsiyani cheklab turishi, uni katta xavf tug‘dirmaydigan darajaga keltirishi mumkin. Unga qarshi kurashish tadbirlarini ishlab chiqish va qo‘llash uchun qaysi sohani qanday darajada korrupsiyalanganini bilish talab qilinadi, bunga korrupsiyaning miqdoriy tahlili vositasida erishiladi. Jahon banki va Yevropa Tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan 1998-yilda o‘tish iqtisodiyotidagi 22 ta mamlakatda olib borilgan tadqiqotlari aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi bevosita xorijiy investitsiyalar hajmi bilan hukumatning yuqori darajalaridagi korrupsiya darajasi hamda yirik hukumat shartnomalarini tuzish davrida olinuvchi poralar o‘rtasida teskari bog‘liqlik mavjud ekanligini ko‘rsatdi. Jumladan, 1994 va 1999-yillarda aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi bevosita xorijiy investitsiyalar hajmi Belorus, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Ukrainada yiliga 20 dollarni tashkil etgan bo‘lsa, Polsha va Sloveniyada bu ko‘rsatkich 100 dollar, Vengriya va Chexiyada 200 dollarga yetganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni keltirish mumkin. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling