Iqtisodi eng zaif mamlakatlar o’ntaligidagi barcha davlatlar Afrika qit'asidan. Ro’yxat bilan tanishing
Download 41.46 Kb.
|
muhammadsodiq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodi eng zaif mamlakatlar o’ntaligidagi barcha davlatlar Afrika qitasidan. Ro’yxat bilan tanishing
xalqaro siyosiy munosabatlarda vujudga kelgan global muammolar — jahonda rivojlangan, rivojlanib kelayotgan va qoloq mamlakatlarning mavjudligi. Hoz. kunda jahon siyosiy tartibotini belgilashda dunyodagi 7 rivojlangan mamlakatning mavqei katta. Bu mamlakatlar bilan qoloq mamlakatlar orasidagi tafovut gʻoyat kuchaydi. Taraqqiy qilgan mamlakatlarda demokratik qadriyatlar rivojlangan boʻlsa, qoloq mamlakatlarda avtoritarizm, demokratiyaga zid boʻlgan ijtimoiy munosabatlar avj oldi, xalqaro xavfsizlikka qarshi tahdidlar paydo boʻldi. Buni terrorchilik, ekstremizm koʻrinishlari vujudga kelganligi tasdiqlaydi Bunga misol sifatida qoloq mamlakatlarni misol keltirish mumkin Iqtisodi eng zaif mamlakatlar o’ntaligidagi barcha davlatlar Afrika qit'asidan. Ro’yxat bilan tanishing: 1. Burundi 2. Markaziy Afrika Respublikasi 3. Kongo Demokratik Respublikasi 4. Malavi 5. Nigeriya 6. Mozambik 7. Liberiya 8. Janubiy Sudan 9. Komor orollari 10. Madagaskar Jurnal, shuningdek, aholisining xarid quvvatidan kelib chiqib, eng nochor mamlakatlardan qudratli iqtisodga ega bo’lgan davlatlargacha bo’lgan reytingni ham tuzdi. Jumladan, xarid quvvati eng zaif Burundi aholisining har bir vakili kuniga 1,25 dollarlik mahsulot sotib olishi mumkin. Reytingda e’tiborni tortgan ayrim mamlakatlarga to’xtalsak: Afg’oniston – 16-o’rin Tojikiston – 35-o’rin Qirg’iziston – 42-o’rin O’zbekiston – 66-o’rin Turkmaniston – 120-o’rin Turkiya – 132-o’rin Qozog’iston – 135-o’rin Rossiya – 137-o’rin Saudiya Arabistoni – 177-o’rin AQSh – 180-o’rin Qatar – 191-o’rin Jurnal reytingni tuzishda 2018-yil bo'yicha tahlil va tadqiqotlariga Xalqaro Moliya Fondining tayangan . Terrorizmga odamlarni qoʻrqitish, tahdid, oʻldirish, mol-mulkni tortib olish, yoʻltoʻsarlik, zoʻravonlik qilish, yakka yoki jamoaviy tarzda jinoiy rejani amalga oshirish kiradi. Ushbu harakatlarni sodir etuvchi shaxslarning maqsadi kishilarni qoʻrquv, tahlikaga solish, boshqalarning hayoti, erkinliklari va mol-mulkini xavf-xatarga qoʻyishdir. Hozirgi vaqtda kuchga asoslangan ekstremizm va terrorizm barqaror rivojlanish va dunyodagi millatlararo totuvlikka tahdid solmoqda. Bu esa ularni bartaraf etish yoʻllarini izlash uchun birgalikda harakat qilishni talab etadi. 2) xalqaro iqtisodiy munosabatlarda paydo bulga n global muammolar — jahon xoʻjalik tizimi vujudga kelib, unda asosan iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar ustunligi qaror topdi. Iqtisodiyoti haddan tashqari rivojlangan mamlakatlar, transnatsional korporatsiyalar jahon iqtisodiyotini boshqarayotgan bir paytda, ikkinchi tomonda ularga karam, iqtisodiyoti juda ham past darajadagi mamlakatlar mavjuddir. Jahonda iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyot yutuqlariga qaramasdan boy va kambagal mamlakatlar oʻrtasidagi farq oʻsib bormoqsa. 20-asr oxirida rivojlangan mamlakatlar jahon yalpi milliy mahsulotining 86 %ini ishlab chiqargan boʻlsa, kambagʻal davlatlar atigi 1 %ni ishlab chiqardi. Ayrim mamlakatlar rivojlangan davlatlardan juda katta miqdorda qarzga botdi. Natijada ular siyosiy jihatdan mustaqil boʻlsada, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarga qaramdir. Jahon iqti-sodiy munosabatlaridagi globalla-shuvning salbiy oqibatlari ham mavjud.
Bugungi globalizatsiya to‘liq g‘alaba qozonib bo‘lgan davrda dunyo mamlakatlari o‘zaro savdo-sotiq va iqtisodiy hamkorlik aloqalarida albatta bir-birlari bilan qarz oldi-berdi qiladi. Bu qarzlar tarkibiga umumiy hisobda davlatlarning o‘zlari to‘g‘ridan to‘g‘ri olgan qarzlar ham, investitsiya sifatida kiritilgan mablag‘lar ham kiradi. Dunyo mamlakatlarining qarzlariga e’tibor qilinsa, aksariyat rivojlangan davlatlar eng qarzdor davlatlar ro‘yxatiga kiradi. Yana shunisi ham borki, ular bir-biridan ko‘proq qarz bo‘lgan. Masalan, AQShning eng yirik tashqi qarzi Yaponiyadan, Yaponiyaning eng yirik tashqi qarzi AQShdan. Bu shuni anglatadiki, dunyoning rivojlangan davlatlari o‘rtasida ishonch kuchli va ular bir-birlariga qarz berib, bir-birlarining iqtisodiyotiga sarmoya kiritib ishlab ketavergan. 3) ijtimoiy sohada vujudga kelgan global muammolar — jahon aholisi muttasil koʻpayib borishi natijasida Osiyo va Afrika mamlakatlarida oziq-ovqat, ichimlik suv tanqisligi kuchayib, bu hol boshqa mamlakatlarda ham kuzatilayotgani, jahon aholisining muayyan qismi ocharchilikni boshdan kechirayotgani, savodsiz ekanligi, axborot-texnologiya va umuman fan-texnika inqilobi samaralaridan bahramand emasligi, butun insoniyatga xavf tugʻdiruvchi kasalliklar (mas, OITS) tez tarqalayotganligi shunday muammolar sirasiga kiradi . Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkilotining hisob-kitoblari natijalariga koʻra, 2020-yilda dunyo boʻylab 720 dan 811 milliongacha odam ochlikdan aziyat chekdi Bu 2010-yilda taxmin qilingan 925 million va 2009-yilgi taxminan 1 milliardlik koʻrsatkichga nisbatan kamroqdir. 2007-yilda 923 million kishi to‘yib ovqatlanmaslikdan jabr koʻrdi, bu koʻrsatkich 1990—1992-yillarga nisbatan 80 millionga ko‘pdir. 2018-yilda esa taxminan 820 million kishi toʻyib ovqatlana olmadi . 4) inson va tabiat oʻrtasidagi munosabat- larning buzilishi natijasida vujudga kelgan global muammolar — ular qatoriga dengiz va suv havzalarining bulgʻanishi, oʻrmon maydonlarining tobora qisqarishi, atmosfera ozon qatlamining yoʻqolib borishi kabilar kiradi. Xatarli kimyoviy moddalarning haddan tashqari koʻp ishlatilishi natijasida qishloq xoʻjaligida ekin ekiladigan yerlarning katta qismi yaroqsiz holatga kelish xavfi kuchaydi. Sobiq SSSRda qishloq xoʻjaligi sohasida texnokratik siyosat yuritilishi oqibatida Orol dengizi suvi kamayib, gʻoyat mushkul ekologik muammolarni keltirib chiqardi. Global muammolarga qarshi kurashda jahon hamjamiyatini birlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Yer sharining aholi zich yashaydigan joylarida o'rmonlarning 2/3 qismi yo'q qilindi. Natijada 500 mln. ga erdagi o'rmonlar maydoni qisqarib, dasht biyobonga aylantirildi. O'rmonlar ayniqsa aholi zich, kesish va tashish qulay bo'lgan joylarda va daryo vodiylarida ko'plab kesilgan. Chunki ularni suvda oqizish oson bo'lib, tashish arzonga tushgan. Bunga Oka daryosini misol qilib ko'rsatish etarlidir. Agar Okaning yuqori oqimida XVIII asrda o'rmon bilan qoplanganlik darajsi 15,8%, XIX asrda kelganda uning miqdori 3,6% tushib qolgan. Download 41.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling