Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Xufiyona iqtisodiyotni tiplashtirish mezonlari
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
Xufiyona iqtisodiyotni tiplashtirish mezonlari
Asosiy belgilari «Ikkilamchi xufiyona» iqtisodiyot «Jinoiy bo‘lmagan» iqtisodiyot «Jinoiy» iqtisodiyot Subyektlar Iqtisodiyotning rasmiy sektoridagi menejerlar Norasmiy ravishda ish bilan band Professional jinoyatchilar Obyektlar Ishlab chiqarmay turib daromadlarni qayta taqsimlash Odatdagi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish Taqiqlangan va taqchil tovar va xizmatlar ishlab chiqarish «Oq» iqtisodiyot bilan aloqasi Rasmiy iqtisodiyotdan ajralmagan Nisbiy mustaqillik Rasmiy iqtisodiyotga nisbatan mustaqil Xufiyona iqtisodiyotni tahlil qilishda ijtimoiy ishlab chiqarish bosqichlaridek mezonni kiritish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Odatda, xufiyona ishlab chiqarish (noqonuniy, hisobga olinmagan, yashirin, mayda ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarishi, sifatsiz mahsulot chiqarish, ishlab chiqarish resurslaridan noto‘g‘ri foydalanish va boshqalar); xufiyona taqsimot (daromadlarni noqonuniy taqsimlash, maxsus taqsimot, davlat mulkini talon-toroj qilish, fuqarolarning shaxsiy 578 mulkiga qarshi jinoyatlar va h.k.); xufiyona ayirboshlash (g‘ayriqonuniy savdo, xaridorlarni aldash, noqonuniy ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish va boshqalar); xufiyona iste’mol (g‘ayriijtimoiy ehtiyojlarni qondirish, noqonuniy yo‘l bilan topilgan mulkni iste’mol qilish, xizmatlardan noqonuniy foydalanish kabilar) ajratiladi. Bozorlar turlariga ko‘ra, xufiyona jarayonlar iste’mol buyumlari, ishlab chiqarish vositalari, ish kuchi va ish joylari, axborot va texnologiyalar, kapital kabilar bozorida amalga oshiriladi. Tarmoq belgisiga ko‘ra, xufiyona iqtisodiyot sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, savdo iqtisodiyoti kabilarga ajratiladi. Masalan, savdo sohasida – qalbaki (kontrafakt) mahsulot sotish, kontrabanda, bojxona organlari bilan til biriktirish kabilar ajratiladi; moliya-kredit sohasida – moliyaviy piramidalar, «iflos» pullarni yuvish, turli xil notijorat jamg‘armalari homiyligidagi moliyaviy nayranglar va shu kabilar; xizmat ko‘rsatish sohasida – bir kunlik firmalar faoliyati, ta’lim sohasidagi poraxo‘rlik, kurs va diplom ishlarini pulga yozib berish va boshqalar. Yana bir mezon – yuridik maqom bo‘lib, u iqtisodiy subyektlarni ro‘yxatdan o‘tgan, ya’ni rasmiy ro‘yxatga kirgan, ammo xufiyona korxonasi bo‘lgan hamda ro‘yxatdan o‘tmagan iqtisodiy subyektlarni ajratishga imkon beradi. Ro‘yxatdan o‘tmagan iqtisodiy subyektlarga quyidagilar kiradi: tovar ishlab chiqaradigan yoki uy xo‘jaliklari va korxonalarga naqd pul yoki natura evaziga xizmat ko‘rsatadigan, ammo tadbirkorlar sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan jismoniy shaxslar; aholiga pulli uy va boshqa (uy yig‘ishtirish, kir yuvish, repetitorlik qilish kabi) xizmatlar ko‘rsatadigan shaxslar; qonuniy tovar va xizmatlar ishlab chiqaradigan, biroq hisobdan o‘tmagan va aslida bevosita statistik kuzatuvni amalga oshirib bo‘lmaydigan xufiyona korxonalar. Xufiyona iqtisodiyotni mikro (korxona, muassasa, tashkilotda), mezo (tarmoq bo‘yicha), makro (milliy iqtisodiyot doirasida) va mega (xalqaro, jahon iqtisodiyoti) darajalarida ko‘rib chiqish mumkin. Jahon xufiyona iqtisodiyotida bank va korporativ sohalardagi moliyaviy iqtisodiy jinoyatlar, narkobiznes, fohishalik, «tirik tovar bilan» savdo qilish, pornobiznes, noqonuniy qurol savdosi, «iflos pullarni yuvish», korrupsiya yetakchilik qiladi. Masalan, XX asr oxirida xalqaro hamjamiyat «global muammo» deb atagan korrupsiyadek murakkab va jiddiy muammo xalqaro uchrashuvlarda muhokama mavzuini tashkil qildi. Korrupsiya: 1) davlat tuzilmalarining iqtisodiyot sohasidagi jinoiy dunyo tuzilmalari bilan qo‘shilib ketishi, shuningdek jamoat arboblari va 579 siyosiy arboblarning sotilishi; 2) mansabdor shaxslar, siyosiy va jamoat arboblarining xizmat faoliyati bilan bog‘liq huquqlaridan davlat va jamiyatga, shuningdek alohida shaxslarga ziyon yetkazgan holda shaxsiy boyish maqsadida foydalanishlaridan iborat jinoyatlarning umumiy nomi. Poraxo‘rlik xalqaro amaliyotda odatda yashirin xususiyatga ega bo‘ladi. Pora olganlik faktini isbotlash nihoyatda qiyin. Poraxo‘rlik usullaridan biri – turli maslahatchilar, agentlar, vositachilar, shuningdek xorijdagi rasmiy shaxslar xizmatlari uchun haq to‘lash. Ayrim mamlakatlar pora beruvchi uchun daromad yoki foyda olish maqsadiga ega bo‘lgan har qanday pora berish hollarini, boshqalari esa – xo‘rak vazifasini faqat pul yoki mulk bajargan hollarni poraxo‘rlikka kiritadilar. «Xalqaro savdo va investitsiyalar bo‘yicha ishlab chiqilayotgan standartlar» (AQSh) – tadqiqotlarga ko‘ra, poralarning har xil turlari quyidagicha tasniflanadi: – mansabdor shaxslar – tovlamachilar xizmati uchun haq to‘lash; – hukumat, davlatning oliy mansabdor shaxslarining «ko‘nglini topish» va kelajakda qulay sharoit yaratish haqidagi va’dasini olish maqsadida ularga to‘lovlar berish; – amaldorlarga (milliy yoki xorijiy) firma uchun zarur bo‘lgan qaror qabul qilinishiga ko‘maklashishi, bitim yoki buyurtmaning ma’qullashiga erishish maqsadida pul berish. Pora har xil shakllarda beriladi: naqd pul bilan, bilvosita to‘lovlar, Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling