Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Davlatning ijtimoiy siyosati


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet348/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Davlatning ijtimoiy siyosati – bu insonning hayotiy muhim manfaatlarini 
yuzaga chiqarish, himoya qilish va uning kamol topishiga qaratilgan 
siyosatdir.
Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi – unda davlat umummilliy 
manfaatlarni ifodalovchi kuch sifatida milliy iqtisodiyotni tartibga solishi 
tushuniladi. Bunda birlashgan kishilar manfaatlari ifoda etilib, bu guruhiy, 
ya’ni korporativ manfaatlarni ham nazarda tutadi. 
Davlatning iqtisodiyotga aralashuv me’yori – davlatning faoliyati 
bozor mexanizmining ishlashiga xalaqit bermasligi, aksincha, davlat bunga 
sharoit yaratib berishi, zarur bo‘lganda, bozor mexanizmi ishini to‘ldirib 
turishi talab qilinadi. Davlat siyosati milliy manfaatlar va maqsadlarni 
ko‘zlaydi. 
Mavzu yuzasidan asosiy xulosalar: 
1. Davlat iqtisodiy siyosatining maqsadi umummilliy manfaatlarga 
asoslanib, barqaror iqtisodiy o‘sishni, iqtisodiy mustaqillikni, iqtisodiy va 
ijtimoiy xavfsizlikni, milliy pul qadr-qimmatining barqarorligini, xalq 
farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi.
2. Davlat o‘z siyosatini iqtisodiy, huquqiy va siyosiy-ma’muriy vositalar 
yordamida amalga oshiradi.
3. Davlat milliy iqtisodiyotning integrallashuvini, uning kelajagini 
ta’minlash maqsadini ko‘zlaydi. 
4. Davlat iqtisodiyotda sog‘lom raqobat muhitini ta’minlaydi. Monopol 
faoliyatni cheklash ustidan nazorat o‘rnatadi. Monopoliyaga qarshi qonunlar 
qabul qiladi. Iste’molchilar huquqi va tadbirkorlar manfaatlarini himoya qiladi. 
5. Bozorni tartibga soluvchi asosiy kuch «ko‘rinmas qo‘l» deb atalib, 
talab, taklif va raqobatni tashkil etadi. 


 572
19-MAVZU.  XUFIYONA IQTISODIYOT: MOHIYATI VA KELIB CHIQISH 
SABABLARI VA BARTARAF ETISH YO‘LLARI 
1. «Xufiyona» iqtisodiyot tushunchasi va tuzilishi 
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy xavfsizligi davlat strategiyasidan 
kelib chiqib, amaldagi qonunlar iqtisodiyot ahvolining O‘zbekiston 
iqtisodiy xavfsizligi talablariga javob beradigan mezonlari orasida 
quyidagilarni keltirish mumkin:
– jamiyat hamda xo‘jalik va moliya faoliyatining barcha sohalari 
jinoiylashuviga yo‘l qo‘ymaydigan iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlar-
ning yaratilishi; 
– jinoiy tuzilmalarning ishlab chiqarish va moliya institutlarini 
egallab olishi, hokimiyatning turli institutlariga kirib borishi va h.k. 
Mamlakatimiz milliy boyligi davlat budjetining daromadlarini 
taqsimlash va qayta taqsimlashda ishtirok etish iqtisodiy agentlarga har 
qanday xo‘jalik faoliyatiga qaraganda, ancha ko‘p foyda kelishini 
ta’minlaydi. Bunday faoliyat «xufiyona» iqtisodiyot nomini oldi. 
Xufiyona iqtisodiyot to‘g‘risidagi adabiyotlarda ushbu kategoriyani 
ta’riflash uchun quyidagi asosiy yondashuvlar mavjud: 
1) «xufiyona» iqtisodiyot faoliyatning taqiqlangan turlari sifatida 
baholanadi; 
2) «xufiyona» iqtisodiyot iqtisodiy faoliyatning aytilmagan va 
yashirilgan turlari sifatida ta’riflanadi; 
3) «xufiyona» iqtisodiyot u yoki bu sabablarga ko‘ra rasmiy 
statistikada inobatga olinmaydigan, yalpi ichki mahsulotga kiritilmay-
digan, soliqqa tortishdan «tushib» qoladigan har qanday iqtisodiy faoliyat 
sifatida talqin etiladi. 
Shuningdek, nemis adabiyotlarida ham xufiyona iqtisodiyotga oid 
turlicha yondashuvlar mavjud. Ularning ayrim tariflarida xufiyona 
iqtisodiyot moliyaviy sirli bitimlar sifatida talqin etilsa, yana bir boshqa 
ta’rifda xufiyona iqtisodiyot jinoiy faoliyat sifatida qaraladi. Uchinchi bir 
yondashuvda xufiyona iqtisodiyot barcha subyektlarning soliq to‘lashdan 
bo‘yin tovlashini qamrab oladi, deyiladi. To‘rtinchi hodisada xufiyona 
iqtisodiyot natijalari YAIMda inobatga olinadigan ham moliyaviy ope-
ratsiyalar, ham iqtisodiy faoliyat tushuniladi. Nemis mutaxassislari 
xufiyona iqtisodiyotni YAIM tarkibiga kiritish tarafdori ekanligini qayd 
etish lozim. 


 573
Xufiyona iqtisodiyotning yuqoridagi ta’riflari bilan birgalikda uning 
kengroq ma’nodagi talqinlarini keltiramiz. 
Rasmiy sektor doirasidan tashqarida, ya’ni uy xo‘jaligidagi 
mehnatdan va jamoa ishlab chiqarishidagi o‘z-o‘zini ta’minlash 
maqsadida yashirin tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi turli faoliyat kabi 
xufiyona iqtisodiyotning ta’rifi ham mavjud. 
Xufiyona iqtisodiyot – qonunlar, huquqiy normalar, xo‘jalik 
hayotining rasmiy qoidalarini chetlab o‘tib, ya’ni huquqiy maydon 
doirasidan tashqarida yuz beradigan iqtisodiy munosabatlarning ma’lum 
turidir, deb baholaymiz. 
«Xufiyona» iqtisodiyot milliy xavfsizlikka tahdid sifatida ayrim 
individlar, ularning guruhlari, institutsional subyektlar o‘rtasida moddiy 
ne’matlar va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va 
iste’mol qilish borasida yuzaga keladigan hamda natijalari u yoki bu 
sabablarga ko‘ra rasmiy statistikada inobatga olinmaydigan va soliqqa 
tortilmaydigan munosabatlar majmuidir. 
«Xufiyona» iqtisodiyotning faoliyat ko‘rsatishida davlatning iqtisodiy 
xavfsizligiga imkoniyatdagi va aniq tahdid mavjud. «Xufiyona» 
iqtisodiyot aksariyat odatdagi, «normal» iqtisodiy jarayonlarning 
kechishiga – daromadning taqsimlanishi va shakllanishiga, xalqaro 
savdoga, investitsiya kiritish va umuman iqtisodiy rivojlanishga salbiy 
ta’sir ko‘rsatadi. «Xufiyona» iqtisodiyotning xususiyatlarini aniqlashda 
ushbu muammo tadqiqotchilarini turli ta’riflarni muomalaga kiritishga 
undovchi har xil omillar inobatga olinadi. Bunday mezonlarga quyidagilar 
kiritiladi: 
– davlatning fiskal (soliq) manfaatlari; 
– YAMM miqdorining haqiqiy bahosi
– xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamkorligi yoki xatti-harakatining 
xususiyati; 
– yuridik ko‘rsatkichlar. 
Mazkur mezonlarga ko‘ra, «jinoiy», «nojinoiy», «norasmiy», 
«soxta», «norasmiy» iqtisodiyot ajratiladi. 
Soliqlarni kamaytirib to‘lash o‘z-o‘zicha firibgarlik operatsiyasi 
hisoblanmaydi va har doim ham xufiyona biznes sohasiga kirmaydi. 
Hammasi qo‘llaniladigan usullarga bog‘liq. Soliqqa tortish bo‘yicha har 
qanday tizimda ungagina xos bo‘lgan ko‘plab soliqlarni qonuniy 
kamaytirish imkoniyatlari mavjud. Buning ustiga soliqlarni 
kamaytirishning ushbu o‘ziga xos usullarini soliqqa tortishning boshqa 
tizimlarida ko‘pincha amalga oshirib bo‘lmaydi. Soliq qonunchiligi 


 574
barcha mamlakatlarda takomillashib boradi. Takomillashuv deganda, 
avvalo soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash imkoniyatlarini bartaraf etish 
tushuniladi. 
Soliq inspeksiyalariga daromadlarni yashirishning bir qator usullari 
ma’lum: 
– turli banklarda bir necha hisobvaraq ochish hamda buxgalteriya 
hisobida to‘liq aks etmagan hisob-kitob va pul operatsiyalarini ular orqali 
o‘tkazish; 
– trast, veksel va boshqa hisobvaraqlardan foydalanish; 
– «ikki tomonlama buxgalteriya» yuritish, naqd pullar bilan ishlash 
va shu tariqa tushum va daromadlarni to‘lashdan yashirish; 
– korxonani bir tumanda (shaharda) ro‘yxatdan o‘tkazish, hisobva-
raqlarni esa boshqa tuman yoki shaharlardagi banklarda ochish, 
ro‘yxatdan o‘tgan joyda ham, xo‘jalik faoliyati yuritiladigan joyda ham 
soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash; 
– mahsulot (xizmat, ish) realizatsiyasining qiymatini xarajatlarga 
kiritilmaydigan xarajatlar evaziga oshirib ko‘rsatish; 
– 
tomonlarning shartlashuviga ko‘ra, rasmiy hisob va to‘lov 
hujjatlarida bajarilgan ishlar (ko‘rsatilgan xizmatlar) qiymatini kamaytirib 
ko‘rsatish hamda haqiqiy hisob-kitobni (hisob hujjatlarida aks ettirmagan 
holda) naqd pullar bilan o‘tkazish. 
«Xufiyona» iqtisodiyot doirasida operatsiyalarning quyidagi turlarini 
ajratish mumkin: 
– buxgalteriya hisobiga butunlay kiritilmaydigan (jumladan, ham 
oshkora, ham ro‘yxatdan o‘tmagan xo‘jalik yurituvchi subyektlar 
tomonidan o‘tkaziladigan) operatsiyalar; 
– boshqa operatsiyalar niqobi ostida o‘tkaziladigan muomalaning bir 
qismini yashirishga qaratilgan operatsiyalar. Bu yerda xo‘jalik faoliyati 
ko‘pincha daromadni yashirish yoki soliq, boj va boshqa to‘lovlarni 
amalga oshirishdan qochish bilan kechadi. 
Shu yerda xulosa o‘rnida soliqlar to‘lashda intizomning buzilishi 
jamiyatning iqtisodiy negizlariga putur yetkazadi, deb aytish lozim. Soliq 
qonunchiligining buzilishi mamlakatda amalga oshiriladigan ijtimoiy 
tadbirlarning me’yorda ishlashiga raxna soladi. Budjet kamomadini 
keltirib chiqaradi. Natijada egri soliqlar miqdori ko‘payadi. Mamlakatning 
ijtimoiy xavfsizligiga tahdid solinadi. Iqtisodiyotning notekis ishlashiga 
sabab bo‘ladi.


 575

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling