Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Davlat iqtisodiy siyosatining asosiy yo‘nalishlari


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet343/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

3. Davlat iqtisodiy siyosatining asosiy yo‘nalishlari 
Iqtisodiyot yaxlit bo‘lar ekan, iqtisodiy siyosat ham yagonadir.
Davlatning iqtisodiy siyosati – bu makroiqtisodiy siyosat bo‘lib, uning 
muayyan mamlakatning milliy iqtisodiga oid puxta o‘ylangan va ishlab 
chiqilgan yo‘l-yo‘riqlari va ulardan kelib chiqadigan sa’y-harakatlaridir. 
Lekin davlat siyosatining aniq yo‘nalishlari bor. 
Monetar siyosat – bu davlatning pul-kredit siyosati bo‘lib, pul 
muomalasini tartiblash, tovar va pul massasi o‘rtasidagi muvozanatni 
ta’minlash, iqtisodiyotdagi pul oqimlarini boshqarib turish siyosati 
hisoblanadi. Uning maqsadi narxlarni va shunga ko‘ra milliy pul birligi 
xarid qurbini, uning valuta kursini barqarorlashtirish, oxir-oqibatda pulga 
talab bilan uning taklifini muvozanatlashtirishdan iborat bo‘ladi. 
Monetar siyosatning uchta asosiy jihati bor: 
1. Qayta moliyalashtirish yoki uchot siyosati. Bunda davlat nomidan
markaziy banklar uchot stavkasini o‘zgartiradi. Stavka oshganda pul 
qimmatlashib, unga talab qisqaradi. U pasaytirilganda pul arzonlashib, 
unga talab oshadi. Bu ayni paytda kreditning arzon yoki qimmat 
bo‘lishini bildiradi. Bu esa iqtisodiyotga kredit hisobidan yuboriladigan 
investitsiyalarni o‘zgartirib, uning o‘sishiga ta’sir etadi. 
2. Ochiq bozorda operatsiyalar o‘tkazish siyosati. Bu davlat 
obligatsiyalarini chiqarib, firmalar, banklar va aholiga sotish va vaqti 
kelganda ularni qaytadan sotib olishni bildiradi. Bu obligatsiyalarni 
olish qulay bo‘ladi, chunki ularga qat’iy belgilangan foizni davlat 
to‘laydi, bu bilan ularning daromadliligi kafolatlanadi. Davlat 
obligatsiyalari sotilganda pul ularga bog‘lanib qoladi, natijada uning 
muomaladagi miqdori qisqaradi. Aksincha, ular qaytadan sotib olinganda 
pul ulardan bo‘shab, muomalaga keladi, u yerdagi pul miqdori ko‘payadi. 
Demak, bu usul bilan ham pul miqdori tartiblanadi. 
3. Majburiy rezerv siyosati. Bu siyosatga binoan markaziy banklar 
boshqa banklar uchun kredit resursining majburiy rezervini kiritadi. Bu 
tartibga ko‘ra banklar kreditga beriladigan pulning bir qismini markaziy 
banklar ixtiyoriga beradi. Bu rezerv oshsa, kredit puli qisqaradi, agar u 
kamaysa, bu pul ko‘payadi. Masalan, mamlakatda jami kredit resurslari 
80 mlrd. dollar. Shundan 10 foiz zaxira o‘tkazilsa, kredit uchun 72 mlrd. 
dollar qoladi. Bordi-yu bu zaxira 15 foizga chiqarilsa, kreditga 68 mlrd. 


 566
dollar qoladi. Bu bilan kreditga mo‘ljallangan pulning taklifi oshadi yoki 
qisqaradi. Shunga qarab, kredit olish goh oshib, goh qisqarib turadi. 
Monetar siyosatning aytilgan yo‘nalishlari shuni ko‘rsatadiki, unda turli 
iqtisodiy vositalar qo‘llaniladi. 
Monetar siyosat ikki xil bo‘ladi: 
1) qattiq siyosat. Bunda pul massasi qisqartiriladi, uning emissiya 
(pul chiqarish) hisobidan o‘sishi qat’iy chegaralanadi. Natijada pul 
massasi qisqarib, tovar massasiga tenglashadi. Pulning qisqarishi talabni 
kamaytiradi, narxlar esa o‘smaydi, pul birligining xarid qurbi barqaror-
lashadi. Pul topishga intilish iqtisodiyotning jonlanishiga olib keladi. 
Bunday siyosat ilgari ta’kidlaganimizdek, odatda iqtisodiyotni tanglikdan 
chiqarish yoki inflatsiyani keskin susaytirish uchun qo‘llaniladi;
2) yumshoq monetar siyosat. Bunda davlat pul massasining ortishiga 
to‘sqinlik qilmaydi, pul emissiyasi hadeb cheklanavermaydi, natijada pul 
ko‘payib, uning arzonlashuvi yuz beradi. Yumshoq siyosat iqtisodiyot 
o‘sish pallada bo‘lganda ko‘proq qo‘llaniladi, chunki pul massasining 
o‘sishiga qarab tovarlar massasi ham o‘sadi. Bunda tovar-pul muvozanati 
pulni qisqartirish hisobidan emas, balki tovarlarning ko‘payishi tufayli 
ta’minlanib turadi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling