Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Davlatning bozor mexanizmiga aralashuvi me’yori
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
Davlatning bozor mexanizmiga aralashuvi me’yori. Zamonaviy
jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini oqilona hal etish davlatning iqtisodiyotni tartibga solishi va bozor mexanizmining uzluksiz ishlashi samarali uyg‘unlashtirish orqali ta’minlanadi. Agar davlat haddan tashqari bozor iqtisodiyotiga aralashsa ham bozor mexanizmining deformatsiyasiga olib keladi. Bu ishlab chiqarish samaradorligining keskin pasayishiga olib keladi va iqtisodiyotning iste’mol talabiga 561 mo‘ljalini izdan chiqaradi. Shunday qilib, davlatning bozor iqtisodiyotiga aralashuvi chegarasi bozor mexanizmining funksionalligidan kelib chiqadi. Quyida raqobatli bozorning davlat tomonidagi bozorga aralashuvi chegarasi borasidagi talablarining qisqacha tafsilotini keltiramiz. 1. Bozor mexanizmi (talab va taklif, raqobat, narx) ichki aloqalarni buzuvchi bozor mexanizmini, davlat harakatlarini rad etadi. Gap bunda erkin bozorning amal qilish shart-sharoitlari haqida bormoqda. Agar davlat o‘z sektorining haddan ziyod iqtisodiyotdagi ulushini ko‘paytirsa, bu xo‘jalik faoliyati erkinligini cheklaydi, bu esa iqtisodiyot nodavlat sektorlarining qisqarishiga olib keladi. Agar davlat narx-navoga ma’muriy nazoratni kuchaytirsa, bozor mexanizmining buzilishiga olib keladi. Chunki narx-navo raqobatli bozorda rag‘batlantiruvchi signal hisoblanadi. Bu davlat narxlar ustidan nazoratni olib tashlaydi, degani emas. Davlat narx darajasi dinamikasi borasidagi mas’ulligini saqlab turadi. Bozor mexanizmi o‘ziga nisbatan ta’sir etishning bevosita yoki iqtisodiy usullarini qo‘llashga ham yo‘l qo‘yadi. Raqobatli bozor xo‘jaligida ma’muriy metodlar mavjud bo‘lish huquqiga ega. Iqtisodi rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, iqtisodiyotni iqtisodiy dastaklar bilan boshqarish samarali ekan. Raqobatli bozor iqtisodiy dastaklardan ehtiyotlik bilan foydalanishni talab etadi. Agar davlat ilmiy asoslanmagan, puxta o‘ylanmagan iqtisodiy dastaklarni qo‘llasa, bozor mexanizmining maromi izdan chiqadi. Jumladan, puxta o‘ylanmagan soliq yoki pul-kredit siyosati. Yoki davlatning inflatsiyaga qarshi siyosati. Davlat inflatsiyani bostirish uchun ma’muriy yo‘l bilan muomalaga chiqariladigan pul miqdorini cheklaydi. Pul massasini muomalada cheklash kredit foizini oshiradi. Bu pulga bo‘lgan talabni kamaytiradi. Oqibatda investitsiya qisqaradi. Demak, iqtisodiy o‘sish darz ketadi. Bugungi kunda O‘zbekistonda davlat iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida, shuningdek bozor mexanizmini mustahkamlash borasida kuchli siyosat olib bormoqda. Bular kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, oilaviy biznesni rivojlantirish, xususiylashtirish, inflatsiyani jilovlash, bandlik siyosati, daromadlar siyosati, soliq ayovchanligi va h.k.). Xullas, davlatning rolini ziddiy omillar belgilaydi. Iqtisodiy aloqalarning global tus olishi davlatning rolini kuchaytirsa, o‘zini o‘zi tartibga solish imkoni bu rolni cheklab turadi. Shu sababli davlatning iqtisodiyotga aralashuvi me’yorida bo‘lishi talab qilinadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling