Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
DAVLATNING ROLI
1. Davlatning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi funksiyalari Ko‘plab masalalar mavjudki, uni bozor mexanizmi yechishga qurbi yetmaydi. Bunga davlatning bozor tizimida faol ishtirok etishi asos bo‘ladi. Davlat, eng avvalo, mamlakatning milliy manfaatlarini ifodalaydi va bozor mexanizmining samarali ishlashiga qulay sharoitlar hozirlaydi. Bozor iqtisodiyotida davlatning tag-zaminli funksiyasi jamiyat miqyosida ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdan iborat. Faqat davlat jamiyatning sa’y-harakatlarini tartibga soluvchi oliy muassasa bo‘la oladi. Faqatgina davlat jamiyatning turli manfaatlarini uyg‘unlashtiradi, ularni yagona umummilliy manfaatga birlashtiruvchi kuch hisoblanadi. Davlat jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda qanday chora-tadbirlarni amalga oshiradi? Bunda davlat, soliq-budjet siyosatini yuritadi. Davlat budjet orqali daromadlarni jamiyatning turli toifadagi fuqarolari o‘rtasida ularning ajralmas huquqlarini, ya’ni farovonlikning ma’lum standartiga erishish maqsadida amalga oshirish siyosatini qo‘llaydi. 555 Davlatning daromadlarni qayta taqsimlashdagi faoliyati jamiyatda band bo‘lgan, fiksirlangan daromadlarga ega fuqarolar (davlat boshqaruvi sohasidagi xizmatchilar, olimlar, harbiy xizmatchilar va h.k.)ning mavjudligidan ham kelib chiqadi. Ma’lumki, jamiyatda nogironlar, mehnatga layoqatsiz fuqarolar ham istiqomat qiladi. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq, davlat ish bilan ta’minlashga muhtoj bo‘lgan aholiga quyidagilarni kafolatlaydi: – ishsizlik nafaqasini to‘lash; – mehnat organlarining yo‘llanmasi bo‘yicha kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish davrida stipendiya to‘lanishi hamda shu davrni umumiy mehnat stajiga qo‘shish; – ishsiz shaxsga qaramog‘idagilarni hisobga olgan holda, moddiy yordam berish; – haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashish imkoniyati; – mehnat organlarining taklifiga binoan, ishlash uchun ixtiyoriy ravishda boshqa yerga ko‘chish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling