Davlatning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi funksiyalari reja


Download 270.29 Kb.
bet1/11
Sana16.06.2023
Hajmi270.29 Kb.
#1519173
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning funksiyalari


MUHAMMAD AL-XOZAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI
FAKULTETI
Zamonaviy Iqtisodiyot
Mustaqil ish

Talaba guruhi: 416-20
Bajardi: Tilovov Shamsiddin
Tekshirdi: Bababekova Nargiza

Davlatning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi funksiyalari
REJA:

  1. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish usullari” kursiga kirish

  2. Davlatning funksiyalari va Iqtisodiyotga davlat alashuvining zarurligi

  3. Bozor iqtisodiyotini tartibga solish bo’yicha davlat boshqaruv organlarining vazifalari va dastaklari.

  4. Xulosa

1. “Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish usullari” kursiga kirish
Davlat jamiyatning muhim institutsional tashkiloti hisoblanadi. O’zbekiston Milliy entsiklopediyasida “davlat – mamlakat miqyosida jamiyatni uyushtirish masalalaridni hal qilish, uning tashqi munosabatlarini belgilash vakolatlari bo’lgan hukmron tuzilma. Davlat jamiyatni o’z qonun-qoidalariga ko’ra idora qiladi, turli tip, shakllarda tashkil topadi”.1
Davlatning umum e’tirof etilgan belgilari quyidagilardan iborat:
-davlat o’z chegaralari doirasida fuqarolik belgisi bo’yicha birlashgan butun jamiyat, aholisining yagona vakili sifatida maydonga chiqadi;
-davlat suveren hokimiyatning yagona egasidir;
-davlat yuridik kuchga ega bo’lgan va huquq normalarini aks ettirgan qonunlar va ularga asoslanib chiqarilgan hujjatlarni qabul qiladi;
-davlat o’z funktsiyalarini bajarish uchun zarur davlat organlari hamda tegishli moddiy vositalar tizimidan iborat mexanizm ( mahkama)ga, huquqni muhofaza qilish (jazolash) organlari – sud, prokuratura, militsiya, politsiya kabilarga, o’z mudofaasi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini va havfsizligini ta’minlovchi qurolli kuchlar hamda havfsizlik organlariga ega bo’ladi2.
Zamonaviy institutsinalizm nazariyasi davlatga iqtisodiy nuqtai nazardan ta’rif beradi. Institutsional yondashuvga muvofiq uning asosiy mohiyatini “transaktsiya xarajatlari” kategoriyasidan foydalangan holda ochib beriladi. D.Nortning ta’riflashicha, davlat – zo’rlikni amalga oshirishda qiyosiy ustunliklarga ega bo’lgan, chegaralari uning fuqarolarga soliq solish qobiliyati bilan belgilangan jug’rofiy hududni qamrab oluvchi tashkilot3.
Davlat kategoriyasiga institutsional yondashuvlarni tahlil qilish asosida V.L.Tombovtsev “davlat nazariy jihatdan eng samarali majbur qilish organi hisoblanib, bunda uning samaradorligi uning legitimligiga, ya’ni “soliq solinadigan fuqarolar tomonidan” davlatda kuch ishlatish huquqi mavjudligining tan olinishiga bevosita bog’liq. Chunki agar jamoat fikriga mos keladigan bunday tan olish mavjud bo’lsa, u holda davlat o’z funktsiyalari va maqsadlarini amalga oshirish uchun cheklangan resurslardan oqilona foydalanuvchi tashkilot sifatida o’z imkoniyatlarini aholining ushbu funktsiyalar va maqsadlar bajarilishiga qarshiligini engish uchun sarflamasligi mumkin4,- deb ta’rif beradi.
Adam Smit 18-asrning ikkinchi yarmidayoq davlatning asosiy majburiyatlari doirasini belgilab berdi:
- birinchidan, jamiyatni kuch ishlatish va boshqa mustaqil jamiyatlarning bostirib kelishidan himoyalash;
- ikkinchidan, imkon qadar, jamiyatning har bir a’zosini adolatsizlikdan va uning boshqa a’zolari tomonidan jabrlashdan himoyalash yoki yaxshi adolat hukmini o’rnatish;
- uchinchidan, ularni barpo etish va saqlab turish alohida shaxslar yoki kichik guruhlar manfaatlari yo’lida amalga oshirilmaydigan muayyan ijtimoiy inshootlar va ijtimoiy muassasalarni barpo etish va saqlab turish, chunki ulardan keladigan foyda hech qachon alohida shaxslar yoki kichik guruhlarga xarajatlarni to’lay olmaydi, lekin ko’pincha xarajatlarni katta jamiyatga ortiqcha to’lashi mumkin5.
J.Byukenen6 o’z asarlarida davlatning jamiyatdagi rolining ikki tomonlamaligiga alohida e’tibor qaratadi, ya’ni uning nazarida davlat ham himoya qiluvchi, ham ishlab chiqaruvchi vositadir.Himoya qiluvchi yoki huquqiy davlat konstitutsion bosqichda kelishuvchi tomonlarga nisbatan kontseptual tashqi va huquqlarni hamda bunday huquqlarni ixtiyoriy ravishda almashish bo’yicha shartnomalarni ta’minlash uchun yagona javobgarlikka ega bo’lgan huquqlarni ta’minlash instituti yoki organi sifatida paydo bo’ladi. Davlat ishlab chiqaruvchi vosita sifatida bozor mexanizmi ishlabchiqarishni ta’minlay olmaydigan jamoat ne’matlarini o’zi ishlabchiqarishni tashkil etadi.7 Yangi institutsionalistlarning hozirgi talqinida davlatning eng umumiy funktsiyalari quyidagilardan iborat8:
- mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoya qilish;
- axborot bilan almashish tarmoqlarini, ya’ni rivojlangan axborot infratuzilmasi barpo etish;
- o’lchash va tortish standartlarini ishlab chiqish.Ular jumlasiga almashinadigan tovarlar va xizmatlar miqdori va sifatini o’lchash standartlarini, shuningdek, davlat tomonidan pul muomalasining tashkil etilishi ham kiradi;
- tovarlar va xizmatlar bilan jismoniy almashish tarmoqlari va mexanizmlarini,ya’ni bozor infratuzilmasini barpo etish;
- huquqni muhofaza qilish faoliyati va nizolarda «uchinchi» tomon rolini bajarish;
- sof ijtimoiy farovonlikni yaratish (birinchi navbatda mudofaa, keyin sog’liqni saqlash va ta’lim singari ijtimoiy farovonlikni yaratish).9
Davlatning iqtisodiy sohada ishtirok etishi, iqtisodiy jarayonlarga aralashuvi, iqtisodiyotni tartibga solishi nuqtai nazaridan asosiy majburiyat va vazifalari, iqtsodiyot sohasidagi siyosatining mazmuni va uni amalga oshirish mexanizmlari to’g’risidagi masalalar iqtisodiy fanlar diqqat markazida turadigan muhim yo’nalishlardan biri hisoblanadi. Davlatning iqtisodiyotdagi roliga, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish bo’yicha siyosatiga taalluqli bo’lgan ko’plab savollarga javob qidirish bilan turli ilmiy maktablar va yo’nalishlar iqtisodchilarining aksariyati band. Iqtisodchilarning davlatning iqtisodiyotni boshqarish va tartibga solishga qaratilgan iqtisodiy siyosati bo’yicha ishlab chiqqan ilmiy-nazariy kontseptsiyalari, nazariyalari hamda ularga asoslangan iqtisodiy siyosatning turli modellarining amaliyotda qo’llanishi tajribalarining umumlashtirilishi negizida “Davlatning iqtisodiy siyosati” fani shakllanib, ko’plab mamlakatlarning, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasining oliy o’quv yurtlarida iqtisodiyot ta’lim yo’nalishlari bo’yicha o’quv kurslari sifatida bo’lg’usi iqtisodchilarga o’qitilmoqda.
Davlat iqtisodiy siyosatining nazariy asoslarini iqtisodiyot nazariyasi fani yaratadi. Iqtisodiyot nazariyasi jamiyatda amal qiluvchi ob’ektiv iqtisodiy qonunlarni ochib beradi hamda xo’jalik yuritishning printsiplarini va mexanizmini, davlatning iqtisodiyotga aralashuvining maqsadlarini, sohalari va vosita hamda usullarini, ya’ni davlatning iqtisodiy siyosatini ilmiy jihatdan asoslaydi.shundan kelib chiqqan holda davlatning iqtisodiy siyosati –davlatning iqtisodiyotni rivojlantirish va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga ta’sir etish maqsadida bozor iqtisodiyotining amal qilishi uchun qulay sharoitlarni yaratishga qaratilgan maqsadli chora-tadbirlari yig’indisidir.
Davlatning iqtisodiy siyosatining tadqiqot ob’ekti bo’lib iqtisodiy sub’ektlarning o’zaro hamkorlikda samarali va barqaror faoliyat yuritishlari. shuningdek, iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillarni bartaraf etish yoki ularning ta’sirini kamaytirish uchun qulay huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy shart-sharoitlar yaratishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar hamda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish jarayonlari hisoblanadi.
Iqtisodiy siyosat fanining predmetini davlatning jamiyat manfaatlarini ko’zlab, iqtisodiyotga aralashuvi va uni tartibga solishi jarayonlari va bunda davlat bilan iqtisodiyot sub’ektlari o’rtasida yuzaga keladigan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar yig’indisi tashkil etadi. Davlat iqtisodiyotni tartibga solishga qaratilgan siyosatini hukumatning iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlash borasidagi qarorlari va hatti-xarakatlarida namoyon bo’ladi.
Davlatning iqtisodiy siyosatini qo’llash sohalari quyidagilardan iborat:
1) Iqtisodiy faoliyatni tartibga soluvchi huquqiy normalar sohasidagi siyosat.Bunda iqtisodiy hayotdagi davlat va xo’jalik sub’ektlari hatti-harakati normalari bo’yicha uzoq muddatli ijtimoiy kelishuv to’g’risida so’z boradi.
2) Iqtisodiy tartib o’rnatish siyosati, ya’ni xususiy shaxslar, firmalar, institutlar faoliyati, raqobatni himoya qilish, iqtisodiyotni tartibga solish va savdoni rivojlantirishning mumkin bo’lgan miqyoslarini belgilovchi tartib-qoidalarni o’rnatishga qaratilgan siyosat;
3) Integratsion va tashqi siyosat- bu hududlararo bozorlarni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasidir;
4) Xo’jalik jarayonlariga ta’sir ko’rsatish siyosati-bu jami talab va jami taklifga ta’sir etish, ular o’rtasidagi muvozanatni ta’minlash, pul va fiskal siyosatlarni amalga oshirishdir.
5) Iqtisodiy o’sish siyosati va tarkibiy siyosat iqtisodiy o’sishga to’siqlarni bartaraf etishga va ishlab chiqarish potentsialining rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir;
6) Atrof muhitni muhofaza qilish siyosati.10
Demak, davlatning iqtisodiy siyosati davlatning iqtisodiyotga aralashishi, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning shakl va usul, vositalari, dastaklarini o’z ichiga oladi. Davlat mavjud bo’lgan barcha tarixiy davrlarda iqtisodiyotni boshqarish va tartibga solishga qaratilgan siyosat davr talablariga mos ravishda ma’lum miqyoslarda, shakl va uslublarda amalga oshirilib kelingan. Lekin to 1929-1933 yillardagi krizisgacha bo’lgan davrlarda davlatning iqtisodiyotga aralashishi nomuayyan, va cheklangan bo’lib, iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish va tartibga solish tor doira va miqyoslarda,ko’lamlarda vaziyat taqozasiga ko’ra epizodik ko’rinishda kam sonli vosita va usullar yordamida amalga oshirilib kelingan. Faqat 20-asrning 30-40-yillaridan boshlab, davlatning iqtisodiy siyosati bozor iqtisodiyotiga davlatning muntazam ravishda aralashib,uni tartibga solishga qaratilgan mexanizmni bozorning o’zinio’z tartiblash mexanizmi bilan uyg’unlashtirishga yo’naltirila boshlandi. Uning mazmunini ochib berish uchun bozor iqtisodiyotiga davlatning aralashishi va tartibga solishi zarurligi, uning ob’ekti va predmeti, shakl va usullarini tahlil qilish lozim bo’ladi.

Download 270.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling