Mavzu: Raqobatlashgan bozorda harakat qiluvchi firma daromadlari


Download 65.29 Kb.
bet1/5
Sana23.12.2022
Hajmi65.29 Kb.
#1047480
  1   2   3   4   5
Bog'liq
реферат микро




Mavzu:Raqobatlashgan bozorda harakat qiluvchi firma daromadlari

Reja:




  1. Bozorning raqobatbardosh tuzilmasi.

  2. Bozor tuzilmalarining tahlil tamoyillari.

  3. Mukammal raqobat modeli va uning xususiyatlari.

  4. Raqobatli bozorning uzoq va qisqa muddatli muvozanati. 5. Raqobatlashgan bozordagi narx, o’rtacha va chekli daromad.

1.Bozorning raqobatbardosh tuzilmasi.


Ilmiy tilda “raqobat” so‘zining ikki xil ta’rifi mavjud. Birinchisi, bozor tuzilmasini ta’riflovchi raqobat, ya’ni, raqobatlashgan bozor, mukamal raqobat, monopolashgan raqobat. Ikkinchisi, firmalarning bozorda o‘zaro bahslashishi, kurashish usulini xarakterlovchi raqobat, ya’ni, raqobat kurashi, narxli va narxsiz raqobat.
Raqobat – bu ne’matlar miqdori va iste’mol talabi cheklangan joyda yuzaga keladigan manfaatlar to‘qnashuvi. Iste’molchilar ham, firmalar ham raqobatlashishi mumkin. Raqobat quyidagilarga ko‘maklashadi:
• ishlab chiqarishni kengaytirish va ixchamlashtirishga
• ilg‘or yangiliklarni joriy etishga
• resurs xarajatlarini tejashga
• iqtisodiyotning umumiy samaradorligini oshirishga
• talabning qulay qondirilishiga
• narxlarni tenglashtirish va pasaytirishga.
Bozor tuzilmalarini anglatuvchi terminlar monopoliya, monopsoniya, oligopoliya grek tilidan olingan bo‘lib, poleo – sotaman, psoneo – sotib olaman, mono – bir, oligos – bir qancha, poli – ko‘p degan ma’nolarni anglatadi.
Bozor tuzilmasi bozorning eng muhim jihatlarini o‘zida aks ettiradi: Masalan, tarmoqdagi firmalar soni, firmalarning bozorga kirib borishi va chiqib ketish imkoniyatlari, sotib oluvchilar soni, alohida firmalarning bozordagi narxlarga ta’sir eta olish qobiliyati. Firmaning bozordagi narxlarga ta’sir eta olish qobiliyati qanchalik past bo‘lsa, mazkur tarmoq shunchalik raqobatbardosh hisoblanadi.
Bozor tarkibini tahlil qilishni osonlashtirish uchun iqtisodiy nazariyada raqobatning quyidagi 4 ta modeli alohida ajratib ko‘rsatiladi.

  1. Mukammal raqobat

  2. Monopolistik raqobat

  3. Sof monopoliya

  4. Oligopoliya.


Download 65.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling