Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Ijtimoiy xavfsizlik deganda jamiyat barcha ahlining zaruriy


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet330/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Ijtimoiy xavfsizlik deganda jamiyat barcha ahlining zaruriy 
moddiy va ijtimoiy mavqeini ta’minlash bo‘yicha davlatning chora-
tadbirlari majmui tushuniladi. U, birinchidan, malakali ish kuchini 
takror ishlab chiqarishni, ikkinchidan, jamiyatning mehnatga qobiliyatli 
a’zolari salohiyatini amalga oshirish uchun sharoitning mavjudligini, 
uchinchidan, ishsizlarni qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlarini 
yaratish, to‘rtinchidan, ijtimoiy kafolatlarni bildiradi. 
Iste’mol eng kam deganda tirikchilik minimumini, ko‘p deganda 
ijtimoiy minimumni ta’minlashi talab qilinadi. Tirikchilik minimumi 
inson sog‘-salomat yashab, ish qobiliyatini saqlab qolishi uchun zarur 
bo‘lgan darajada iste’mol qilinishini bildiradi. 
Ijtimoiy minimum normal turmush kechirish va ish qobiliyatini 
rivojlantirishga imkon beruvchi iste’molni bildiradi. Ijtimoiy 
barqarorlik bo‘lishi uchun iste’mol tirikchilik minimumidan ijtimoiy 
minimum tomon o‘sib borishi talab qilinadi. Ijtimoiy xavfsizlik nuqtai 
nazaridan iste’mol mehnat salohiyatining vayron bo‘lishiga yo‘l bermay, 
uning saqlanib qolishini ta’minlashi kerak bo‘ladi. Ammo mehnat 
salohiyatini saqlash xarajatlari mamlakatlar bo‘yicha jiddiy farqlanadi, 
chunki ish kuchini qaytadan yaratish sarflari hamma yerda bir xil bo‘lishi 
mumkin emas. Rivojlangan mamlakatlarda bu sarf bir kun hisobida eng 
kamida 18 dollar, AQShda esa 33 dollar qilib belgilangan. Bunday 
farqlanish iste’mol minimumining miqdoran va tarkiban har xil 
bo‘lishidan va narxlar darajasidan kelib chiqqan. 


 549
Inson sog‘lom yashashi uchun ovqatlanishi miqdoran va tarkiban 
yetarli bo‘lishi zarur. Kundalik ovqatlanish me’yori 2150 kilokaloriya 
energiya quvvati bera olishi lozim. Bu ham ijtimoiy zarurat hisoblanadi. 
Biroq oziq-ovqat tarkibida kishi organizmiga zarur bo‘lgan moddalar 
minimal darajada bo‘lishi talab qilinadi. Masalan, kundalik ovqatlanishda 
har bir kishi uchun kamida 30–32 g. go‘sht, baliq, tuxum va sut kabi 
mahsulotlar beradigan oqsil moddasi bo‘lishi kerakligi mutaxassislar 
tomonidan ta’kidlanadi. Binobarin, xavfsizlik darajasi bo‘lishi uchun 
oziq-ovqat tarkibida uglevodlarlardan tashqari, oqsil, yog‘ va vitaminlar 
ham bo‘lishi kerak. Buning uchun uglevodli non, makaron, kartoshka va 
guruchdan tashqari, oqsilga boy sut, go‘sht, tuxum, baliq ham iste’mol 
qilinishi zarur bo‘ladi. Inson uchun oziq-ovqat xavfsizligi darajasini 
aniqlashda kundalik ovqatlanish beradigan energiya quvvati uning 
me’yori bilan taqqoslanadi. 
Ijtimoiy xavfsizlik nooziq-ovqat tovarlarini, jumladan xizmatlarni 
ham minimal darajada bo‘lsa-da, iste’mol etilishini bildiradi. Biroq o‘tish 
davrini boshdan kechirayotgan mamlakatlarda aholi iste’moli tarkibida 
buzilishlar yuz beradi. Bu jami iste’molda oziq-ovqat hissasining ortib 
ketishidan iborat bo‘lib, daromadlarning umuman kamayishi va aholi 
tarkibida kam ta’minlanganlar hissasining ortishi bilan izohlanadi. 
Bunday hodisa o‘tish davrining dastlabki yillarida ko‘pchilik MDH 
mamlakatlarida kuzatildi. O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tish 
konsepsiyasi real iqtisodiy sharoitdan kelib chiqqanini hayotning o‘zi 
isbotladi. Gap shundaki, O‘zbekiston, birinchidan, sotsialistik iqtisodiy 
tizim sharoitida, ikkinchidan, esa Sovet imperiyasi tarkibida rivojlandi. 
Bu esa uni qoloqlikka mahkum etdi. O‘zbekiston resurslarga boy 
mamlakat bo‘la turib, iqtisodiy taraqqiyotda ko‘pgina Sharq 
mamlakatlaridan orqada qolib ketdi. 1990-yili aholi jon boshiga ishlab 
chiqarish bo‘yicha dunyoda 75–80 o‘rinni egalladi, ishlab chiqarishning 
o‘sish sur’ati, uning strukturasi, tarkibining yangilanishi, ya’ni 
diversifikatsiyasi jihatidan dunyo talablaridan ancha orqada qoldi.
Dastlab, jon boshiga hisoblangan nooziq-ovqat tovarlari iste’moli 
qisqardi, demak, ularning yetishmovchiligi yuzaga keldi. Bu, ayniqsa, 
turli xizmatlar iste’molida yaqqol ko‘zga tashlandi. Xizmat ko‘rsatishning 
pulli bo‘lishi va daromadning yetishmasligi iste’mol darajasining 
qisqarishiga olib keldi. Natijada ijtimoiy xizmatlarni iste’mol qilish uchun 
ketgan sarflarning oilaning jami xarajatlaridagi hissasi kichik bo‘ldi, lekin 
uning o‘sishga moyilligi kuzatildi. 


 550
Xavfsizlikka erishishda ijtimoiy farovonlikning ahamiyati katta. Bu 
iqtisodiy farovonlikdan farqliroq turmush kechirishning shart-sharoiti
qandayligi bilan tavsiflanadi. Bunga hayot kechirishning xavfsizligi, 
kommunal xizmatlar iste’moli, ijtimoiy ne’matlar, o‘rtacha umr ko‘rish 
kabilar kiradi. Xalqaro miqyosda ijtimoiy farovonlik darajasini aniqlash 
uchun bolalarning qanchasi maktablarda o‘qishi, o‘qituvchilar soni, ta’lim 
olishdagi teng huquqlilik darajasi, davlatning jon boshiga hisoblangan 
ta’lim uchun sarflari kabilar hisobga olinadi. 
Sog‘liqni saqlash xizmati darajasi aniqlanganda, bolalar orasidagi 
o‘lim, bola tug‘ish paytida onalarga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat sifati
bolalarning emlanishi, har ming nafar aholiga hisoblangan vrachlar soni, 
kasalxonalarda o‘rinlar soni va davolanish darajasi kabilar inobatga 
olinadi. Ijtimoiy farovonlikni aholining toza ichimlik suvi va zamonaviy 
kanalizatsiyadan foydalanishi ham belgilaydi. Ona va bola salomatligini 
himoyalash bo‘yicha bajarilayotgan tadbirlar natijasida o‘tgan o‘n yil 
(2000–2010) davomida mamlakatimizda onalar o‘limi har ming kishi 
uchun 33,1 nafardan 19,7 nafarga, bolalarning nobud bo‘lishi esa 18,9 
nafardan 10,1 nafarga tushdi. Tug‘ma va irsiy kasalliklar bilan 
tug‘iladigan bolalar soni qariyb ikki barobar kamaydi. Yaponiya 
parlamenti a’zolari O‘zbekistonda aholi savodxonligi darajasini qariyb 
100 foiz, deb ta’kidladi
1
.
Iqtisodiy va ijtimoiy farovonlikning asosiy ko‘rsatkichlari (jon 
boshiga daromad miqdori, savodxonlik darajasi, o‘rtacha umr ko‘rishi) 
asosini inson kamoloti indeksi orqali aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich qanchalik 
yuqori bo‘lsa, shunchalik ijtimoiy barqarorlik ta’minlanadi. Barqarorlik 
sharoitida ijtimoiy konfrontatsiya (qarshi turish) o‘rniga ijtimoiy 
konsolidatsiya (hamkorlik) yuzaga keladi. Ijtimoiy hamkorlik bor joyda 
inson kapitali rivoj topadi va bu milliy xavfsizlikning asosini belgilovchi 
iqtisodiy va ijtimoiy xavfsizlikka xizmat qiladi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling