Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Aholining jamg‘arma mablag‘lari
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Davlatning ijtimoiy siyosati. O‘zbekistonda ijtimoiy siyosatning asosiy yo‘nalishlari
Aholining jamg‘arma mablag‘lari. Aholining jamg‘arma mablag‘-
lari iste’mol budjetining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Yurtimizda 1995–2010-yillarda aholi omonatlari hajmi barqaror oshib bordi. Ayniqsa, yuqori o‘sish sur’atlari 2000–2010-yillarga to‘g‘ri keladi, bu davrda mazkur ko‘rsatkich 28,6 barobar oshgan. Hozirgi vaqtda, so‘rov natijalariga ko‘ra, mamlakatimizdagi qariyb barcha xonadon sohiblari banklarda o‘z jamg‘arma mablag‘lari – omonatlariga ega. Bozor munosabatlari chuqurlashib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanib borgani sayin aholining yalpi xarajatlari tarkibida yangi yo‘nalish – tadbirkorlik faoliyati uchun xarajatlar yo‘nalishi paydo bo‘ldi. Ularning ulushi hozirgi paytda 8,5 foizni tashkil etmoqda. O‘z mohiyatiga ko‘ra, bu usul oila xo‘jaligining asosiy kapital uchun mablag‘ jamg‘arishning samarali shakli bo‘lib, xususiy mulk asosida o‘z daromadlarini shakllantirish va ko‘paytirish imkonini beradi. 543 6. Davlatning ijtimoiy siyosati. O‘zbekistonda ijtimoiy siyosatning asosiy yo‘nalishlari Ijtimoiy siyosiy davlat siyosatining muhim bo‘g‘inidir. Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT)ning «Ijtimoiy siyosatning asosiy maqsadlari va me’yorlari to‘g‘risida»gi 117-sonli konvensiyasida insonning o‘zi, oilasi salomatligi va farovonligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan turmush darajasiga, shuningdek ishsizlik, nogironlik, bevalik va unga bog‘liq bo‘lmagan boshqa sabablarga ko‘ra yashash uchun zarur mablag‘lardan mahrum bo‘lgan hollarda ijtimoiy ta’minotga ega bo‘lish huquqi belgilangan. XMT tomonidan qabul qilingan «Ijtimoiy ta’minotning minimal me’yorlari to‘g‘risida»gi 102-sonli konvensiyani ijtimoiy himoyalash bo‘yicha asosiy hujjat deb qarash mumkin. Ushbu konvensiya ijtimoiy himoyaning quyidagi 9 turini o‘z ichiga oladi: tibbiy xizmat, ishsizlik va keksalik nafaqasi, ishlab chiqarishda olgan jarohatlar tufayli nogironlik nafaqasi, boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha nafaqa, homiladorlik va farzand tug‘ilishi bo‘yicha nafaqa, kasallik nafaqasi va oilaviy nafaqa. Iqtisodiy va ijtimoiy xavfsizlikning o‘zaro aloqasini iqtisodiy manfaatlar yuzaga chiqaradi. Iqtisodiy manfaatlar – bu kishilarning hayotiy ehtiyoji, lekin bu anglangan va ma’lum xatti-harakatni yuzaga keltirganda, iqtisodiy manfaatga aylanadi. Manfaatlar o‘zining homiy subyektiga qarab har xil bo‘ladi. Ayrim kishining manfaati individual, jamoaning manfaati guruhiy-korporativ va nihoyat davlatning manfaati umummilliy bo‘ladi. Bozor tizimida individual manfaat ustuvorlikka ega, chunki bu yerda xususiy mulk yetakchi bo‘ladi. Individual manfaat bu ish kuchi egasi bo‘lgan yollanib ishlovchi manfaatiga, tadbirkorlar, mulk sohiblari va menejerlar manfaatiga ajraladi. Har bir individ o‘z qo‘lidagi resurslardan ko‘proq daromad topishga intiladiki, bu bilan u o‘z manfaatini ro‘yobga chiqarishga oshiqadi. Ish kuchi egasi ko‘proq ish haqi olsam, tadbirkor foydani ko‘p topsam, pul egasi ko‘p foizga ega bo‘lsam, deydi. Hozirgi iqtisodiyot faqat bozor qonunlari boshqarib turadigan iqtisodiyot emas. Uning muhim jihati davlat tomonidan tartibga solinishidir. Bozor kuchlari muqobil tanlovni yuzaga keltiradi. Bunga ko‘ra, iqtisodiyotda saralanish yuzaga kelib, tabaqalanish chuqurlashadi. Iqtisodiy ishtirokchilarning mavqei tez-tez o‘zgarib turadi. Bozor mexanizmi o‘z-o‘zidan ijtimoiy tengsizlikni yaratadi. Binobarin, unda ijtimoiy kelishmovchilik yaratish salohiyati ham yo‘q emas. Demak, 544 bozor kuchlarida iqtisodiyotni rivojlantira olishga layoqat bor. Biroq ular ijtimoiy muvozanatni ta’minlashda layoqatsiz bo‘ladi. Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda davlat faollik qilishi kerak, bunga ta’sirchan ijtimoiy siyosat orqali erishiladi. Davlat iqtisodiyot ishtirokchisi sifatida boshqa subyektlardan siyosiy hokimiyat sohibi ekanligi bilan farqlanadi. Shu hokimiyatga tayanib, ham iqtisodiy, ham ijtimoiy hayotni tartibga solib turadi. Shu jihatdan davlatni jamiyat manfaatini himoya qiluvchi eng oliy Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling