Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet329/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

toifadagi ijtimoiy institut deb ham atash mumkin. Shu sababli uning 
ijtimoiy funksiyalari ham kuchayib boradi. Ijtimoiy tanlov nazariyasiga 
ko‘ra, hozirgi davlatda himoya qilish, homiylik va unumli ishlab chiqarish 
funksiyalari mavjud. Himoya qilish funksiyasi ijtimoiy xavfsizlik va 
tartibni ta’minlashdan iborat. Bu vazifani bajarish yo‘lida davlat kuch 
ishlatishi mumkin va jamiyat davlatga shunday monopol huquq beradi. 
Davlat kishilarni tinch-totuvlikda va hamkorlikda yashab, bir-biriga zarar 
yetkazmasligini ta’minlaydi. Davlatning unumli ishlab chiqarish 
funksiyasi fuqarolarga ijtimoiy ne’matlar yetkazib berishdan iborat. Bu 
shunday ne’matlarki, davlat fuqarolarga tekinga beradi, ulardan hamma 
bahramand bo‘ladi. Bu ne’matlarni hamma keragicha oladi, ularni 
taqsimlashda tenglik qoidasiga amal qilinadi. Bu yerda ijtimoiy ne’matni 
bir odam olgani holda boshqasi olmasligi mumkin emas. Masalan, davlat 
huquq-tartibot organlari xizmatidan bir guruh yoki shaxs foydalangani 
holda boshqasi bundan istisno etilmaydi. Shu tariqa bepul ta’lim, tibbiy, 
obodonchilik va ekologik xizmatlardan ham foydalaniladi. Shu bois, 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 40-moddasida: «Har bir 
inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega», 41-
moddasida: «Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim 
olish davlat tomonidan kafolatlanadi», – deb mustahkamlab qo‘yilgan. 
Agar bozor qonun-qoidalariga binoan, kishilarning iqtisodiy farovonligi 
jiddiy farqlansa, davlat bergan ijtimoiy ne’matlaridan foydalanish 
tafovutlarni qisqartiradi.
Demak, davlat bozor mexanizmi hal eta olmaydigan ijtimoiy 
muammolarni yechishda jamiyat nomidan qatnashadi. Fuqarolik 
jamiyatida davlat kishilarning uyg‘unlashgan irodasini ifoda etadi, 
umummilliy manfaatlarni himoya qiladi. Bozor mexanizmi iqtisodiy 
o‘sish muammosini hal etgani holda, ijtimoiy tengsizlik muammosini 
keltirib chiqaradi. Bu esa beqarorlikni oziqlantiradi. Shu sababli davlat 
ijtimoiy tengsizlikni yumshatish choralarini izlaydi, u jamiyatning o‘zini 
ijtimoiy larzalardan saqlab turadi. Davlat jamiyatdagi barqarorlikni faqat 


 545
siyosiy kuch bilan emas, balki o‘zining ixtiyoridagi moliya resurslariga 
tayangan holda ta’minlaydi. Hozirgi davlat ijtimoiy davlat bo‘lar ekan, 
uning ixtiyorida iqtisodiyotning ijtimoiy sektori saqlanadi, ijtimoiy sektor 
davlat korxonalari bilan cheklanmaydi, balki ijtimoiy ne’matlarni 
yaratuvchi va xalqqa yetkazib beruvchi turli davlat tashkilotlarini ham o‘z 
ichiga oladi. Mazkur sektorga budjet tizimi ham kiradiki, bu uning bosh 
va yetakchi bo‘g‘ini vazifasini o‘taydi, chunki budjet ijtimoiy ne’matlarni 
yaratishni moliyalashtiradi.
Jamiyat davlatga zo‘rlik qo‘llash vakolatini beradi va u shundan 
foydalanib, budjetga majburiy to‘lovlar, soliqlar undiradi, ya’ni o‘z 
moliyaviy resurslarini hosil qiladi. Ular hisobidan ijtimoiy ne’matlarni 
yaratadi. Ijtimoiy ne’matlar tovarlashgan xizmatlar emas, chunki ular 
bozorga chiqarilmaydi, binobarin, bozor qiymatiga binoan 
ayirboshlanmaydi, ular bepul taqsimlanadi. Shularni e’tiborga olib, 
ijtimoiy ne’matlarning yaratilishini nobozor ishlab chiqarish deb aytish 
mumkin va bu vazifani davlat bajarishini qayd etish zarur. Ijtimoiy 
ne’matlarning nobozor usullar bilan taqsimlanishi bir qator ijtimoiy 
xizmatlarni aholining kambag‘al qatlamlariga ham yetkazib beradi, bu 
bilan ularning ijtimoiy farovonligi ma’lum darajada ta’minlanadi. Davlat 
aytilgan xizmatlarni yaratar ekan, bularni resurslar bilan ta’minlash uchun 
boshqa subyektlar daromadining bir qismini budjetga olib taqsimlaydi. Bu 
bilan bozor mexanizmi bajara olmaydigan, firmalar va xonadonlar 
qo‘lidan kelmaydigan ishni bajaradi, ya’ni hammabop ne’matlarni elga 
yetkazadi. Bu yerda davlat ekstrenal, ya’ni iqtisodiyotga nisbatan tashqi 
kuch vazifasini o‘taydi, ammo bu iqtisodiyot uchun zarurat hisoblanadi, 
chunki, birinchidan, ijtimoiy farovonlikka xizmat qiladi, ikkinchidan, ish 
kuchining takroran yaratilishiga hissa qo‘shadi. Davlat bozor mexanizmi 
hal etishga qodir bo‘lmagan vazifalarni o‘zining ijtimoiy siyosati orqali 
bajaradi. Bu ijtimoiy ne’matlardan hammani bahramand etish, ijtimoiy 
himoya, bandlik va daromad siyosatidir. O‘zbekiston avvaldan faol 
ijtimoiy siyosat yo‘lini tutdi va mustaqillik yillarida bunga izchil amal 
qildi. Bu yerda davlat o‘z zimmasiga g‘oyat katta ijtimoiy majburiyatlarni 
oldi, bu bilan ijtimoiy sohalarni uzluksiz ishlab turishini ta’minlashga, va 
hatto ijtimoiy ne’matlar ko‘lamini oshirishga erishildi. Bu o‘z navbatida, 
davlat iste’molining yalpi ichki mahsuloti hissasining katta bo‘lishiga olib 
keldi. Yuqorida ta’kidlanganidek, davlatning ijtimoiy tadbirlarga xarajati 
qariyb 21 yil ichida besh barobardan ziyod ko‘paydi. Davlat 
ijtimoiyligining kuchayishi uning iste’molini iqtisodiy salohiyat 
darajasiga nisbatan ancha yuqori bo‘lishiga olib keldi, aks holda katta 


 546
ijtimoiy majburiyatlarni bajarib bo‘lmas edi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy 
inqirozi sharoitida O‘zbekiston davlati ijtimoiy sohaga katta resurslarni 
safarbar etib, uning rivojini ta’minladi. Bu bilan aholining kambag‘al 
qatlamlariga eng zarur ijtimoiy ne’matlar yetkazib berildi. Bu ne’matlar 
iste’moli jihatidan aholining aytilgan qatlami o‘rtacha darajaga 
yaqinlashdi.
Davlatning ijtimoiy siyosati – bu insonning tobora yuksalib 
borayotgan eng muhim hayotiy manfaatlarini yuzaga chiqarish, insonni 
himoya qilish va kamol topishiga qaratilgan siyosatdir. O‘zbekistonda 
davlatning ijtimoiy himoya siyosati ham ijtimoiy tafovutlarni cheklashga 
qaratildi. Shu maqsad yo‘lida katta resurslar ajratildiki, ular hisobidan 
aholining yordamga muhtoj qatlamlariga pul va natural transfetlar 
shaklida yordam ko‘rsatildi, maqsadli pul to‘lovlari va ijtimoiy imtiyozlar 
beriladi, kompensatsion ijtimoiy to‘lovlar ajratiladi. Ijtimoiy yordam 
siyosati kambag‘allar sonini qisqartirishni ko‘zda tutadi. Biroq bu ishda 
muhtojlarga beriladigan yordam, asosan, ish qobiliyatini yo‘qotganlarga 
ko‘rsatiladi, ish qobiliyatini saqlagan kishilarga ishlab, daromad topish 
uchun sharoit yaratiladi. Bu bilan mehnatdan foydalanish hisobiga 
muhtojlikdan ozod bo‘lish ko‘zda tutiladi. 
Ijtimoiy barqarorlikka davlatning bandlik siyosati yordamida ham 
erishiladi. Bu siyosat uch yo‘nalishda olib boriladi:
a) 
mavjud ish joylaridan to‘liq foydalanish asosida bandlikni 
oshirish; 
b) davlat tomonidan yangi ish joylari yaratilishini rag‘batlantirish; 
c) ish kuchi eksportini tashkil etish va rag‘batlantirish. Bu usul ish 
kuchi taklifini qisqartirish orqali bandlikka ko‘maklashadi. 
Bandlikning oshirilishi daromad topish hisobidan ham doimiy, ham 
juz’iy kambag‘allikni qisqartiradi. O‘zbekiston sharoitida bandlikni 
oshirishning ikkinchi usuli ustunlikka ega. Bu yerda yangi ish o‘rinlari, 
ayniqsa, arzon ish o‘rinlarining yaratilishi hamma choralar bilan 
rag‘batlantiriladi. Shu o‘rinda imtiyozli mikrokreditlar alohida ahamiyat 
kasb etadi, chunki ular kichik biznes, dehqon-fermer xo‘jaliklarida kapital 
sig‘imi kichik bo‘lgani uchun nisbatan arzonga tushadigan, yaratilishi 
qiyin bo‘lmagan ish o‘rinlarini hosil etadi. O‘zbekistonda
2013-yilda 
jami 970 mingdan ortiq ish o‘rinlari tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda. Bu 
yangi tashkil qilingan umumiy ish o‘rinlarining 600 mingdan ziyodi yoki 
65 foizi kichik biznes sohasi va fermer xo‘jaliklariga to‘g‘ri keladi. 
Davlatimiz rahbari Islom Karimov aholi bandligini ta’minlash va 
yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish muammosini hal etish 2013-yil va yaqin 


 547
istiqbolda ham mamlakatimizni muvaffaqiyatli va barqaror 
rivojlantirishning alohida ustuvor yo‘nalishi va hech mubolag‘asiz eng 
muhim sharti ekanligini ta’kidladi.
«Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, ayniqsa, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi rahbariyati, viloyatlar, shahar va tumanlar hokimlari 
e’tiborini ushbu mas’uliyatli vazifa bo‘yicha ularning shaxsan javobgar 
ekanligini» Yurtboshimiz qat’iy vazifa etib qo‘ydi.
Topshirilgan vazifalarning bajarilishi joylarda ijtimoiy adolatni 
ta’minlashga xizmat qiladi. Ma’lumki, ijtimoiy tengsizlik bozor tizimi 
uchun muqarrar bo‘lsa-da, uning ma’lum me’yori bo‘lib, bundan chiqib 
ketish ijtimoiy beqarorlikni yuzaga keltiradi. Bu, birinchi navbatda, eng 
kam va eng yuqori daromadni, ya’ni boylar va kambag‘allar 
daromadlarining farqlanishiga taalluqli bo‘ladi. Bu farq katta joyda 
ijtimoiy xatar imkoni mavjud. Aksincha, bu farq kam joyda ijtimoiy 
muvozanatga moyillik hukmron bo‘ladi. Tengsizlikni aniqlashda odatda 
10 foiz boylar va 10 foiz kambag‘allar daromadining nisbati asos qilib 
olinadi. Xalqaro standartlarga binoan bu (13–15):1 bo‘lishi mumkin. 
Tengsizlik darajasi bundan oshib ketganda, ijtimoiy xatar tug‘iladi, deb 
qabul qilingan. Keltirilgan nisbatning me’yoridan chiqib ketishi 
ko‘pincha iqtisodiyoti yaxshi rivojlanmagan mamlakatlarda kuzatiladi. 
Biroq bu me’yorni saqlab qolish ijtimoiy siyosatga ham bog‘liq bo‘ladi. 
Iqtisodiyot baquvvat joyda ommaviy farovonlik mavjud, chunki ishlab 
chiqarilgan tovarlar va xizmatlar to‘kinchilikni ta’minlab, hayotni farovon 
qilishga yetadi. Buning dalili sifatida qoloq davlatlarga berilgan beg‘araz 
yordam miqdorining ortib borishi, ularga berilgan qarzlardan kechib 
yuborilishini ko‘rsatish mumkin. O‘zbekistonda ijtimoiy tengsizlik 
mavjud bo‘lsa-da, uning miqyosi kattalashib borishiga yo‘l berilmaydi, 
aksincha, faol ijtimoiy siyosat amalga oshirilib, kambag‘allarga har 
taraflama yordam beriladi. O‘zbekiston iqtisodi rivojlangan mamlakatlar 
safiga kirmasa-da, bu yerda kambag‘allarning daromaddagi salmog‘ining 
ko‘rsatkichi aytilgan mamlakatlardagidan ancha yuqori, ya’ni 9,2 foizni 
tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston faqat Yaponiya, 
Vengriya, Norvegiya, Chexiya va Finlyandiyadan orqada, qolgan boshqa 
hamma mamlakatlardan oldinda yuradi. Bu faol ijtimoiy siyosat 
natijasidir. 
O‘zbekistonda aholining tabaqalashuvi o‘z holiga tashlab 
qo‘yilmasdan, doimo me’yorida saqlanib kelingan. Bu yerda 10 foiz 
kambag‘allar bilan 10 foiz boylar daromadi o‘rtasidagi farq keyingi 
paytda 9,5–13,5 -martadan oshmagan. Demak, tabaqalashuv xalqaro 


 548
standartlar darajasida yuz bergan. Tahlillarning ko‘rsatishicha, 
O‘zbekistonda daromadlarni boy tabaqa qo‘lida konsentratsiyalashuv 
(to‘planuv) koeffitsiyenti ham me’yorida. Bu me’yor koeffitsiyenti 0,250 
– 0,360 hisoblanadi. O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 1995-yilda – 0,310, 
1996-yilda – 0,350, 1997-yilda – 0,421, 1998-yilda – 0,405, 2000-yilda – 
0,389, nihoyat 2003-yilda – 0,320 bo‘lgan. 
Aholining daromadlar bo‘yicha tabaqalashuvining me’yorida saqlab 
turilishi ijtimoiy hamjihatlikni kafolatlaydi. Ijtimoiy barqarorlik 
kambag‘allar sonining qisqarib borishi bilan ham bog‘liq. Dunyoda qabul 
qilingan kambag‘allik me’yori 10 foizni tashkil etadi, ya’ni kambag‘allar 
butun aholining o‘ndan bir qismini tashkil etishi maqsadga muvofiqdir. 
Dunyoning mutlaq ko‘pchilik mamlakatlarida bu me’yor ta’minlanmagan. 
Shu sababli kambag‘allarga yordam ko‘rsatish ijtimoiy hamjihatlikni 
ta’minlovchi vosita sifatida o‘z ahamiyatini saqlab qoladi. 
Ijtimoiy xavfsizlik iste’mol darajasi va tarkibini ham me’yorida 
bo‘lishini talab qiladi.

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling