Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet326/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish. Iste’mol xarajatlarining 
hajmi va tarkibi ko‘p jihatdan aholining asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini 
xarid qilish imkoniyatlari va mazkur mahsulotlarning narxi bilan 
chambarchas bog‘liq. 1990-yilda eng muhim oziq-ovqat mahsulotlarining 
chakana savdo tarmoqlaridagi taqchilligi aholining bu mahsulotlarni sotib 
olish imkoniyatlarini cheklab qo‘ygan edi. 1989-yilda o‘tkazilgan statistik 
tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, iste’mol bozorida aholi uchun zarur bo‘lgan 
barcha mahsulotlarning qariyb 95 foizi bo‘yicha uzilishlar bo‘lib turgan 
va bu sobiq Ittifoq hududida kundalik asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini 
aholiga kartochkalar orqali sotish tizimini joriy etishga sabab bo‘lgan edi. 
O‘zbekistonda aholi soni 1990–2010-yillar mobaynida 38,2 foiz 
oshganiga qaramasdan, jon boshiga go‘sht va go‘sht mahsulotlari iste’mol 
qilish 22,6 foizga ortdi, jumladan, sut va sut mahsulotlari 30,3 foiz, tuxum 
42,3 foiz, sabzavot 2,2 barobar, kartoshka 1,5 barobar, meva 3,6 barobar 
va shakar 1,37 barobar o‘sdi. Ayni vaqtda iste’mol tarkibi ancha sifatli 
oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘proq iste’mol qilish hisobidan o‘zgarmoqda. 
Bunda uglevodlarga boy oziq-ovqatlarni (birinchi navbatda, non va non 
mahsulotlarini) iste’mol qilishning barqarorlashgani muhim ahamiyat 
kasb etmoqda. Mustaqillik yillarida aholi tomonidan iste’mol 
qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining soni, turi o‘nlab barobar oshdi. 
7-jadval 
O‘zbekiston Respublikasida aholi jon boshiga asosiy iste’mol 
mahsulotlarining iste’mol qilinishi, kg. hisobida 
1990-
yil 
2000-
yil 
2009- 
yil 
2010-
yil 
2011
yil 
2010-yil, 
1990-
yilga 
nisbatan 
foizda 
Non va non 
mahsulotlari 
170 167 165 160 158 94,1 
Go‘sht va go‘sht 
mahsulotlari 
31 34 36 38 39 122,6 
Sut 
mahsulotlari 183 162 212 239 242 130,3 
Tuxum 
(dona) 
97 47 130 138 240 142,3 
Sabzavot, 
jumladan, poliz 
107 128 237 238 241 222,1 


 541
Kartoshka 
29 36 41 45 47 155,2 
O‘simlik yog‘i va 
boshqa 
moylar 
12 12 13 13 13 103,2 
Shakar 
12 16 16 17 18 137,5 
Meva, jumladan, 
uzum 
23 42 74 83 85 360,0 
Agar 1990-yilda iste’mol uchun zarur bo‘lgan g‘allaning 82 foizi, 
go‘sht va go‘sht mahsulotlarining 50 foizi, sut mahsulotlarining qariyb 60 
foizi, kartoshkaning 50 foizi, shakar, quruq sut va bolalar ozuqasi 100 
foiz chetdan keltirilgan bo‘lsa, hozirgi vaqtda yurtimiz ishlab chiqarishni 
rivojlantirish hisobidan aholining barcha asosiy iste’mol mahsulotlari 
bo‘yicha (shakardan tashqari) ehtiyojini deyarli to‘liq ta’minlamoqda. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling