1-mavzu. Poliz ekinlarining ahamiyati va tarqalishi. Polizchilik turlari va makonlari reja: Polizchilikning vazifalari va xususiyatlari


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana11.03.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1261324
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-Мавзу-маъруза



1-MAVZU. POLIZ EKINLARINING AHAMIYATI VA TARQALISHI. 
POLIZCHILIK TURLARI VA MAKONLARI 
Reja: 
1. Polizchilikning vazifalari va xususiyatlari. 
2. Poliz ekinlari mevalarining biokimyoviy tarkibi va ularning inson uchun 
ahamiyati. 
3. Polizchilikning tarixi va hozirgi ahvoli. 
4. Polizchilik turlari va makonlari. 
 
Tayanch iboralar: polizchilik, poliz ekinlari, poliz mevalari, qovoqdoshlar, texnik 
qovoqdoshlar, qovun, tarvuz, qovoq, shifobaxshlik xususiyatlari, poliz mevalarini 
iste’mol qilish me’yorlari, poliz ekinlari vatani, polizchilik turlari, qovunchilik 
makonlari. 
Polizchilikning vazifalari va xususiyatlari. Poliz ekinlari jumlasiga qovoqdoshlar 
(Cucurbitaceae) oilasiga mansub bir yillik oʻsimliklar kiradi. Bulardan yigʻilgan 
mevalari iste’mol qilinadigan, ovqatga ishlatiladigan tarvuz, qovun, yirik mevali
muskat qovoq va qattiq poʻstli qovoq ekiladi. Bularni sabzavot ekinlari bilangina emas, 
balki sabzavot boʻlib hisoblanadigan qovoqdoshlar oilasiga mansub boʻlgan va 
yetilmagan mevalari yoki tugunchalari koʻk holda ovqatga ishlatiladigan ekinlar 
(bodring, kabachki, patisson, tarrak, kruknek, chayot, momordika, ilonbodring, mumli 
qishki qovoq, malobar qovogʻi va boshqalar) hamda yetuk mevalaridan roʻzgʻorda 
ishlatiladigan buyumlar tayyorlash uchun xom ashyo sifatida foydalaniladigan texnik 
qovoqdoshlar (idish qovoq, qozon yuvgich yoki lyuffa) bilan adashtirish yaramaydi. 
Polizchilik deb oʻsimlikshunoslikning poliz ekinlari mahsulotini yetishtirish bilan 
shugʻullanadigan sohasiga aytiladi. Markaziy Osiyoda, ayniqsa Oʻzbekistonda keng 
rivojlangan. Shuningdek, Ukraina, Quyi Volga boʻyi, Qora dengiz va Azov dengizi 
sohillarida tarqalgan dehqonchilik va oʻsimlikshunoslikning bir tarmogʻidir. Polizchilik 
sabzavotchilikning bir yoʻnalishi boʻlmay, balki, mustaqil soha ekanligini alohida 
ta’kidlab oʻtish zarur. Sababi shuki, poliz ekinlari sabzavot ekinlaridan farq qilib, 
almashlab ekishda ishtirok etadigan alohida dalalar va ixtisoslashtirilgan polizlarga 
ekiladi. Bu ekinlar ekologik omillardan issiqlik, yorugʻlik, tuproq yumshoqligiga 
koʻproq talabchan boʻlishi bilan ajralib turadi, oziqlanish maydonlarining kattaroq 
boʻlishini talab qiladi, shunga koʻra ularni yetishtirish texnologiyasi sabzavot ekinlarini 
yetishtirish texnologiyasidan ancha farq qiladi. Poliz ekinlarining oʻziga xosligi ularni 
parvarish qilish va hosilini yigʻib olishdagi ba’zi ishlarni bir qadar qiyinlashtiradi. 
Sabzavot va boshqa qishloq xoʻjalik ekinlarini yetishtirishda qoʻllaniladigan 
mexanizasiya vositalaridan foydalanishga imkon bermaydi. 
Polizchilik oʻquv fani sifatida tarvuz, qovun va qovoqning morfologik belgilarini 
va biologik xususiyatlarini turli tuproq-iqlim va boshqa ekologik sharoitlarida, ularning 
eng koʻp tarqalgan navlarini yetishtirish texnologiyasining nazariy asoslari va amaliy 
usullarini oʻrganadi. Polizchilik ilmiy fan sifatida poliz ekinlarining bioekologik 
xususiyatlarini oʻrganib, shu ekinlarning turli navlarini yetishtirish va hosilini yigʻib 
olish texnologiyasini takomillashtiradi. Bu ekinlardan yuqori hosil olishning ilmiy 
asoslarini ishlab chiqadi, ekin mevalarini tashish, yigʻib olingandan keyin ishlash va 


saqlashning yangi usullarini, mevalarini saqlash vaqtida boʻladigan nobudgarchilikni 
kamaytirish va saqlash muddatlarini uzaytirish yoʻllarini ishlab chiqadi. 
Qishloq xoʻjaligining bir sohasi boʻlmish, polizchilikning asosiy vazifasi 
kafolatlangan hosillar olinadigan navlar va maydonlarni yaratish; aholi ehtiyojlarini, 
qayta ishlovchi sanoat talablarini qondiradigan miqdorda va mamlakat tashqarisiga 
chiqarish uchun yetarli hajmda poliz ekinlari mevalarini yetkazib berish; poliz 
mahsuloti assortimentini kengaytirish va sifatini yaxshilash; urugʻchilik va ekin 
yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish va mexanizatsiyadan toʻla foydalanish 
asosida poliz mahsuloti ishlab chiqarishga ketadigan sarf-xarajatlarni kamaytirishdan 
iboratdir. Kafolatlangan hosillar olinadigan maydonlarni yaratishda birinchi navbatda 
sugʻoriladigan yerlardan foydalanmoq kerak. Lalmikor dehqonchilik va shartli 
lalmikorlik rayonlari ham buning uchun yarayveradi. Ayni vaqtda ekinlarni 
qalinlashtirish va xoʻjaliklarni ixtisoslashtirishga muhim ahamiyat bermoq lozim. 
Polizchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni ekin maydonlarini kengaytirish yoʻli 
bilangina emas, balki, asosan, hosiddorlikni oshirish yoʻli bilan ham koʻpaytirish 
mumkin. Bunda tovar hosilli navlarni yaratish, ularni tanlab ekish, ekin yetishtirishning 
intensiv texnologiyalarini qoʻllash, polizchilikning moddiy texnika bazasini 
mustahkamlash, hosilni yigʻib-olish, tashish, saqlab qoʻyish, va savdoga chiqarishda 
nobudgarchiliklarga yoʻl qoʻymaslik muhimdir. Poliz mahsuloti assortimentini 
kengaytirish — mevasi har xil muddatlarda yetiladigan, tashqi koʻrinishi va mazasi 
jihatidan xilma-xil boʻladigan navlarni joriy etishni talab qiladi. Poliz ekinlari 
mevalarining tovar sifati yuqori boʻlishiga erishish maqsadida, eng yaxshi navlarni 
ilgʻor texnologiya boʻyicha yetishtirish, hosilni yigʻib olgandan keyin uni qayta ishlash, 
tashish va saqlash ishlarini toʻgʻri tashkil etish yoʻli bilan erishiladi. 
Poliz mahsulotini yetishtirishga ketadigan sarf-xarajatlarni kamaytirishning yoʻllari 
mehnat va boshqa resurslarni tejaydigan ilgʻor texnologiyalarni qoʻllash, 
mulkchilikning turli shakllarini joriy etish, mehnatga haq toʻlash ishlarini toʻgʻri tashkil 
etish, ekinni parvarish qilish, hosilini yigʻib olish va yigʻib olinganidan keyin unga 
ishlov berish jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalashdan iborat.
Polizchilik oldida turgan vazifalar uning oʻziga xos bir qancha xilda boʻlishini ham 
belgilab beradi. Polizchilikning bu xususiyatlari: odatdagi dala sharoitlarida ham, 
himoyalangan joylarda ham mahsulot yetishtirishga; sugʻoriladigan yerlarda ham, yarim 
sugʻoriladigan va yer osti suvlari yaqin joylashgan sugʻorilmaydigan yerlarda ham 
mahsulot yetishtirishga; oʻsimlikshunoslikning boshqa sohalarida kam uchraydigan 
agrotexnika usul-amallarini qoʻllashga (ekinni koʻchat qilib ekish, mevalarni dimlab 
yetiltirish, urugʻchi gullar sonini koʻpaytirish va boshqa usul-amallarni qoʻllashga), har 
bir ekinning kompleks bioekologik belgi va xususiyatlarga ega boʻlganligi xilma-xil 
navlarini yaratishga imkon beradi. 
Polizchilik oʻziga xos vazifalari va xususiyatlariga ega boʻlishi bilan bir qatorda, 
qishloq xoʻjaligining boshqa sohalari bilan, xususan, oʻsimlikshunoslik va chorvachilik 
bilan chambarchas bogʻlangandir. Polizchilikning oʻsimlikshunoslik bilan bogʻliqligi 
ekinlarning almashlab ekilishiga aloqadorligi; polizchilikning chorvachilik bilan 
bogʻliqligi shundaki, polizchilik qishloq xoʻjaligining bu sohasiga mollar iste’mol 
qiladigan chiqindilarni yetkazib bersa, chorvachilik polizchilikka organik oʻgʻitlarni 
yetkazib beradi. 



Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling