1-mavzu. Poliz ekinlarining ahamiyati va tarqalishi. Polizchilik turlari va makonlari reja: Polizchilikning vazifalari va xususiyatlari


Poliz ekinlarining shifobaxsh xususiyatlari


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana11.03.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1261324
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-Мавзу-маъруза

Poliz ekinlarining shifobaxsh xususiyatlari. Poliz ekinlari Markaziy Osiyo xalq 
tabobatida qadimdan juda keng qoʻllanilib keladi. Markaziy Osiyoda sil, bronxit, ya’ni 
koʻksov, revmatizm, podagra, kamqonlik kasalliklari, yurak va jigar kasalliklariga davo 
topishda qovun mevalaridan foydalanib kelingan. Bezgak kasalligida esa mayin etli 
qovun yeyish toʻgʻri kelmaydi deb hisoblangan. Davo maqsadlarida poliz mevalaridan 
iste’mol qilish zamonaviy tabobatda ham tavsiya etiladi. 
Poliz ekinlari mevalari tarkibidagi kletchatka pektin moddalari bilan birikkan holda 
boʻlib, ichak faoliyatini juda yaxshi ravonlashtirib, undan shira ishlanib chiqishini 
kuchaytiradigan "kletchatka-pektin" kompleksini hosil qiladi. Poliz ekinlari mevalarida 
boʻladigan kletchatka xolesterin moddasini organizmdan chiqib ketishini osonlashtiradi. 
Poliz mevalari tarkibida ishqor tabiatiga ega boʻlgan birikmalar koʻp boʻlgani 
tufayli, ularni iste’mol qilish natijasida toʻqima asedozi (toʻqimalarda kislotalar 
miqdorining koʻpayib ketishi) barham topib, organizmdagi xolesterin miqdori 
kamayadi. Mana shularning hammasi ateroskleroz kasalligi boshlanishiga yoʻl 
qoʻymaydi. 


Poliz ekinlari mevalarining tarkibida boʻladigan vitaminlar (tiamin - vitamin V
1

riboflavin - vitamin V
2
, nikotin kislota - vitamin RR) fermentlar tarkibiga kiradi va 
ularning biologik qimmati ovqatni hazm qilish hamda moddalar almashinuvi 
jarayonlarida ishtirok etishiga bogʻliq. Vitamin Ye organizmda karbonsuvlar bilan 
oqsillar almashinuvida ishtirok etadi. 
Poliz mevalari temir, kobalt singari mikroelementlar, shuningdek folat kislota 
manbai boʻlib, organizmda qon hosil boʻlishida muhim rol oʻynaydi. Har xil shakldagi 
kamqonlik, ya’ni anemiya kasalligiga tarvuz suvi va qovunning yaxshigina davo 
boʻlishi shunga bogʻliq. 
Poliz ekinlari mevalarini iste’mol qilib turish organizmda oʻt ishini ravonlashtiradi, 
asab tomirlarning reaktivligini rostlaydi. 
Tarvuz suvi siydik haydash xususiyatiga ega. Shu munosabat bilan siydik chiqarish 
yoʻllarining surunkali kasalliklari, shuningdek sistit, nefrit kasalliklari, buyrak-tosh 
kasalligida tarvuz suvi tavsiya etiladi, chunki u tuzlarning erib, organizmdan chiqib 
ketishiga yordam beradi. 
Tarvuz iste’mol qilib turish qandli diabet bilan ogʻrigan bemorlarga ham 
foydalidir. Jigar va yurak kasalliklarini davolashda tarvuz magniy moddasi manbai 
sifatida tavsiya etiladi, chunki surunkasiga magniy yetishmay turishi yurak 
kasalliklariga olib boradi (odamning magniyga boʻlgan sutkalik ehtiyoji 70-80 mg 
toʻgʻri keladi). 
Tarvuzni semizlikni davolashda ham ishlatsa boʻladi (kunni tarvuz yeb oʻtkazish 
tariqasida), chunki toʻqlik hissi paydo boʻlishi uchun bir talay tarvuz yeyish zarur 
boʻladi. Tarvuzning eti bilan suvi yalligʻlanishga qarshi kuchli ta’sir koʻrsatish 
xossasiga ega. 
Jigar kasalliklari va aterosklerozda qovun iste’mol qilish tavsiya etiladi. 
Qovunning asab sistemasiga tinchlantiruvchi ta’sir koʻrsatishi aniqlangan. 
Qovoq mevasi buyrak, qovuq, jigar va yurak qon-tomir tizimi kasalliklariga davo 
sifatida ishlatiladi. Qovoq mevalarining eti siydik haydaydigan va yalligʻlanishga qarshi 
ta’sir koʻrsatadigan shifo tariqasida qoʻllanilsa, qovoq urugʻlarining qaynatmasi gijja 
haydaydigan dori tariqasida ishlatiladi.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling