1-mavzu. Poliz ekinlarining ahamiyati va tarqalishi. Polizchilik turlari va makonlari reja: Polizchilikning vazifalari va xususiyatlari


Polizchilikning tarixi va hozirgi ahvoli


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana11.03.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1261324
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-Мавзу-маъруза

Polizchilikning tarixi va hozirgi ahvoli 
Poliz ekinlarining tarqalishi. Poliz ekinlari tropik, subtropik va moʻtadil iqlimli 
mamlakatlarning hammasida ekiladi. Poliz ekinlarining maydoni dunyoda 6,6 mln. 
gektarni tashkil etadi. Shularning 70 foizi tarvuz, 20 foizi qovun va 10 foizi qovoqqa 
toʻgʻri keladi. Butun jahonda yetishtiriladigan tarvuz hosili 118-120 mln. tonnani, 
qovun hosili 30-31 mln. tonnani, qovoq 14-16 mln. tonnani tashkil etadi. 
Poliz ekinlari mevalarini yetishtirib beradigan eng yirik mamlakatlar Xitoy, 
Hindiston, AQSh, Rossiya Federasiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi, Yaponiya, 
Ukrainadir, bu mamlakatlarda har yili 1 mln tonna va bundan koʻra koʻproq miqdorda 
poliz mahsulotlari yetishtirib chiqariladi. Meksika, Ispaniya, Italiyada yarim mln. tonna 
va bundan koʻra koʻproq miqdorda poliz mahsulotlari yetishtiriladi. Qozogʻiston, Misr, 
Ruminiya, Yugoslaviya, Bolgariya, Gresiya, Eron, Afgʻonistonda va Yaqin Sharq, 
Markaziy va Janubiy Amerika, Avstraliyadagi boshqa mamlakatlarda poliz ekinlari 
ekiladigan katta-katta maydonlar bor. 
Tarvuzning chiqib kelish markazlari. Tarvuz vatani – Afrikaning janubiy va 
markaziy tropik qismidir. Tarvuz shakllanib borgan va tarqalgan asosiy markaz Misr 
boʻlib hisoblanadi. Miloddan avvalgi XI asrga mansub qadimgi misrliklarning 
maqbaralarida tarvuz urugʻlari va barglarining qoldiqlari topilgan. Bundan 4 ming yil 
muqaddam tarvuzning Misrda keng ma’lum boʻlgani, eramizdan 1500 yil ilgari esa bu 
mintaqada tarvuz koʻp ekilgani tarixiy manbalarda tilga olib oʻtiladi. Miloddan avvalgi 
I-II ming yilliklarda tarvuz Misrdan Oʻrta Sharq mamlakatlariga, keyinchalik esa 
Markaziy Osiyoga tarqalib borgan. Tarvuz shakllanib chiqqan va tarqalib borgan 


ikkinchi yirik markaz Hindistondir. Hindistonda tarvuz miloddan avvalgi ikki ming 
yillikda ham ma’lum boʻlgan. Tarvuz Eron, Xitoy, Markaziy Osiyo mamlakatlariga 
Hindistondan oʻtgan. 
Janubiy va Gʻarbiy Yevropaga tarvuz Italiya va Gresiya orqali Misrdan, Sharqiy 
Yevropaga Gresiya va Armaniston orqali Kichik Osiyodan va Markaziy Osiyo orqali 
Eron hamda Hindistondan kelgan. Hozirgi vaqtda xilma-xil tarvuz navlarining 95 foizi 
Rossiya janubi, AQSh, Xitoy, Yaponiya, Kichik va Markaziy Osiyo mamlakatlarida 
jam boʻlgan. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling