1-mavzu. Poliz ekinlarining ahamiyati va tarqalishi. Polizchilik turlari va makonlari reja: Polizchilikning vazifalari va xususiyatlari
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Мавзу-маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qovoqning chiqib kelish markazlari.
Qovunning chiqib kelish markazlari. Madaniy qovun formalarining chiqib kelish
markazi Hindiston, Iroq, Afgʻoniston, Markaziy va Kichik Osiyodir. Bu mamlakatlarda hozir qovunning yarim yovvoyi turlaridan tortib, mevalari juda shirin va lazzatli boʻladigan navlari ham uchraydi. Qovunning yovvoyi turlari Nil daryosi vodiylarida, Janubiy va Markaziy Afrika savannalarida oʻsadi. Qovun toʻgʻrisida qadimgi misrliklarning maqbaralarida chala madaniy oʻsimliklarning rasmlari koʻrinishida ishlangan rasmlar bundan 3-4 ming yil ilgari paydo boʻlgan. Qovun miloddan avvalgi IV asrga mansub qadimgi qoʻlyozmalarda ham tilga olib oʻtiladi. Qovunning madaniy xillari toʻgʻrisidagi dastlabki ma’lumotlar eramizning boshlariga - I-II asrlarga toʻgʻri keladi. Markaziy Osiyoda miloddan avvalgi IV asrda ham qovun ekilgan. Qadimgi Xorazm shaharlari qazib ochilganida, madaniy qovun urugʻlari topilgan. Shuning uchun ham Xorazm qovunlarning chiqib kelish markazlaridan biri hisoblanadi. Zaxiriddin Muhammad Bobur "Boburnoma"da Fargʻona vodiysi, (Samarqand va Buxoro viloyatlarini ta’riflar ekan, qovunlari yaxshi va oʻta mazali boʻlishi, poliz boshida qovun sotmoq rasm emasligi, qovunning "Mir Temuriy" kabi navlari olamda yoʻqligini yozadi. Rumda qovun IV asrda keng tarqalgan edi. Sharqiy Yevropaga qovun ikki yoʻl bilan - Gresiyaning Qora dengizdagi mustamlakalari orqali Kichik Osiyodan va moʻgʻullar bosqinida Markaziy Osiyodan bir muncha kechroq kirib kelgan. Qovoqning chiqib kelish markazlari. Qovoqning madaniy turlari Amerikadan chiqib kelgan. Yirik mevali qovoq asli Janubiy Amerikadan chiqib kelgan boʻlsa, qattiq poʻstli qovoq Shimoliy Amerikadan, muskat qovoq esa madaniy oʻsimliklarning chiqib kelgan markazlari joylashgan Janubiy Meksika va Markaziy Amerika oʻchoqlarida paydo boʻlgan. Amerikada oʻtqazilgan arxeologik qazilmalar qovoqning madaniy xillari odamzodga miloddan avvalgi III ming yillikdayoq ma’lum boʻlganidan darak beradi. Yevropa bilan Osiyoga qovoq Amerika kashf etilganidan keyin kelib qolgan va bu qit’alarning koʻpgina mamlakatlariga keng tarqalib qolgan. Avvaliga qovoq Portugaliya, Ispaniya, Fransiyada ekilgan, XVIII asr boshlarida Angliyaga olib kelingan. Rossiyaning janubiy rayonlarida qovoq XI asrdan boshlab koʻp ekib kelinadi. Oʻsha vaqtda bu ekin Gʻarbiy Yevropada va Markaziy Osiyoda ham rasm boʻlgan. Polizchilik Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligining eng qadimgi sohalaridan biri boʻlib hisoblanadi. Poliz ekinlarini ekish bu yerda eramiz boshlanmasidan ilgariroq rasm boʻlgan. Poliz mahsulotlari, ayniqsa qovun qadim-qadimdan har qaysi oilaning tirikchiligi uchun muhim deb hisoblanadigan va aholi juda sevib iste’mol qiladigan mahsulotlarning biri boʻlib keldi. Oʻzbekiston juda ham ajoyib talaygina qovun navlarining vatanidir. Juda shirador, nihoyatda lazzatli, yaxshi saqlanadigan va tashishga chidamli boʻlganidan talaygina qattiq etli yozgi qovun navlari va xususan qovunning kuzgi va qishki navlari Oʻzbekistondan olis-olis joylarda ham mashhur boʻlib, boshqa mamlakatlarga koʻplab olib ketila boshlandi. Bu qovunlar oʻrta asrlardayoq Hindiston, Eron va boshqa mamlakatlarga olib borildi. Birinchi jahon urushi oldidan Rossiyaning Yevropa qismiga koʻp miqdorda qovun olib borilar edi. Poliz ekinlarining hosildorligi mamlakat boʻyicha olganda umuman katta emas. Poliz ekinlari hosildorligining yuqori emasligi agrotexnika tadbirlarini yuksak darajada takomillashmaganiga, ekinlarning siyrak qilib ekilishi va xoʻjaliklarning ixtisoslashmaganiga ham bogʻliqdir. Hosildorlik pastligining sabablaridan biri - ishlab chiqarish jarayonlarining sust darajada mexanizatsiyalashtirilganidadir. Tuproqqa beriladigan asosiy ishlov va uni ekish oldidan tayyorlash jarayonlarigina toʻla-toʻkis mexanizatsiyalashtirilgan. Hatto ekin ekishning oʻzi ham toʻla mexanizatsiyalashtirilgan emas. Ishlatiladigan gʻoʻza seyalkalari agrotexnika talablariga javob bermaydi, shunga koʻra koʻpgina polizkorlar ekinni qoʻlda ekishni afzal biladi. Oʻsimliklarning vegetasiya davrida tuproqqa ishlov berish jarayonlari mexanizatsiyalashtirilgan emas. Hosil qoʻlda yigʻiladi. Shu munosabat bilan mamlakatimizdagi polizchilikning dolzarb muammolaridan biri - mexanizatsiyalash darajasini oshirish, industrial texnologiyalarni joriy etishdir. Shu bilan birga, mamlakatimizning eng yaxshi navlaridan foydalanib kelayotgan ilgʻor xoʻjaliklarida yuqori agrotexnika qoʻllaniladi. Ularda kompleks mexanizatsiya joriy etilgan boʻlib, yuqori hosillar olinadi, jumladan qovun hosili gektariga 25-30 va tarvuz hosili 40-50 t/ga boradi. Bu esa poliz ekinlari hosildorligini oshirish va polizchilik sohasining rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar borligidan dalolat beradi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling