Yangi davrda Osiyda xiristianlik dinining tarqalishi Reja: I. Bob. Xiristinalik dini haqida dastlabki ma’lumotlar


Download 115.94 Kb.
bet1/6
Sana16.06.2023
Hajmi115.94 Kb.
#1497747
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Yangi davrda Osiyda xiristianlik dinining tarqalishi


Yangi davrda Osiyda xiristianlik dinining tarqalishi
Reja:
I. Bob. Xiristinalik dini haqida dastlabki ma’lumotlar.

    1. Xristianlik tarixiy dindir.

    2. Xristianlikning mohiyati

II. Bob. Yangi davrda Xiristianlik dinining sharqa tomon kengayishi.
2.1. Xitoyda Xiristianlik dinining kirib borishi missionerlik xarakati
2.2. Boshqa Osiyo mamlakatlarida Xristian dinining yoyilishi

Mazvuning dolzarblii: Menga ajratilgan mavzuni qo’limdan kelganicha yoritishga harakat qildim. Kurs ishimda Xrirstianlik dinining kelib chiqishidan to missianerlik harakatli yoritildi. Missionerlik harakatlari asosan Xitoyda juda yaxshi amalga oshirilgan. Shuningdek Janubi-Sharqiy osiyo mamlakatlariga ham bu dinning turli yo’nalishlari kirib borgan hattoki bu Markaziy Osiyo mamalakatlarini ham qamarab olgan
Markaziy Osiyo territoriyasida islomning tarqalishi davrlarida islom bilan xristianlik o’rtasidagi ziddiyatlar, kelishmovchiliklar keskinlasha boshladi. Biroq X asrgacha Samarqand, Xorazm, Toshkent viloyatlarida xristianlarning manzilgohlari bo’lgan. Hatto Beruniy yashagan davrda ham (973-1056) Marvda pravoslav metropoliyasi bo’lgan.
XIX asrning 70-yillari O’rta Osiyo mintaqasiga, pravoslavie bilan bir qatorda boshqa oqimlarning tarafdorlari ham kirib kela boshladi. Ular ortidan turli sektalarga mansub dindorlar: masalan, baptistlar, adventistlar, katoliklar va boshqalar ham paydo bo’ldi. 1879 yil 27 martda Rossiya imperatorining maxsus qonuni e’lon qilingach, bu jarayon yanada faollashdi. Rossiya armiyasi tomonidan birinchi jahon urushida asr olingan nemis, polyak, eston, shved, litvalik, latish va boshqa g’arbiy yevropalik askarlarning Turkiston o’lkasiga surgun qilinishi, ular e’tiqod qiladigan din yoki oqimning kirib kelishiga sabab bo’ldi. Bu, o’z navbatida, yevropalik asirlar orasida diniy jamoalar tuzish hamda cherkovlar paydo bo’lishiga olib keldi. Xorijliklarning bunday faoliyati asrimizning taxminan 20-30 yillariga qadar davom etdi. XX asr boshlariga kelib Turkiston general-gubernatorligida 6,03 million musulmonga 391 ming pravoslav to’g’ri kelgan yoki 5340 masjidga 306 cherkov to’g’ri kelgan. Bundan tashqari e’tiqod jihatidan 10,1 ming pravoslav oqimiga mansub bo’lgan staroobryadchilar, 8,2 ming lyuteranlar, 7,8 ming katoliklar, 17,1 mingga yaqin boshqa oqimlarga mansub dindorlar va 26 ming yahudiy diniga mansub edilar.
Pravoslav yo’nalishi O’zbekiston hududiga Rossiya orqali kirib kelgan. 1871 yil 4 mayda Rossiya imperatori tomonidan Toshkentda Turkiston (hozirgi vaqtda O’rta Osiyo va Toshkent) yeparxiyasini ochishga qaror qilindi.
1880-yillarga kelib, Rus pravoslav cherkovi (RPCH) o’zining yangi ibodatxonalari sonini ko’paytirishga harakat qildi. Ularning aksariyati Sirdaryo va Farg’ona viloyatlarida qurildi.
1916 yil 16 dekabrda imperator buyrug’i bilan Turkiston kafedral sobori Vernыydan (hozirgi Almati) Toshkent shahriga ko’chirildi.
Cherkovlar soni 1930-yillarga qadar O’zbekiston hududida O’rta Osiyo mintaqasining boshqa hududlariga nisbatan ko’p edi. 1920-40-yillarda O’rta Osiyo va Qozog’istonda xristian diniga mansub turli etnik guruhlar ko’payib bordi. Ikkinchi jahon urushi va undan so’ng O’zbekistonga Rossiya, Ukraina, Belorusiya, Moldova va Boltiqbo’yi mamlakatlaridan ko’plab aholi evakuatsiya qilindi, pravoslaviega e’tiqod qiluvchi aholining soni taxminan 1 millionga yetdi.
1990 yil 20 iyuldan O’rta Osiyo va Toshkent yeparxiyasi yepiskop sifatida, 1991 yil 23 fevraldan e’tiboran arxiepiskop Vasiliy Zaxarovich Ikim (ruhoniylik ismi – Vladimir) rahbarligida boshqarib kelinmoqda. Uning tasarrufiga O’zbekistondan tashqari Qirg’iziston, Tojikiston va Turkmanistondagi rus pravoslav cherkovlari kiradi. Rus pravoslav cherkovining O’rta Osiyo va Toshkent yeparxiyasi O’zbekistonning 11 ta hududiy tuzilmasida o’zining ibodatxonalari va markaziy boshqaruv organi hamda diniy o’quv yurtiga ega.
Xristianlikning O’zbekistonda tarqalgan oqimlaridan biri katolitsizmdir. Ayrim ma’lumotlarga ko’ra, XIX asr oxirlarida Toshkentda 2300 ga yaqin katoliklar bo’lgan. O’sha vaqtda rim katoliklari jamoalariga Yustin Pranaytis rahbarlik qilgan. Toshkentda birinchi katolik cherkovi 1912 yilda qurila boshlanib, 1917 yilda bitkazilgan. Hozirgi kunda bu bino tarixiy obida sifatida qayta ta’mirlandi.
Kurs ishining maqsad va vaziflari: Osiyoda xiristinlik dini qachon kirib kelgan qaysi sabab orqali kimning davrida kirib kelgan missionerlik harkatlari va uning oqibatlari hozirgi kunga kelib qancha Osiyo mamlakatlari bud inga e’tiqot qilytapti mana shu haqida yirik tarix yoritiladi.

Download 115.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling