534
5.1. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan
o‘rtacha iqtisodiy ko‘rsatkichlar
Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga tadrijiy yo‘l bilan izchil va
bosqichma-bosqich o‘tish, mamlakatda siyosiy va makroiqtisodiy
barqarorlik, O‘zbekiston uchun o‘tish davri iqtisodiyoti
qiyinchiliklarini
boshidan kechirayotgan boshqa barcha sobiq Ittifoq davlatlaridan ko‘ra
ishlab chiqarishning halokatli tarzda orqaga ketishi oqibatlarini tezroq
bartaraf etish va 90-yillarning o‘rtalaridayoq iqtisodiy o‘sish hamda aholi
turmush darajasini oshirishni qayta tiklash imkonini berdi.
Yirik ishlab chiqaruvchilarning barqaror faoliyat ko‘rsatishi uchun
qulay iqtisodiy sharoitlarning yaratilishi,
hukumat tomonidan kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun ishchanlik muhitini
kuchaytirish bo‘yicha aniq maqsadga qaratilgan chora-tadbirlarning
ko‘rilishi iqtisodiyot tarmoqlarining jadal o‘sishiga asos bo‘ldi.
O‘zbekistonda bosqichma-bosqich va ijtimoiy yo‘naltirilgan
tarzda
amalga oshirilayotgan iqtisodiy o‘zgarishlarning samarasi, avvalo, aholi
jon boshiga o‘rtacha to‘g‘ri keladigan ko‘rsatkichlar va xalq turmush
darajasining muntazam oshib borayotganida yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Aholi jon boshiga o‘rtacha to‘g‘ri keladigan YAIM,
xarid qobiliyati
pariteti (XQP) asosida hisoblaganda, 1990-yilda 1328
dollarni, 2000-yilda
14312 dollarni, 2010-yilda esa 3271 dollarni tashkil etdi. Shunday qilib,
O‘zbekistonda o‘tgan asrning 90 yillaridayoq bu muhim ko‘rsatkich
bo‘yicha islohotlargacha bo‘lgan darajadan ham yuqori natijaga erishildi.
2010-yilda esa bu boradagi o‘sish 1990-yilga nisbatan 2,5 barobar oshdi.
4-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: