Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet318/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. Ɇɚɦɥɚɤɚɬɢɦɢɡɞɚ ɞɟɦɨɤɪɚɬɢɤ ɢɫɥɨԟɨɬɥɚɪɧɢ ɹɧɚɞɚ ɱɭԕɭɪ-
ɥɚɲɬɢɪɢɲ ɜɚ ɮɭԕɚɪɨɥɢɤ ɠɚɦɢɹɬɢɧɢ ɪɢɜɨɠɥɚɧɬɢɪɢɲ ɤɨɧɰɟɩɰɢɹɫɢ. – Ɍ.: 
«ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ», 2010. – Ȼ. 5.


 528
BMTning kambag‘allikni qisqartirish yo‘llari haqidagi bahslarida 
rivojlanayotgan mamlakatlar hukumatlariga mamlakatlarining eng zarur 
ehtiyojlaridan kelib chiquvchi milliy siyosatini ishlab chiqishga keng 
imkoniyatlar yaratishga chaqirdi. Kambag‘allik mamlakatlarning milliy 
xavfsizligiga tahdid solayotganligini e’tiborga olib, xalqaro tashkilotlar 
kambag‘allikni qisqartirishning rivojlanayotgan mamlakatlar uchun 
ko‘proq ijtimoiy samara beradigan, milliy xususiyatga ega bo‘lgan 
ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarini ishlab chiqish zarurligini yanada ko‘proq 
qayd etmoqdalar. 
Kambag‘allikni qisqartirish XX asrning 90-yillari o‘rtalaridan 
boshlab rivojlanayotgan mamlakatlarga xalqaro yordam ko‘rsatish 
dasturining bosh maqsadiga aylandi. Bunga qator muhim hodisalar sabab 
bo‘ldi. Jumladan, 1995-yilda Ijtimoiy taraqqiyot bo‘yicha xalqaro forum 
o‘tkazilib, unda 186 ta davlat vakillari kambag‘allikni qisqartirish 
yuzasidan hamkorlik qilishga qaror qildilar. Shundan so‘ng 1997–2006-
yillar «BMTning kambag‘allikni yo‘q qilishning birinchi o‘n yilligi» deb 
e’lon qilindi. 1998-yilda esa rivojlanishning xalqaro maqsadlari aniqlanib, 
2015-yilga kelib kambag‘allikni ikki marotaba qisqartirish asos sifatida 
belgilandi. 
Xalqaro tashkilotlar, imtiyozli kreditlar berish va qarz yukini bekor 
qilish yo‘lidan bormoqda. Xalqaro hujjatlar Kambag‘allikni qisqartirish 
strategiyasi (KQS) nomini oldi. XVF va Jahon banki rivojlanayotgan 
mamlakatlar KQS borasida iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy hayotidagi 
islohotlarni faol o‘tkazishni tavsiya etadi. KQS rivojlanayotgan 
mamlakatlarga xalqaro moliya institutlari tomonidan imtiyozli kreditlar 
berishning asosiy hujjati hisoblanib, aniq mamlakatda yuz berayotgan 
siyosiy va institutsional o‘zgarishlarni inobatga olgan holda yordamning 
hajmi va tarkibini aniqlaydi. 
Biroq KQSni rivojlanayotgan mamlakatlarda qo‘llash tajribasi shuni 
ko‘rsatmoqdaki, bu kambag‘allikni qisqartirishning ijobiy natijalari 
haqida yagona xulosa chiqarish imkonini bermaydi. Xalqaro ekspertlar bu 
borada yangi, o‘ta samarali yondashuvlar zarurligi haqida gapirmoq-
dalar. Jumladan, BMTning Taraqqiyot dasturi rivojlantirish siyosati 
byurosi iqtisodchisi Terri Makkinli
1
so‘nggi yillarda KQSni tayyorlash 
uchun yetarli shart-sharoitlar shakllanganini va shu bilan birga 
rivojlanayotgan mamlakatlarda neoliberalizmning ortodoksal tavsiyalari 
(masalan, qattiq fiskal va monetar siyosat o‘tkazish keng ko‘lamdagi 
1
ɗɤɨɥɨɝɢɱɟɫɤɨɟ ɨɛɨɡɪɟɧɢɟ – 2004. – ʋ 12.


 529
xususiylashtirish va liberallashtirish) qo‘llanilayotganligi qator salbiy 
oqibatlarga olib kelganini ko‘rsatadi. 
Shuningdek, XVF va Jahon banki ekspertlari ham qarama-qarshi 
fikrlarini bildirmoqdalar
1
. Bir tomondan, KQS g‘oyasini keng qo‘llab-
quvvatlashni taklif qilmoqdalar. Ikkinchi tomondan, «donor mamlakatlar 
KQS va uni muvaffaqiyatli amalga oshirish kabi yondashuvlarini 
yaxshilashga o‘tkir ehtiyoj mavjudligini» tan oladilar. Jumladan, 
donorlarning milliy yerda faqat moliyaviy emas, balki texnikaviy 
yordamni kuchaytirish zarurligi ta’kidlamoqdalar.
Ammo asosiy sabab sifatida rivojlanayotgan mamlakatlarning 
institutsional zaifligidan kelib chiqqan holda, XVF va Jahon banki
quyidagilarni ko‘rsatadi: 
– milliy hukumatlarning bayon qilingan maqsadlarga yetarli 
ahamiyat bermaganligi; 
– davlat xarajatlarini boshqaruv zaif ekanligi
– KQS mahalliy institutlarning ma’muriy qobiliyati bilan 
bog‘lashning murakkabligi; 
– milliy hukumatlar tomonidan maqsad va vazifalar ustuvorligining 
aniqlanmaganligi; 
– maqsadlar va real imkoniyatlar o‘rtasidagi muvofiqlik (balans)ni 
topa olmaslik. 
Ayni paytda kambag‘allikni qisqartirish strategiyasi (KQS) 5 ta 
prinsipga asoslanishi talab qilinadi: 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling