Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet308/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

2. Daromadlar tizimi 
Daromadlar davlat, korxona (firma), xonadon (oila) darajasida 
mavjud bo‘ladi. Daromadlar ishlab chiqarish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. 
Shuningdek, daromadlarning shakllanishida iqtisodiy subyektlar iqtisodiy 
va noiqtisodiy omillar ta’siriga uchrashi mumkinligini ham inobatga olish 
kerak. Daromadlar taqsimot munosabatlarining yakuni deb hisoblanadi. 
Bozor iqtisodiyoti daromadlarning tabaqalashuvini obyektiv voqelikka 
aylantiradi. Daromadlar shakllanishida tengsizlik yuz beradi, lekin ushbu 
tengsizlik adolatli bo‘lishi kerak.
Daromadlar tizimi bozor tizimining bir qismi hisoblanadi. 
Daromadlar takror ishlab chiqarish yoki iqtisodiy aylanishi jihatidan 
qaralganda taqsimlash jarayonining nihoyasidir. Daromad munosabat 
obyekti sifatida pul yoki moddiy shaklga ega bo‘ladi. Daromadlarni 
o‘zlashtirishda nafaqat xonadon, firma va davlat ishtirok etadi, bulardan 
tashqari iqtisodiy faol bo‘lmagan aholi guruhlari ham subyekt sifatida 
ishtirok etadi. Daromadlar tizimi quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi 
(1-chizmaga qarang): 


 510
1-chizma 
Daromadlar taqsimot qonuniga ko‘ra shakllanadi. U daromad 
tizimiga kiradi. Daromadlarni shakllantirishda ma’lum iqtisodiy institutlar 
qatnashadi, ular ham davlat, ham nodavlat institutlari hisoblanadi, ular 
faoliyati daromadlarni tartiblaydi va bu ijtimoiy adolat bo‘lishini 
ta’minlashga qaratilgan bo‘ladi. Bular ham daromad tizimiga kiradi. 
Daromadlar tizimiga daromad siyosati ham kiradi, bu daromadlarni 
hosil etish va sarflashga taalluqli sa’y-harakatlar va amaliy chora-
tadbirlardan iborat. Bu siyosatni faqat davlat emas, balki firma va 
xonadonlar ham qo‘llaydi. 
Hozirgi iqtisodiyot nazariyasida tizimli yondashuv metodologiyasi 
ustuvorlikka ega. Bu iqtisodiyotni yirik va kichik tizimlarga, tizimlarni 
esa turli elementlarga ajratish, ularning o‘zaro aloqalarini aniqlash, tizim 
hosil etuvchi xususiyatlarni belgilashni talab qiladi. Shu jihatdan 
qaraganda daromadlarni taqsimot hosilasi sifatida kichik tizimga ajratib 
o‘rganish maqsadga muvofiqligini ayrim olimlar ta’kidlagan
1
.
1
Qarang: ΢ɚɫɚɧɨɜ Ɋ. Ɋ. Ⱥԟɨɥɢ ɞɚɪɨɦɚɞɥɚɪɢ ɜɚ ɬɭɪɦɭɲ ɞɚɪɚɠɚɫɢ: ȸԕɭɜ-
ɭɫɥɭɛɢɣ ԕʆɥɥɚɧɦɚ. – Ɍ., 2008. – Ȼ. 12.
Daromadlar tizimi 
Daromad 
obyekti 
Daromad 
subyekti 
Daromadning 
shakllanish 
mexanizmi 
Daromadni 
taqsimlash 
institutlari 
Daromad 
siyosati 
Pul
M
ahs
ulot 
Xonadon
Firma
Davlat
Ko‘p bos
qic
h
li ta
qs
imot
Da
vla
t ins
titutla
ri
Noda
vla
t ins
titutla
ri
Davlat s
iyos
ati
F
ir
m
a si
yosat

Xonadon s
iyos
ati


 511

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling