Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Mavzu yuzasidan asosiy xulosalar


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet305/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Mavzu yuzasidan asosiy xulosalar: 
1. O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab qishloq 
xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasi aniq va ravshan belgilab olindi. Mazkur 
strategiya zamirida qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish, paxta 
yakkahokimligiga barham berish, yurtimiz aholisini oziq-ovqat mahsulotlari, 


 506
birinchi navbatda, g‘alla bilan ta’minlash, oziq-ovqat mustaqilligiga erishish 
vazifalari belgilandi. 
2. Agrar islohotlar hamma joyda bozor munosabatlarini joriy qilish va 
xususiy mulk shaklini rivojlantirishga qaratildi.
3. O‘zbekistonda agrar sohadagi islohotlar natijasida xususiy fermer 
xo‘jaliklari shakllandi. Zarar ko‘rib ishlayotgan va samarasi past xo‘jaliklar 
tugatildi. Ularning yerlari uzoq muddatli ijaraga, xususiy fermer xo‘jaliklariga 
umrbod meros huquqi bilan berildi. 
4. Agrar sohadagi islohotlar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida sezilarli 
ijobiy o‘zgarishlarga olib keldi. Ishlab chiqarish hajmi o‘sdi. Qishloq xo‘jaligi 
ekinlari hosildorligi va chorva mahsuldorligining oshishiga erishildi. 
Yerlarning meliorativ holati yaxshilandi. 
17-MAVZU. AHOLI DAROMADLARI VA DAVLATNING 
IJTIMOIY SIYOSATI 
1. Daromadlarning iqtisodiy mazmuni 
Prezidentimiz Islom Karimovning ta’kidlashicha, «odamlarning 
dasturxonida, oilaviy ahvolida, ro‘zg‘or tebratishida, umuman, kundalik 
hayotida ijobiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmasa, bu aholining haqli 
e’tirozi va noroziligiga olib kelishi tabiiy hol»
1
. Buni hal etish zarurati 
bozor iqtisodiyotining ijtimoiy jihatlarini o‘rganish, daromadlar va 
turmush darajasini atroflicha tahlil etishni talab qiladi. Davlatimiz 
rahbarining yangi hayotni eskicha qarash bilan qurib bo‘lmaydi, degan 
fikridan kelib chiqqan holda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq 
eskicha qarashlardan xoli bo‘lgan ijtimoiy yo‘nalishni rivojlantirishga 
qaratilgan konsepsiya ishlab chiqildi va uning asosida turmush darajasini 
yanada yuksaltirishga e’tibor qaratildi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish birlamchi ahamiyat 
kasb etsa-da, uning natijasi daromad foyda shaklida bozorda yuzaga 
chiqadi, chunki bozor qoidalari resurslar sarfi samarasiga ko‘ra 
daromadlarga ega bo‘lishni ta’minlaydi. Demak, aholi turmush 
1
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. əɧɝɢ ԟɚɺɬɧɢ ɷɫɤɢɱɚ ԕɚɪɚɲ ɜɚ ɺɧɞɚɲɭɜɥɚɪ ɛɢɥɚɧ ԕɭɪɢɛ
ɛʆɥɦɚɣɞɢ // ɏɚɥԕ ɫʆɡɢ. – 2005. – 17 ɮɟɜɪ.


 507
darajasining yuksalishi bozor qoidalari orqali topiladigan daromadlarga 
bog‘liq bo‘lib qoladi. Shuning uchun bozor tizimining ijtimoiy mo‘ljali, 
daromadlar, ularga ta’sir etuvchi omillar va turmush darajasining 
tabaqalanishi masalalari dolzarb ahamiyat kasb etadi. 
Daromadlar cheklangan resurslarni naqadar samarali ishlatish 
darajasiga bog‘liq bo‘lsa-da, daromadning o‘zi mazmunan iqtisodiy 
manfaatni anglatadi. Darhaqiqat, iqtisodiy subyektlarning manfaati 
daromadlarda mujassamlanadi. Shu bois daromadga ega bo‘lish uchun 
mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bugungi kunda 
davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Chunki mulk egalari iqtisodiy 
munosabatlarga kirishib, o‘z manfaatlarini himoya qilishga intiladi. 
Iqtisodiy adabiyotlarda daromad rag‘batlantiruvchi iqtisodiy mazmunga 
ega bo‘ladi. Daromad boylik manbai, boylik esa o‘rtacha mulkdorlar 
sinfining shakllanishida moddiy zamin tayyorlaydi. Mulk insonlarni 
iqtisodiy faollikka undaydi.

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling