504
2009-yilda bu boradagi ishlar yangi bosqichga ko‘tarilib, yurtimiz
bo‘yicha jami 1 ming 957 ta maktab qurilgan
va rekonstruksiya qilingan
bo‘lsa, ularning 1 ming 622 tasi aynan qishloq joylarda ekani diqqatga
sazovordir. Shular qatorida 2009-yilda barpo etilgan 214 ta akademik
lisey va kasb-hunar kollejining 170 tasi qishloq
tumanlarimizda bunyod
etilgani va rekonstruksiya qilinganini ta’kidlash lozim. Aynan qishloq
joylardagi ana shu bilim dargohlarini qurish, rekonstruksiya qilish,
ta’mirlash va jihozlash uchun jami 895 milliard so‘m mablag‘ sarflandi.
«Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» dasturi o‘z ko‘lami,
ahamiyati va mohiyati bilan bugungi kunimiz va ertangi kelajagimizning
nafaqat moddiy tomonlarini, ayni paytda madaniy va ma’naviy
saviyamizni
oshirish,
muxtasar aytganda, butun hayotimizni
yuksaltirishga qaratilgan bo‘lib, hech shubhasiz, mamlakatimiz tarixida
munosib o‘rin egallashi muqarrar.
Tayanch tushunchalar:
Agar munosabatlar, qishloq xo‘jaligi, yerga egalik qilish, yerdan
foydalanish huquqi, fermer, fermer xo‘jaligi, fermerlik harakati, agrobiznes,
yer islohoti, renta, diferensial renta, absolut renta, agrosanoat intergatsiyasi.
Savol va topshiriqlar:
1. Bozor munosabatlari agrar tizimga nimalarni kiritadi?
2. Yerning boshqa resurslardan qanday farqi bor?
3. Renta munosabati deganda nimani tushunasiz?
4. Absolut rentaning differensial rentadan farqini tushuntiring.
5. Differensial rentaning hosil bo‘lish mexanizmi qanday?
6. Nima sababdan monopol renta yo‘qolib ketishi mumkin?
7. Ijara haqining tarkibi qanday?
8. Qishloqlarning qiyofasi deganda nimani tushunasiz? Uni o‘zgartirish
nimalarni taqozo etadi?
9. Mamlakatimizda qishloq aholisining turmush sharoitini zamon
talablariga moslashtirish borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
10. Qishloq infratuzilmasi nima? 2012-yilda uni rivojlantirish borasida
qanday natijalarga erishildi?
11. Yer unumdorligini oshirish, uning meliorativ holatini yaxshilash
borasida erishilgan natijalarni izohlang.
12.
Qishloq joylarda xizmat ko‘rsatish va servis shoxobchalari
faoliyatining ahamiyati qanday?
13. Qishloqda turmush madaniyati va sifatini
oshirish borasida qanday
ishlar amalga oshirilayotgani to‘g‘risida gapiring.