Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


O‘zbekistonda agrosanoat kompleksi


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet300/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

O‘zbekistonda agrosanoat kompleksi. 
Xo‘sh, hozirgi O‘zbekistonda ASK muammolari nimalardan iborat? 
Ma’lumki, qishloq xo‘jaligining asosini quyidagilar tashkil qiladi: 
– yer; 
moddiy-texnik baza
– kadrlar. 
Ta’kidlash muhimki, ushbu tarkibiy qismlarning barchasiga 
O‘zbekistonda alohida e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimiz hududining 
asosiy qismida «paxta yakkahokimligi» natijasida ekin ekiladigan 
yerlarning haydaladigan qatlamida gumus muvozanati salbiydir. Qishloq 
xo‘jalik yerlarining agroekologik holati yomonlashdi, tuproq unumdorligi 
pasaydi, tuproqlarning boniteti qisqardi. Davlatning agrar ishlab 
chiqarishni tartibga solish bilan shug‘ullangani bois, ASKni budjetdan 
moliyalashtirish so‘nggi yillarda oshib bormoqda. 
«Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» Davlat dasturi doirasida 
amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar. 2009-yilda tasdiqlan-
gan «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» Davlat dasturi qishloqda 
turmush darajasini yuksaltirishga, qishloqlarimiz qiyofasini o‘zgartirishga 
qaratilgan uzoq muddatli va bir-biri bilan chambarchas bog‘liq keng 
ko‘lamli chora-tadbirlarni amalga oshirish, ijtimoiy soha va ishlab 
chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishni jadallashtirish, mulkdorning, 
tadbirkorlik va kichik biznesning maqomi, o‘rni va ahamiyatini tubdan 
qayta ko‘rib chiqish, fermer xo‘jaliklari rivojini har tomonlama qo‘llab-
quvvatlashga qaratilgan. 
Darhaqiqat, mamlakatimizda qishloqlarimiz qiyofasini o‘zgartirish, 
agrosanoat majmuida olib borilayotgan islohotlarni chuqurlashtirish, 
qishloq aholisining hayot darajasi, ijtimoiy-siyosiy va madaniy saviyasini 
oshirish mustaqillikning birinchi yillaridan boshlab e’tiborimiz markazida 
bo‘lib kelayotgan ustuvor masala hisoblanadi. Shunga ko‘ra, 2009-yil 
yurtimizda «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» deb nomlanib, bu 
borada maxsus davlat dasturi qabul qilingan edi. Prezident Islom Karimov 
2009-yilning 5-dekabridagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 
qabul qilinganligining 17 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi 
ma’ruzasida mazkur dastur doirasida amalga oshirilgan ishlar va 
erishilgan natijalar to‘g‘risida batafsil to‘xtab o‘tdi.
Ma’lumki, «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» Davlat dasturi 
105 ta bandni o‘z ichiga oluvchi 9 ta bo‘limdan iborat (7-jadval).


 501
7-jadval 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling