Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet302/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Ikkinchidan, dasturda belgilangan vazifalar orasida qishloqlarimizda 
turmush sharoitini, uning sifatini tubdan yuksaltirish bo‘yicha kompleks 
chora-tadbirlarni amalga oshirish prinsipial muhim va hal qiluvchi 
ahamiyat kasb etadi. Buning uchun qishloq aholi punktlarini me’moriy 


 502
jihatdan loyihalashtirish va qurish ishlarini tashkil etish tizimini tubdan 
qayta ko‘rib chiqish lozim. Hududlarning me’moriy-loyihaviy qurilishi 
bosh rejalari ishlab chiqilishini ta’minlash, mintaqalarning iqlimi, 
demografik holati va boshqa shart-sharoitlarini hisobga olgan holda, 
qishloq uylari va ijtimoiy inshootlarning unifikatsiya qilingan namunaviy 
loyihalarini tayyorlash darkor.
Bu vazifalarni bajarish uchun maxsus «Qishloq qurilish loyiha» 
tadqiqot instituti tashkil etildi. 
Uchinchidan, dasturning asosiy vazifasi – qishloqda sanoat ishlab 
chiqarishi va qurilishni jadal rivojlantirish, meva-sabzavot va chorva 
mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy texnika hamda 
texnologiyalar bilan jihozlangan ixcham korxonalarni tashkil etish chora-
tadbirlarini amalga oshirishdan iborat.
To‘rtinchidan, 
2008–2012-yillarda sug‘oriladigan yerlarning 
meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturida ko‘zda tutilgan chora-
tadbirlar tizimining izchil amalga oshirilishiga, ya’ni ekin maydonlarining 
meliorativ ahvolini yaxshilash, faoliyat ko‘rsatayotgan irrigatsiya-
melioratsiya obyektlarining tegishli texnik holatini ta’minlash, 
ixtisoslashgan suv xo‘jaligi, qurilish va ekspluatatsiya tashkilotlarining 
moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy texnika bilan 
jihozlash masalalariga alohida e’tibor qaratish darkor. 
Qishloq xo‘jaligidagi islohotlarni chuqurlashtirish, sohaning moddiy-
texnik bazasini mustahkamlash, eng muhimi, qishloq xo‘jaligi 
iqtisodiyotini yuksaltirish, yurtimizni obod etish yo‘lida tobora hal 
qiluvchi kuchga aylanib borayotgan fermerlik harakatining samarasini 
yanada oshirish maqsadida yirik ko‘lamdagi ishlar amalga oshirilmoqda. 
Ayniqsa, «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» dasturi doirasida erning 
unumdorligini oshirish, uning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha ham 
salmoqli natijalarga erishildi. Jumladan, dastur doirasida 10 ming 
kilometrdan ortiq zovurlar, salkam 1000 kilometrlik drenaj tarmoqlarini 
ta’mirlash va tiklash ishlari bajarildi, 250 ta drenaj quduqlar, 15 ta 
melioratsiya nasos stansiyalari va inshootlari qurildi hamda ko‘plab suv 
inshootlari rekonstruksiya qilindi, 50 kilometr uzunlikdagi yangi kanallar 
va boshqa ob’ektlar qurilishi yakuniga etkazildi. O‘tgan yili yerlarning 
meliorativ holatini yaxshilashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish 
uchun 130 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
Natijada 240 ming gektardan ortiq sug‘oriladigan yerlarning 
meliorativ holati yaxshilandi va bu qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligini, 
fermer xo‘jaliklarining daromadini oshirish imkonini beradi. Shuni 


 503
ta’kidlash kerakki, mamlakatimizda ushbu yo‘nalishdagi ulkan loyihalarni 
amalga oshirishda Osiyo Taraqqiyot banki va Jahon banki, Islom 
taraqqiyot banki, Xitoy Xalq Respublikasi, Janubiy Koreya va bir qator 
arab mamlakatlarining moliya institutlari tomonidan ajratilgan sarmoyalar 
katta hissa bo‘lib qo‘shildi. 
Qishloq joylarda xizmat ko‘rsatish shoxobchalari va muassa-
salarining faoliyati, servis xizmati tobora rivojlanib bormoqda. E’tiborli 
jihati, an’anaviy maishiy xizmatlar bilan bir qatorda zamonaviy 
telekommunikasiya tizimlari, xususan, internet, uyali aloqa, kompyuterda 
turli xizmatlar ko‘rsatishni o‘z ichiga oladigan yangi servis shoxobchalari 
jadal rivojlanmoqda va aholiga xizmat qilmoqda.
Yuqoridagi chizmadan ko‘rinadiki, bu masalalarning barchasi inson 
salomatligi bilan bog‘liq. Bu borada 2009-yilda respublikamizdagi barcha 
tumanlarning markaziy shifoxonalari umumiy qiymati 12 million dollar 
bo‘lgan tibbiy anjomlar, 44 ta «UAZ» sanitariya mashinasi, 280 ta 
«Damas-ambulans» tez yordam mashinasi bilan ta’minlandi, qishloq 
vrachlik punktlariga 1 million dollar miqdorida tibbiy laboratoriya 
anjomlari etkazib berildi. 
Yil davomida 3 million 750 ming nafar qishloq aholisi malakali 
tibbiy ko‘rikdan, 22 ming nafardan ziyod homilador ayol maxsus skrining 
tekshiruvidan o‘tkazildi, 400 ming nafar bemor shifoxonalarda davolanib, 
o‘z salomatligini mustahkamladi. 
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi va Maktab ta’limini rivojlantirish 
umummilliy davlat dasturi doirasida olis qishloq va ovullarda ham yagona 
namunaviy loyiha va mezonlar asosida lisey va kollejlar, maktablar 
qurildi. Buning natijasida barcha qishloq bolalarining zamonaviy bilim 
va kasb-hunarlarga ega bo‘lishi, eng muhimi, ularning mamlakatimizdagi 
oliy o‘quv yurtlariga kirib ta’lim olishiga munosib sharoitlar yaratildi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling