Elektr va magnit kattaliklar birliklarining o‘lchovlari
Download 32.64 Kb.
|
Документ Microsoft Word
Elektr va magnit kattaliklar birliklarining o‘lchovlari Qabul qilingan birliklar tizimiga muvofiq o‘lchashning texnik ta’minoti sifatida o‘lchovlardan foydalaniladi. Aniqligiga, ishlatilishiga ko‘ra o‘lchovlar etalon, namunaviy va ishchi o‘lchovlarga bo‘linadi. Fizik kattalik birligini yuqori aniqlik bilan qaytara oladigan va uni saqlash uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositasi birlik etaloni deyiladi. Vakolat berilgan milliy organning qarori bilan u yoki bu davlat hududiga o‘lchov birligining o‘lchami sifatida e’tirof etilgan etalon davlat etaloni deb ataladi. Namunaviy o‘lchovlar ishchi o‘lchovlarini va o‘lchash asboblarini qiyoslash (ishonchlash) uchun ishlatiladi. Ba’zi bir o‘lchashlarda namunaviy o‘lchovlar bevosita qo‘llaniladi. Ishchi o‘lchovlar bir xil kattaliklardagi qator o‘lchamlarni takror ko‘rsatish uchun ko‘p hollarda ko‘p qiymatli qilib yasaladi. Elektr kattaliklarning o‘lchovi sifatida elektr yurituvchi kuch (e.yu.k.) elektr qarshiligi, induktivligi va o‘zaro induktivligi hamda sig‘im o‘lchovi qo‘llaniladi. Magnit kattaliklarning o‘lchovi sifatida esa magnit oqimi, magnit maydon kuchlanganligi va magnit induksiya o‘lchovlaridan foydalaniladi. E.yu.k.ning namunaviy va ishchi o‘lchovlari sifatida normal elementlar xizmat qiladi, u juda barqaror qiymatli e.yu.k. hosil qiluvchi galvanik elementdan iborat. Normal elementlar to‘yingan va to‘yinmagan holda yasaladi, ular bir-biridan konstruksiyasi va hosil qiluvchi e.yu.k.ning barqarorligi darajasi bilan farq qiladi. Тo‘yingan normal element (1.1- rasm) H simon idishning bitta shisha trubkasiga musbat elektrod vazifasini o‘tovchi simob (2) quyilgan. Ikkinchi trubkaning tagida manfiy elektrod (3) vazifasini o‘tovchi kadmiyning simobdagi eritmasi bor. Simob ustiga simob sulfat oksidi va kadmiy sulfat aralashmasidan iborat pasta (1) qatlami joylashtirilgan. Simob (2) sulfat oksidi depolyarizator, ya’ni qutblanish hodisasini qaytarish vazifasini o‘taydi. Idishning yuqori qismiga kadmiy sulfatning to‘yingan eritmasi (5) quyiladi. Eritmaning to‘yinishini ta’minlash uchun elektrodlar ustidan kadmiy sulfatning kristallari (4) joylashtirilgan. Bu
Тo‘yingan normal elementning harorati 20°C bo‘lganda, e.yu.k. (1,0185 – 1,087 V oraliqda bo‘lishi va bir yil vaqt ichida 5 mkV dan o‘zgarmasligi lozim. Bu elementlar 0,0005, 0,0012, 0,002 va 0,005 aniqlik klasslari bo‘yicha ishlab chiqariladi. Тo‘yingan normal elementlarning ichki qarshiligi 500 – 1000 Om ni tashkil etadi. Тo‘yinmagan elementlarning aniqlik klassi 0,002 dan oshmaydi, 20°C haroratdagi e.yu.k. 1,0186 – 1,0194 V oralig‘ida ichki qarshiligi 600 Om gacha bo‘ladi. Bir yil vaqt mobaynida elementning e.yu.k.i 20 mkV gacha o‘zgarishi mumkin. Тo‘yinmagan elementlarning aniqlik klassi yuqori bo‘lmasa-da, ularda e.yu.k.ning haroratga bog‘liqligi juda kam. Bu turdagi normal elementlar ko‘chma o‘lchash qurilmalarida ishlatiladi. Elementlarni silkinish, to‘ntarilish, quyosh nuri, isituvchi va boshqa qurilmalar ta’siridan saqlash lozim. Ulardan o‘tayotgan ishchi tok miqdori 1 mkA dan ortmasligi kerak. Bu kabi omillar elementning e.yu.k.ini o‘zgartirishi yoki uni ishdan chiqarishi mumkin. So‘nggi yillarda e.yu.k.ning ishchi o‘lchovlari sifatida o‘zgarmas kuchlanish kompensatsion mo‘tadillagichlari keng ishlatilmoqda. Bu qurilmalarda mo‘tadillovchi element sifatida kremniy stabilitron – diod qo‘llaniladi. Kompensatsion mo‘tadillagichlar 0,001% °C ga teng bo‘lgan harorat koeffitsiyenti bilan katta yuklama toklarida ham kuchlanish mo‘tadilligini ta’minlash imkonini beradi. Download 32.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling