Elektr va magnit kattaliklar birliklarining o‘lchovlari
Induktivlik va o‘zaro induktivlikning namunaviy hamda ishchi o‘lchovlari
Download 32.64 Kb.
|
Документ Microsoft Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sig‘imning namunaviy va ishchi o‘lchovlari sifatida
Induktivlik va o‘zaro induktivlikning namunaviy hamda ishchi o‘lchovlari xuddi qarshilik o‘lchovlari kabi ayrim g‘altaklar ko‘rinishida yoki magazinlar ko‘rinishida yasalishi mumkin. Ularga qo‘yiladigan asosiy talablar – induktivlikning vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmasligi, aktiv qarshiligining kichik bo‘lishi hamda induktivlik qiymatining undan o‘tayotgan tok qiymatiga va atrof-muhit haroratiga bog‘liq emasligidir. Shuning uchun ham chulg‘am izolyatsion materialdan (odatda, chinnidan) yasalgan karkasga o‘raladi. Induktivlik va o‘zaro induktivlik o‘lchovlarining sifati g‘altakning aslligi Q ga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi (Q =L/R).
Induktivlik o‘lchovlari 0,0001, 0,001, 0,01, 0,1 va 1,0 Gn ga teng bo‘lgan nominal qiymatlarda ishlab chiqariladi. O‘zaro induktivlikning namunaviy o‘lchovlari bitta umumiy karkasda joylashtirilgan ikkita chulg‘amdan iborat bo‘lib, ikkita juft qismaga ega. O‘zgaruvchan induktivlik va o‘zaro induktivlikning namunaviy hamda ishchi o‘lchovlari sifatida variometrlar qo‘llaniladi. Variometrlar – har biri o‘zgarmas qiymatli induktivlikka ega va biri ikkinchisiga nisbatan qo‘zg‘aluvchan bo‘lgan ikkita g‘altak ko‘rinishidagi qurilmadir. O‘zgaruvchan induktivlik – g‘altaklarning to‘plami ko‘rinishida, shuningdek, induktivlik magazinlar ko‘rinishida yasalishi ham mumkin. Induktivlik va o‘zaro indukti v g‘altaklar chastotasi 10 kGs gacha bo‘lgan o‘zgaruvchan tok zanjirlarida ishlatish uchun mo‘ljallangan. Sig‘imning namunaviy va ishchi o‘lchovlari sifatida o‘zgarmas va o‘zgaruvchan sig‘imli havo yoki boshqa turdagi dielektrikli (slyuda) kondensatorlar xizmat qiladi. Sig‘im o‘lchovlariga qo‘yiladigan asosiy talablar – chastota va haroratning o‘zgarishi hamda vaqt o‘tishi natijasida sig‘imning kam o‘zgarishi, dielektrik isrofni tavsiflovchi isrof burchagi tangensining kichikligi, izolyatsiya qarshiligining kattaligi va bardoshliligidir. Bu talablarga ko‘p jihatdan havo dielektrikli kondensatorlar javob bersa-da, sig‘im qiymatining kichikligi tufayli geometrik o‘lchamlari nisbatan katta bo‘ladi. Slyuda dielektrikli kondensatorlarda bo‘ladi. Alohida sig‘im o‘lchovlari bilan bir qatorda sig‘im magazinlari ham ishlatiladi. Bu magazinlar yordamida 0,0001...1000 mkF oralig‘idagi sig‘imlarni olish mumkin. Download 32.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling