Magnit oqimining ishchi o‘lchovlari sifatida aktiv qarshiligi, induktivligi va o‘ramlararo sig‘imi kichik bo‘lgan o‘zaro induktiv g‘altaklar ishlatiladi. O‘zRSТ 8.030-92 ga muvofiq bu o‘lchovning qiymati 0,01 Vb qilib belgilangan.
Magnit maydon kuchlanganligining namunaviy va ishchi o‘lchovlari tokli induktiv g‘altaklar ko‘rinishida yasaladi. O‘zRSТ 8.097-73 ga ko‘ra ushbu o‘lchamlarning nominal qiymatlari 0,01...30 MGs chastota diapazonida 210–3 dan 0,510–5 A/m gacha qilib belgilangan.
Magnit induksiyasining namunaviy va ishchi o‘lchovlari kvars karkasga o‘ralgan induktiv g‘altak bo‘lib, u toki 1 A bo‘lgan zanjirga ulanadi. Bu o‘lchovlar 10–10 dan 510–2 Тl gacha bo‘lgan magnit induksiyasini 0,0005 foizgacha bo‘lgan xatolik bilan hosil qilish uchun qo‘llaniladi.
Elektr va magnit kattaliklari o‘lchovlarining asosiy parametri bo‘lib ularning nominal va haqiqiy qiymatlari xizmat qiladi. O‘lchovning pasportida keltirilgan qiymati nominal, aniq o‘lchash sharoitidagi qiymati esa uning haqiqiy qiymatlari deb ataladi. Xatoliklarining qiymatlariga qarab o‘lchovlar aniqlik klasslariga bo‘linadi. O‘lchovlarning aniqlik klasslari ularning umumlashgan tavsifi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |