Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti energo mexanika fakulteti
Download 0.58 Mb.
|
1 2
Bog'liqRele amaliy mustaqil ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUSTAQIL ISHINI BAJARISH UCHUN METODIK QO ‘LLANMA Almashtirish sxemasini tuzish va qisqa tutashuv (QT) toklarini hisoblash
NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI ENERGO MEXANIKA FAKULTETI “ELEKTR ENERGETIKASI” KAFEDRASI RELE HIMOYASI VA AVTOMATIKASI fanidan Mustaqil ishi Navoiy 2023y MUSTAQIL ISHINI BAJARISH UCHUN METODIK QO‘LLANMA Almashtirish sxemasini tuzish va qisqa tutashuv (QT) toklarini hisoblash Rele himoyasining asosiy vazifasi elektr tizimning elementlarini o‘chirgichlar yordamida avtomatik o‘chirish, bundan tashqari ulardagi nonormal rejimlarni aniqlash hisoblanadi. Eng xavfli shikastlanishning ko‘rinishi bu qisqa tutashuv hisoblanadi. SHuning uchun kurs ishini bajarishda avvalo berilgan tarmoqning barcha elementlaridagi qisqa tutashuv tokining maksimal va minimal qiymatlarini aniqlashdan boshlash kerak. Qisqa tutashuv tokining maksimal qiymati himoyaning tanlovchanligini tekshirish uchun, minimal qiymati esa uning sezgirligini baholash uchun kerak. QT tokining maksimal qiymati agar barcha ta’minlash manbalari qo‘shilgan bo‘lgandagi o‘rniga ega bo‘lsa, minimal qiymati esa ularning sonining minimal mumkin bo‘lgani hisoblanadi. QT toki kattaligining haqiqiy qiymatiga har bir alohida birlashmaning tarmoq konfiguratsiyasi, ularning elementlarini qarshiligi va hisob uchun qabul qilingan sxema ta’sir ko‘rsatadi. SHuning uchun tahlil yo‘li bilan qaysi ko‘rinishdagi sxemada himoya qilinayotgan elementdan oqib o‘tadigan QT tokining maksimal qiymatini aniqlash kerak. Masalan, agar ikkita parallel liniya (transformator) mavjud bo‘lsa va ikkala liniya (transformator) qo‘shilgan bo‘lsa, podstansiyaning shinasidagi qisqa tutashishgan joyida QT toki maksimal bo‘ladi. QT tokining kattaligi QT turiga va to‘g‘ri, teskari va nol ketma - ketlik qarshiliklarning o‘zaro munosabatiga bog‘liq. CHeksiz quvvatli ta’minot manbali va neytrali izolyasiyalangan tarmoqlarda tokning maksimal qiymati uch fazali QT ga, minimali qiymati esa ikki fazali QT ga javob beradi. Kuchlanishi 35 - 0,4 kV li elektr ta’minoti tarmog‘ining almashtirish sxemasi tuzilayotganda liniyaning aktiv va reaktiv qarshiliklarini hisobga olish kerak, chunki aktiv qarshilikni hisobga olmaslik faqat r < 1/3x bo‘lgan hollarda ruxsat etiladi. Qarshiliklarning qiymatlarini bazis shartlarga keltirilgan nisbiy birliklarda ifodalash maqsadga muvofiqdir. Buning uchun bazis quvvat Sb va transformatsiyaning barcha bosqichi uchun bazis kuchlanishlarni berish yetarli, bazis kuchlanishlar sifatida o‘rtacha nominal kuchlanishlarni qabul qilish kerak, bular 115; 37; 10,5; 6,3; 3,15; 0,4 kV. U holda, tarmoqning asosiy elementlarini hisobiy ifodasi qarshiliklarning to‘g‘ri tashkil etuvchisi uchun quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: transformatorlar uchun , (1) bu yerda, - transformator qisqa tutashuv kuchlanishining aktiv tashkil etuvchisi, %; - transformator qisqa tutashuv kuchlanishining reaktiv tashkil etuvchisi, %; – qisqa tutashuv kuchlanishi, %. liniya uchun (2) bu yerda va – berilgan markali liniya uchun 1 km ga to‘g‘ri keladigan induktiv va aktiv qarshiliklari, Om/km; – liniyaning uzunligi, km; – liniyaning o‘rtacha nominal kuchlanishiga to‘g‘ri keladigan bazis kuchlanish; reaktor uchun (3) bu yerda – reaktorning induktiv qarshiligi; – reaktorning nominal toki. cheksiz quvvatli sistema uchun (4) bu yerda, Sqt - ta’minlanadigan podstansiyaning shinasidagi QT quvvati. Yuqorida keltirilgan munosabatlarga asoslanib tarmoqning ekvivalent alashtirish sxemasi tuziladi, shundan keyin QT ning hisobiy nuqtalari beriladi. Qoidaga asosan, hisobiy nuqtalar sifatida taqsimlovchi qurilmalaming shinalari qabul qilinadi. Bir vaqtning o‘zida yuqorida keltirilgan munosabatlarni hisobga olgan holda, hisobiy sxemaning har bir QT nuqtasi uchun tarmoqning barcha maksimal va minimal QT toklari hisoblanadi. Barcha hisobiy sxemalarda ularning ularning tartib nomerlarini ko‘rsatgan holda tushuntirirsh xatida keltirilishi kerak. Masalan: 1 rasm Ushbu kurs ishida QT toklarining hisobiy qiymatlari uch fazali metallik qisqa tutashuvdagi davriy tashkil etuvchisining o‘rnatilgan qiymati kabi aniqlanadi. QT toki qiymatlarini QT nuqtalaridagi bazis kuchlanishga keltirish maqsadga muvofiq. Ushbu shartni hisobga olgan holda, bundan tashqari tarmoqning ekvivalent EYUK sini taxminan 1 ga teng deb, QT nuqtasi uchun uch fazali QT tokini quyidagi ifoda orqali topish mumkin: (5) bu yerda - bazis kuchlanishga to‘g‘ri keladigan bazis tok. EYuK dan j QT joyigacha bo‘lgan oraliqning yig‘indi qarshiligi (bazis nisbiy birlikda). Uch fazali QT tokidan foydalangan holda, ikki fazali QT tokini qiymatini aniqlash mumkin: (6) Hisoblash natijalari tok qaysi hisobiy sxemalar va kuchlanishlarga keltirilgan bo‘lsa uni ko‘rsatgan holda jadvalga kiritiladi. 1.1-jadval
Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling