Elektr va magnit kattaliklar birliklarining o‘lchovlari


Download 32.64 Kb.
bet2/4
Sana21.02.2023
Hajmi32.64 Kb.
#1218102
1   2   3   4
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Elektr tokining o‘lchovi bo‘lib, massa o‘lchovi bilan tokli o‘tkazgichlarning o‘zaro ta’sir kuchi muvozanatlashadigan tokli tarozi xizmat qiladi. Ma’lumki, tok kuchining birligi amper bo‘lib, bu tok vakuumda joylashgan va cheksiz uzunlikka ega hamda bir-biridan o‘zaro 1 metr masofada bo‘lgan ikkita ingichka o‘tkazgichdan o‘tganda, ular o‘rtasida har metr uzunlikda 210–7 H kuch hosil bo‘ladi. Elektr qarshiligining namunaviy va ishchi o‘lchovlari g‘altaklar ko‘rinishida yasaladi. Ko‘p qiymatli o‘lchovlarda bir necha g‘altaklar birgalikda qarshiliklar magazinini hosil qiladi. G‘altaklar, asosan, manganin (mis, marganes, nikel, aluminiy va teller qorishmasi simi yoki tasmasidan o‘ralgan) bo‘lib, u katta solishtirma qarshilikka (0,45 Om mm2/m), kichik harorat koeffitsiyentiga (10–5 0 °C) ega va mis bilan birikkanda juda oz (1°C da 2 mkV) termo e.yu.k. yuzaga keladi.
Qarshilikning o‘lchovlari O‘zRSТga ko‘ra R = 10nOm ga teng qiyma-tida yasaladi, bunda n–5 dan +10 gacha bo‘lgan butun son. Atrofdagi havo harorati 20°C bo‘lganda, g‘altak qarshiligining haqiqiy qiymati uning nominal qiymatidan eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan o‘zgarishga qarab o‘lchash g‘altaklari 0,001, 0,002, 0,005, 0,01, 0,02, 0,05, 0,1 va 0,2 aniqlik klassiga bo‘linadi.


1.2- rasm

Qarshilikli g‘altakning shartli belgisi va ekvivalent sxemasi 1.2- rasmda keltirilgan. O‘tish qarshiliklarining ta’sirini kamaytirish maqsadida qiymati 104 Om dan kichik bo‘lgan o‘lchovlar to‘rt qisqichli qilib yasaladi. Ikkita 1–1 qisqich g‘altakning tok zanjiriga ulash uchun (1.2- a rasm) xizmat qiladi va tok qisqichlar deb ataladi, boshqa ikkitasi (2–2 qisqichlar) esa g‘altakdagi kuchlanish pasayishini o‘lchash uchun (1.2- b rasm) xizmat qiladi va potensial qisqichlar deb ataladi. O‘lchovning ekvivalent sxemasidan ko‘rinib turibdiki, g‘altak chulg‘ami faqat aktiv qarshilik R ga ega bo‘lmay, balki induktivlik L va o‘ram orasida shuntlovchi sig‘im C ga ham ega. O‘zgaruvchan tok zanjirida g‘altak reaktiv elementlarining tok qiymatiga ta’siri vaqt doimiysi bilan tavsiflanadi. Bu doimiy ifoda bilan aniqlanadi. Vaqt doimiysi qancha kichik bo‘lsa, g‘altakning sifati shuncha yuqori bo‘ladi. Shu maqsadda g‘altak chulg‘amlari sodda bifilyar, ya’ni simni ikki buklab o‘rash, ikki qavatli ketma-ket – bifilyar o‘ramli (qarshiligi 100-300 Om gacha bo‘lgan o‘lchovlarda) va parallel – bifilyar o‘ramli (yuqori Om li o‘lchovlarda) usulda yasaladi.



Download 32.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling