Mavzuni chuqur o‘rganish instrumentariysi
Agrar munosabatlar – bu yerga egalik qilish, uni tasarruf etish va undan
foydalanish bilan bog‘liq ravishda vujudga keladigan iqtisodiy
munosabatlardir. Agrar munosabatlar qishloq xo‘jaligida takror ishlab
chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlarini ifodalaydi.
Yerga egalik qilish – tarixan tarkib topgan an’analar yoki qonuniy asosda
belgilangan tartibda yerga egalik huquqining tan olinishini bildiradi.
Yerdan foydalanish huquqi – bu o‘rnatilgan urf-odatlar, udumlarga
ko‘ra yoki qonuniy tartibda ularning doimiy va muddatli foydalanish uchun
berilishini bildiradi.
Ijara munosabatlari – yerdan haq to‘lash sharti bilan ma’lum muddatda
foydalanish yuzasidan kelib chiqadigan iqtisodiy aloqalar.
Renta – yerdan foydalanganlik uchun uning egasiga to‘lanadigan haq.
Renta – yerga bo‘lgan mulkning iqtisodiy sivilizatsiyasi, ya’ni amalga
oshishi.
Absolut renta – yer uchastkalarining sifatidan qat’i nazar, yer mulk
bo‘lgani uchun uning egalari oladigan renta.
Differensial (tabaqalashgan) renta – yerning sifatiga qarab olinadigan
va rentaning absolut rentadan ortiqcha bo‘lgan qismi.
Differensial renta I – tuproqning tabiiy hosildorligiga va yer
uchastkasining joylashuviga qarab olinadigan renta.
Differensial renta II – tuproqning iqtisodiy hosildorligi natijasi bo‘lib,
yerga qo‘shimcha mablag‘ sarflab, unga ishlov berish orqali hosildorlikni
oshirish natijasida olingan renta.
Monopol renta – alohida tabiiy-iqlim sharoitiga ega bo‘lgan, o‘ta noyob
mahsulot yetishtiradigan yer uchun uning egasiga to‘lanadigan renta. Faqat ana
shunday yerlarda kamyob mahsulotlar (masalan, choy, kofe, sitrus o‘simliklari
mevasi, maxsus yog‘och – qizil yog‘och) yetishtiriladi.
Agrobiznes deganda, qishloq xo‘jaligi sohasidagi biznes (tadbirkorlik)
tushuniladi va u bozor tizimining tarkibiy qismlaridan birini tashkil etadi.
Melioratsiya – yerning unumdorligini tubdan yaxshilashga qaratilgan
tashkiliy-xo‘jalik, muhandislik va agrotexnik tadbirlar turkumi.
Do'stlaringiz bilan baham: |