Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
mutaxassislarining malakasini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar
bajarilmoqda. Bu boradagi faoliyat suv resurslari taqchilligi kabi muammoni yengib o‘tishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish, ulardan oqilona foydalanish qishloq xo‘jaligining izchil rivojlanishi va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash barobarida odamlarning salomatligini, atrof-muhit muhofazasini yaxshilashga, ekologik barqarorlikni saqlashga ko‘maklashadi. Mazkur taqchillikni yengib o‘tishda, fuqarolik jamiyatini ushbu jarayonga jalb etishda ko‘rib chiqilayotgan mavzuga bevosita aloqador bo‘lgan qonunlarni, masalan, O‘zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunini amalga oshirish jarayoni bo‘yicha jamoatchilik tinglovi muhim ahamiyatga ega. Bunday tinglovlar Oliy Majlis Senati, davlat va jamoatchilik tuzilmalari rahbarlari, olimlar, ekologlar, suv muammolari bo‘yicha mutaxassislar ishtirokida o‘tkaziladi. Ma’lumki, suv resurslarini barqaror boshqarishni ta’minlash bevosita yerdan foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi muammolarning hal qilinishi bilan bog‘liq. Shu sababli yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan sohalarga oid qonunchilikning yanada takomillashtirilishi, yangi qonun loyihalarining jamoatchilik ekspertizasi, agromadaniyatni yanada oshirish bugungi kunning muhim talabidir. Ushbu ishlarda nafaqat davlat tashkilotlari, balki jamoat tashkilotlari, iqtisodiy tuzilmalar va fuqarolar 495 ham ishtirok etishi zarur. Fuqarolik jamiyati institutlari va xo‘jalik boshqaruvi organlarining amaliy hamkorligiga, Ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va «O‘zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasining «Qoraqalpo- g‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumani Uchsoy qo‘rg‘oni aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlash» qo‘shma loyihasi yaqqol misol bo‘la oladi. Loyiha Mo‘ynoq–Uchquduq suv quvuri qurilishini yakunlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, shu maqsadda temirbeton rezervuarlar o‘rnatiladi, nasos stansiyasi, markaziy suv quvuri va xo‘jaliklararo suv quvurlari quriladi. Ma’lumki, Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini ko‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturida ularning barqaror faoliyatini ta’minlash, eksport salohiyatini oshirish, o‘z mahsulotlarini ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha ko‘zda tutilgan qo‘shimcha choralar ichki manbalar hisobidan mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun ishonchli zaxiralarni shakllantirish imkonini beradi. Bu esa jahon bozorlarida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi oshishi sharoitida alohida muhim ahamiyat kasb etadi. O‘z navbatida, bular vatanparvarlik tarbiyasini kuchaytirish va aholining, ayniqsa, yoshlarning iqtisodiy madaniyatini oshirish bo‘yicha yangi, qo‘shimcha majburiyatlarni keltirib chiqaradi. 2007-yilning fevralida Toshkent shahrida bir qator jamoat tashkilotlari tomonidan uyushtirilgan «Qishloq xo‘jaligi tadqiqotlarini ming yillik rivojlanish maqsadlariga erishishga qayta yo‘naltirish: xalqaro va mintaqaviy tajriba» mavzuidagi xalqaro ekoforumda deklaratsiya qabul qilindi. Undan oziq-ovqat xavfsizligi, o‘rimdan keyingi ishlov berish texnologiyasi, foydani oshirish uchun qo‘shimcha qiymatni yaratish, ekinlarning hosildorligini oshirish, kompleks dehqonchilik yondashuv- larini ishlab chiqish, qishloq xo‘jaligi aylanmasida Orol dengizining qurigan o‘zanidan foydalanish maqsadida tadqiqotlar olib borish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha tavsiyalar o‘rin olgan. Bunga, shuningdek, qimmatli genetik resurslarni saqlash, tabiiy resurslardan ekologik samarali foydalanish, mintaqaviy va xalqaro miqyoslarda ijtimoiy-iqtisodiy ilmiy tadqiqotlar olib borish va hamkorlik kabi masalalar kiritilgan. Bular O‘zbekistonda yaratilgan ekologik harakat vazifalari hisoblanadi. «Qishloq xo‘jaligida islohotlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan bosh maqsad odamlarda yerga egalik, mulkchilik hissini shakllantirish orqali xalqimizning farovonligini yanada oshirishdan iborat», – deb ta’kidladi davlatimiz rahbari «Uzbekistan Agriminitech Expo» ko‘rgazmasiga tashrif buyurgan chog‘da. – Zero, moddiy manfaatdorlik odamlarni yangi tashabbuslarga va yutuqlarga rag‘batlantiradi. Ko‘rgazma savdo davomida 496 zamonaviy texnika va texnologiyalarni xarid qiluvchi fermerlarimiz shuni nazarda tutishlari zarurki, ular sarflagan har bir so‘m ertaga o‘n baravar foyda keltirishi zarur». Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling