Moliyaviy rejalashtirishda korxonalar moliyaviy hisobotining roli


Download 451.26 Kb.
Sana14.02.2023
Hajmi451.26 Kb.
#1196162
Bog'liq
Moliyaviy rejalashtirishda korxonalar moliyaviy hisobitining roli


Moliyaviy rejalashtirishda korxonalar moliyaviy hisobotining roli
Jahon amaliyoti keskin raqobat sharoitida har bir korxona oldiga nafaqat bugungi kunda, balki istiqbolda ham bozordagi o‘rnini saqlab qolish hamda kengaytirishni shart qilib qo‘ymoqda. Bunda global iqtisodiyotdagi tebranishlar yangi istiqbolli loyihalar ustida ishlash, loyihalarni moliyaviy ta’minlash imkoniyatlarini baholash va tegishli choralar ko‘rish, investitsiya faoliyatidan kutilayotgan natijadorlikni ta’minlash, moliyaviy ta’minot va investitsion faoliyatni rejalashtirishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy risklarni oldindan ko‘ra bilish kabilarni shart qilib qo‘ymoqda va bu jihatlar bevosita korxonalarda moliyaviy qarorlar qabul qilish amaliyoti bilan bog‘liq bo‘lib qolmoqda
“Jahon bankining istiqboldagi biznes muhiti, moliyaviy strategiyalar borasida qator hisobotlarida ham bevosita moliyaviy qarorlar qabul qilish bilan bog‘liq jihatlarga jiddiy e’tibor qaratilgan” [1]. Shuningdek, “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan ayrim davlatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan moliyaviy rejalashtirish bo‘yicha assotsiatsiyalar maqsadi ham korxonalar va mamlakatning moliyaviyiqtisodiy taraqqiyotiga xizmat qiladi” [2]. Bunda asosiy e’tibor jahon bozoridagi o‘zgarishlarni oldindan baholash orqali moliyaviy rejalarni har tomonlama asosli tuzish va to‘g’ri moliyaviy qarorlarni qabul qilishga qaratiladi.
Xalqaro amaliyotda korxonalar faoliyatida moliyaviy qarorlar qabul qilishga doir ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ilmiy izlanishlarda jahon bozori kon’yukturasidagi o‘zgarishlar, bugungi kundagi biznes muhiti, raqobatning milliy doiradan jahon darajasiga chiqqanligi asosida o‘rta va uzoq muddatli moliyaviy rejalashtirish, strategik moliyaviy tahlil va strategik rejalashtirishda ta’sir etuvchi omillarni oldindan baholash kabilarga alohida e’tibor qaratilgan
Garchi bu borada atroflicha tadqiqotlar amalga oshirilayotgan bo‘lsada, raqamli iqtisodiyotning keng doirada turli sohalarga kirib borishi, jahon bozoridagi keskin o‘zgarishlar moliyaviy rejalashtirish borasida atroflicha tahlillar asosida moliyaviy qarorlar qabul qilishni talab qilmoqda. Bu jihat o‘z-o‘zidan milliy va xalqaro darajada kompleks tadqiqotlar olib borish orqali moliyaviy rejalashtirish amaliyotini samarali tashkil etishni shart qilib qo‘ymoqda
Mamlakatimizda korxonalar faoliyatini rivojlantirishga, istiqbolda jahon bozorida mustahkam o‘rin egallashiga erishishda korporativ moliyaviy strategiyaning to‘g‘ri belgilanishi, strategik va joriy moliyaviy rejalarning o‘z vaqtida to‘liq amalga oshirilishi alohida ahamiyat kasb etishidan kelib chiqqan holda moliyaviy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, makrodarajada moliyaviy ko‘rsatkichlar prognozlarini oldindan belgilash, soliq qonunchiligi barqarorligini ta’minlash, soliq yukini pasaytirish kabilarga ham jiddiy e’tibor qaratilmoqda.
Avvalo korporativ moliya strategiyasi mohiyatiga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu borada izlanishlar olib borgan olimlardan Rossiyalik iqtisodchi olim I.A.Lisovskaya “Kompaniya moliyaviy strategiyasini korxonalar moliyaviy rivojlanishiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni neytrallashtirish va korxonaning real imkoniyatlarini boshqarib borish vositasi sifatida izohlaydi”
Yana bir iqtisodchi olim N.V.Bobkov tomonidan esa moliyaviy strategiya tushunchasi kengaytirilgan ma’noda va qat’iy yo‘naltirilgan ma’noda ochib berilgan. Ya’ni, bunda qat’iy yo‘naltirilgan moliyaviy strategiya oldinga qo‘yilgan moliyaviy natijaga erishish uchun moliyaviy faoliyatni tashkil etishning aniq maqsad va vazifalari tizimini o‘zida aks ettiradi. Moliyaviy strategiyaning kengaytirilgan ma’nosi esa moliyaviy strategiyani bevosita boshqa funktsional strategiyalar (investitsion, marketing, ishlab chiqarish va boshqalar) bilan o‘zaro bog‘liqlikda ekanligi bilan izohlanadi [4]. Mazkur jihatlar korporativ moliya strategiyasiga ham bevosita daxldordir
Shuningdek, iqtisodchi olim I.A.Blank tomonidan “Moliyaviy strategiya korxonaning muhim funktsional strategiyalaridan biri bo‘lib, tashqi vositalar o‘zgaruvchanligi sharoitida uzoq muddatli moliyaviy maqsadlarni shakllantirish, ular muvaffaqiyatini ta’minlashning eng samarali yo‘llarini tanlash, moliyaviy resurslarni shakllantirish va ulardan foydalanish yo‘nalishlarini korrektirovka qilish yo‘lida moliyaviy faoliyat va moliyaviy munosabatlarni rivojlantirishning barcha asosiy yo‘nalishlarini ta’minlashni o‘zida aks ettiradi” [5], deya izohlanadi.
Korxona operatsion faoliyati bazaviy strategiyalarini hisobga olish printsipi esa o‘z navbatida xo‘jalik sub’ektlari o‘z moliyaviy-xo‘jalik faoliyatlarida ustuvorlik kasb etuvchi asosiy faoliyat sohalari yuzasidan belgilangan moliyaviy strategiyalarga tayanish lozimligini o‘zida ifodalaydi
Shu boisdan xo‘jalik sub’ektlari moliyaviy strategiyasi doirasida belgilangan aniq maqsadli ko‘rsatkichlar va asosiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha moliyaviy ko‘rsatkichlar bilan o‘zaro uzviy bog‘liq holda belgilanishini taqozo etadi. Aynan bazaviy moliyaviy strategiyalarga tayanish xo‘jalik sub’ektlari moliyaviy strategiyasining ham asosli bo‘lishigi ham xizmat qiladi va istiqbolda amalga oshirish imkoniyatlarini oshiradi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download 451.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling