Iqtisodiyot fakultiteti makroiqtisodiyot kafedrasi


Download 71.89 Kb.
bet1/9
Sana20.12.2022
Hajmi71.89 Kb.
#1037218
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Moliya bozori va investitsiya (mustaqil ish)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK
NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
IQTISODIYOT FAKULTITETI
MAKROIQTISODIYOT KAFEDRASI


Moliya bozori va investitsiyalar
Musaqil ishi


Mavzu:Moliyaviy rejalashtirishning ahamiyati
Bajardi: (5520100) Ijtimoiy ish (pensiya ta’minoti) 3-kurs
talabasi Shodiyeva Shahnoza
Qabul qildi: dots. G’ofurov O
Toshkent-2022
MUNDARIJA:
Kirish......................................................................................................



  1. MOLIYAVIY REJALASHTIRISHNING AHAMIYATI VA VAZIFALAR

  2. MOLIYAVIY REJALASHTIRISHDA KORXONALAR MOLIYAVIY HISOBOTINING RO’LI, SAMARALI YO’NALISHLARI

  3. MOLIYAVIY REJALASHTIRISH USULLARI

Xulosa…...………………………………………………………………………………………….


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…….………………………………………

KIRISH
Mustaqil ishi mvzusining dolzarbligi. Moliyaviy rejalashtiruvchilar o'zlarining bilim va tajribalarini shaxs yoki firmaning hayot rejasini aniqlash orqali moliyaviy rejalashtirish jarayoniga yordam berish uchun ishlatadilar. Moliyaviy rejalashtiruvchining asosiy maqsadi mijozlarga moliyaviy rejalashtirish ehtiyojlarini, hozirgi maqsadlarini va moliyaviy ehtiyojlarini qondirishga yordam beradigan investitsiya dasturlarini tan olishda yordam berishdir. Natijada, moliyaviy rejalashtiruvchi moliyaviy rejalashtirish uchun zarur bo'lgan keng ko'lamli vositalar va mahsulotlarni to'liq tushunadi. Biroq, ularning asosiy vazifasi mijozlarga o'ziga xos ehtiyojlari uchun eng yaxshi mahsulotni tanlashda yordam berishdir.
Har qanday ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish tizimining asosiy bosqichlaridan biri rejalashtirishdir. Iqtisodiy adabiyotlarda, eng umumiy shaklda, rejalashtirish istiqbolga yo’naltirilgan qarorlarni qabul qilish bo’yicha faoliyat deb talqin qilinadi.
“Rejalashtirish” tushunchasining ma’no va mazmunini yanada umumiyroq bo’lgan va xo’jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini muvofiqlashtirishning ob’yektiv zarurligi va imkoniyatini anglatuvchi “rejalilik” orqali aniqlash mumkin. Haqiqatdan ham rejalashtirish amaliyotda reja-lilikni amalga oshirishni, ya’ni balanslilik (muvoza- natlilik) va mutanosiblikka erishish bo’yicha ongli fao-liyatni bildiradi. Shu ma’noda, moliyaviy resurslarning balansliligini (muvozanatini) va prorportsionalliligini (mutanosibligini) ta’minlashga qaratilgan faoliyatga moliyaviy rejalashtirish deyiladi.
Bunda balanslilik (muvozanatlilik) davlatning ixti-yorida bo’lgan moliyaviy resurslar va xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning ixtiyorida qolgan daromadlar o’rtasidagi optimal nisbatni bildiradi. Proportsionallik (mutano-siblik) esa korxonalar, xo’jalik tarmoqlari, mintaqalar va davlat sub’yektlari bo’yicha daromadlarning soliq to’lan-guncha va soliq to’langandan keyingi miqdorlari o’rtasidagi oqilona nisbatdan iborat. Ana shu nisbatni ko’paytirish yoki kamaytirish orqali davlat ularning rivojlanishini rag’batlantirish yoki cheklab qo’yishi mumkin.
Umumiy va oddiy ko’rinishda, moliyaviy rejalashtirish deyilganda moliyaviy rejalarni tuzish va amalga oshirish jarayoni nazarda tutiladi. Moliyaviy rejani, xuddi uni ishlab chiqish, yaratish yoki tuzish jarayoni kabi moliyaviy ko’rsatkichlarni ijodiy tahlil qilish, umumlashtirish va o’zaro bog’lash tizimi sifatida tushunish kerak. Amaliyotda tez-tez foydalaniladigan rejalashtirish ma’lumotlarini, masalan, korxona faoliyatining shakliy modelini ishlab chiqish va shu asosda moliyaviy ko’rsatkichlarning rejali tizimini aniqlashni, moliyaviy rejalashtirishning ishchi sxemasi sifatida qarash mumkin.

Download 71.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling