Iqtisodiyot fakultiteti makroiqtisodiyot kafedrasi


Mustaqil ishining maqsadi


Download 71.89 Kb.
bet2/9
Sana20.12.2022
Hajmi71.89 Kb.
#1037218
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Moliya bozori va investitsiya (mustaqil ish)

Mustaqil ishining maqsadi; Mamlakatimizda rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tishning ilk bosqichida ayrim iqtisodchilar tomonidan iqtisodiyotda rejalashtirishning (shu jumladan, moliyaviy rejalashtirishning) rolini butunlay inkor etish hodisalari ham yuz berdi. Bu olimlar o’z fikrlarini bozor iqtisodiyotining rejali iqtisodiyotdan tub farq qilishi, undagi munosabatlar rejalash-tirilmasdan, balki aksincha, stixiyali ravishda vujudga kelishi va h.k.lar bilan izohlashga harakat qilishdi. Shu boisdan ham o’sha davrda nashr etilgan ayrim darslik va o’quv qo’llanmalarida rejalashtirish (shu jumladan, moliyaviy rejalashtirish) masalalariga o’rin berilmadi. Ushbu darslik mualliflarining fikricha, bozor iqtisodiyotining, eng avvalo, talab va taklifga asoslanishi tegishli iqtisodiy jarayonlarni rejalashtirishdan mutlaqo voz kechilishini anglatmaydi. Aksincha, bozor iqtisodiyotida ham rejalashtirish (shu jumladan, moliyaviy rejalashtirish ham) yangicha ma’no va mazmun kasb etib, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqaruv tizimining muhim bo’lagi bo’lib qolaveradi. Shuni nazarda tutish kerakki, moliyaviy rejalashtirish jarayonida u yoki bu sub’-ekt faoliyat ko’rsatishi moliyaviy ta’minlanishining hayotiychanligini oshiruvchi noshakliy omillar inobatga olinishi kerak. “Moliyaviy rejalashtirish” tushunchasi o’z ichiga quyida-gilarni oladi:
    • taraqqiyotning asosiy tendentsiyalarini aniqlash va moliyaviy tahlil qilish;


    • jalb qilingan mablag’lar va vaqtincha bo’sh turgan mab-lag’larni sarflash (joylashtirish) menejmenti;


    • firma ichidagi moliyaviy natijalar va pullarni reja-lashtirish, hisobga olish va nazorat qilish texnologiyasi;


    • investitsion menejment;


    • kapitallar menejmenti;


    • faoliyatning boshqa ko’rinishlari (trast, faktoring, lizing va boshqalar).



Mustaqil ishning amaliy ahamiyati. Mustaqil ishi jarayonida ilgari surilgan fikrlardan, yondashuvlardan hamda samaradorligini ta’minlovchi Mustaqil ishi natijalaridan pedagogik fanlar bo’yicha ma’ruzalar tayyorlash, qo’llanmalar yaratish, shuningdek metodik tavsiyanomalar yaratishda, ish tajribalarini ommalashtirishda samarali foydalanishga xizmat qiladi.

Download 71.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling