Quduqlarni burg‘ilashning zamonaviy usullari Reja: Quduqlarni burg‘ilashning zamonaviy usullari Qiya stvol yo‘nalishini nazorat qilish


Download 0.58 Mb.
bet1/2
Sana04.02.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1165520
  1   2
Bog'liq
Quduqlarni burg‘ilashning zamonaviy usullari АЗИЗОВА


Quduqlarni burg‘ilashning zamonaviy usullari
Reja:
1.Quduqlarni burg‘ilashning zamonaviy usullari
2. Qiya stvol yo‘nalishini nazorat qilish.
3. Quduq burg‘ilashning zamonaviy usullari.
1.Quduqlarni burg‘ilashning zamonaviy usullari
Gorizontal va yarim tik quduqlar asosan yer ostining murakkab qazilmalarida, qulay sharoitga ega bo‘lgan tog‘li joylarda burg‘ilanadi.
Quduqlarning yo‘nalishi foydali qazilmalarning joylashuvi va fizik-mexanik xossalariga muvofiq burg‘ilash jarayonida yo‘nalishi o‘zgartiriladi.
Fazoda quduq o‘qining joylashuv holatiga quduqning trassasi deyiladi.

-rasm. Quduqlarningjoylashuvholatlarivaburg‘ilashusullari:
1-qiya yo‘naltirilgan quduq; 2-tik quduq; 3-gorizantal quduq; 4-yon derazani va ikkinchi stvolni burg‘ilab qirqish; 5-ko‘p to‘pli burg‘ilash.
Jinslar mexanik, elektrik, issiqlik, portlatish, kimyoviy va boshqa usullar bilan parchalanadi. Hozirgi paytda tog‘ jinslari mexanik usulda har xil jins parchalovchi uskunalar yordamida parchalanadi. Jinslarni statik va dinamik kuchlar ta’sirida parchalaydi, ezadi, yumshatadi va hakozo.
Jinslarning parchalangan bo‘lakchalari quyidagi usullarda:
gidravlik–jins zarrachalari eritma (suv, gilli aralashma, maxsus yuvish eritmalari, polimerlar) oqimi bilan yuviladi;
pnevmatik – parchalangan tog‘ jinslar siqilgan havo yoki gazlar yordamida tozalanadi;
mexaniк – burg‘ilash yoki maxsus uskunalar (burg‘ilash stakani, qoshiq yoki bo‘rama bo‘r, shnek yordamida tozalanadi;
murakkab – ya’ni burg‘ilashda aralash usullar qo‘llanishi mumkin.
Quduq devorlaridagi turg‘unsiz jinslar mustahkamlash quvurlari, yopishqoq yuvish eritmalari, sement yoki sement-tamponaj materiallari, sintetik smola, bitumlar, silikat, muzlatish, elektr- kimyoviy usullar yordamida mustahkamlanadi.
oshiriladi.
Tog‘ jinslari mexanik, issiqlik, fizik va kimyoviy, elektr va boshqa usullarda parchalanadi. Sanoatda ko‘p qo‘llaniladigan usullardan biri mexanik usuldir. Mexanik usul jinsni parchalash ta’sir usuliga bog‘liq bo‘lib, aylantirish, zarbali va zarbali–aylantirishga bo‘linadi.
Eng ko‘p qo‘llanilgan usul – bu aylantirib burg‘ilash usuli bo‘lib, jins yemiruvchi uskuna aylanma harakatni maxsus mexanizmdan (shpendel yoki rotor) burg‘ilash quvuri yoki tub dvigateldan (gidravlik yoki elektrik) oladi. Shunga bog‘liq holda burg‘ilash shpindelli, rotorli va turboburli hamda elektroburli burg‘ilashga bo‘linadi.
а) Zarbali burg‘ilash.
Hamma turdagi zarbali burg‘ilashlardan faqatgina hozirgi paytda zarbali–arqonli burg‘ilash qo‘llaniladi. Burg‘ilash jihozi-burg‘idan tashkil topgan bo‘ladi, zarbali shtanga, harakatlanuvchi shtanga-qaychi va qulflar arqon yordamida quduqqa tushiriladi. Tushirish tezligi tormoz bilan rostlanadi, tebranishni pasaytirish uchun amortizator o‘rnatiladi.
Burg‘ilash ishlarini samarali olib borilishi burg‘ining to‘g‘ri tanlanganligiga bog‘liqdir. Yumshoq jinslarni va o‘rtacha qattiqlikdagi jinslarni burg‘ilashda ikki tavrli burg‘ilar eng yaxshi natija beradi (2.3-rasm, a).
Qattiq tog‘ jinslarini burg‘ilashda quduq devorlarini uzunik kitavrliaylana shaklidagi tishlar bilan qirqish qulaydir. Qattiq yoriqli jinslarniburg‘ilash uchun (chambarakli) burg‘ilardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Burg‘ilarni quduqdan chiqarib olishda qisilib qolish ehtimoli yo‘q emas, quduq tubida yig‘ilgan parchalangan jinslarni tozalashga to‘g‘ri keladi.
б) Aylantirib burg‘ilash usuli
Quduqlar aylantirish usulida burg‘ilanganda bir vaqtning o‘zida burg‘iga yuklanma va aylantirish momentlari ta’sir etadi.
Jins yemiruvchi elementlar yuklanish ta’sirida jins ichiga kiradi va aylantirish momenti ta’sirida qadaladi, maydalaydi va qiradi (kesadi).
Ikki xil turdagi: rotorli va quduq tub dvigateli yordamida burg‘ilanadi.
Rotorli burg‘ilashda birikmalar rotor dvigateli va arqon yordamida harakatga keltiriladi. Rotor o‘z o‘rnida burg‘ilash birikmasini ya’ni, yetakchi quvurni harakatga keltiradi. Yetakchi quvur burg‘ilash quvuri va burg‘iga biriktiriladi.
Tub dvigateli yordamida quduq burg‘ilanganda tub dvigateli vali burg‘ini aylantiradi. Bunda burg‘ilash tizmasi va tub dvigatelining korpusi qo‘zgalmas bo‘ladi.
Aylantirib burg‘ilash usulining xususiyatli tomonlari shundaki, quduq tubidagi burg‘ilangan tog‘ jinslari suv bilan yoki maxsus tayyorlangan eritma bilan yuviladi.
Buning uchun burg‘ilash nasosi dvigatel yordamida harakatga keltiriladi, yuvuvchi eritma quvur orqali haydaladi. Ushbu quvurlar minoraga o‘rnatiladi. Egiluvchi shlang va vertlyug ham minoraga o‘rnatiladi, tarnovdagi va tozalash mexanizmlaridagi burg‘ilangan jinslar tozalanadi, keyin qabul punktiga yig‘iladi va yana nasos yordamida quduqqa haydaladi.
Quduq chuqurlashib borishi davomida tal blok, ilgak va tal arqonlari yordamida–burg‘ilash birikmasi pastga quduq ichiga uzatiladi.
4. Gorizontal quduqlarni burg‘ilash
Neft qazib olish va kondan neftni to‘liqroq olishni jadallashtirishning eng samarali usullaridan biri gorizontal quduqlardan (GQ) foydalanib konlarni ishlatish hisoblanadi.
Gorizontal quduqlarni burg‘ilash birinchi marta Rossiyaning Boshqirdiston Respublikasida boshlangan. Krasnokom konida 1947 yilda quduqni tik ustunidan ikkita gorizontal 30 m va 35 mli ustunlar qatlamga burg‘ilangan.
Samara viloyatidagi Yablonovskiy konida 1957 yili gorizontal ustunining uzunligi 145 metr bo‘lgan № 617 quduq burg‘ilangan.
Ma’lumki, boshqa turdagi quduqlar kabi gorizontal quduqlarni sanoatda qo‘llash keng tus olgan. Shu bilan bir vaqtda AQSH, Kanada va G‘arbiy Yevropada gorizontal quduqlarni burg‘ilash ishlari keng o‘zlashtirilgan, mukammallashtirilgan va hozirgi kunda o‘zining o‘rnini topgan. 2000 yil holati bo‘yicha jahonda 20000 dan ortiq gorizontal va yon gorizontal ustunli quduqlar burg‘ilangan.
O‘zbekistonda 2000 yildan boshlab hozirgi kunga qadar50 tadan ko‘p gorizontal quduqlar burg‘ilangan. Hozirgi kunda Janubiy Kemachi, Shimoliy O‘rtabuloq, Quruq va Ko‘kdumaloq konlarida gorizontal quduqlar ishlab turibdi.
GQ va GYOS (gorizontal yon stvolli) quduqlar yordamida murakkab geologik tuzilmali so‘nggi bosqichidagi konlarni ishlatishhamda yuqori qovushqoqli neftli konlarini ishlatish muhim ahamiyatga egadir. Jumladan, Surxondaryoning SHo‘rchi tumanining Mirshodi №43-№44 konlarida burg‘ilangan qiya yo‘naltirilgan quduqlar bunga misol bo‘la oladi.
Har xil jinsli kollektorlarda har xil sabablarga ko‘ra qatlamchalar yaxlit, bir butun va boshqa sohalari ishlanmasdan qoladi.
Quduq qirqimi mahsuldor qatlam qismining 60 foizi va undan ham yuqoriroq qismini ishlatishni qamraydi. Suv neft tutashuvi (SNT) va gaz neft tutashuvi (GNT) bir-biriga yaqinligi sababli, mahsuldor qatlamlar ochilmaydi, ya’ni bu qatlamlarni odatdagi usullar bilan ishlatishga qo‘shib bo‘lmaydi. Agarda mahsuldor qatlam SNT chegarasida ochilsa, suvning tezlik bilan quduqqa yorib kirishi va gaz qatlamidan neftli qatlamga gazning oqib kirishi sodir bo‘ladi.
Hozirgi paytda chet davlatlarda neft va gaz konlarini ishlatishda asosan gorizontal quduqlar qo‘llanilmoqda. Masalan, Rossiyada gorizontal quduqlarni burg‘ilash yordamida mahsuldor qatlam qalinligi 6 metr bo‘lgan va zaxirasi 4 mlrd. tonna neft–gaz va neft konlarida quduqlar qazish ishlari rejalashtirilgan. Buning natijasida 2,5 mlrd tonna og‘ir neft, 2,3 mlrd tonna–suv bosgan neft konlaridan neft zaxiralarini qazib olish kutilmoqda.
1970 yildan boshlab Rossiya davlatida ko‘proq qiya–yo‘naltirilgan quduqlarni burg‘ilash ishlari qabul qilina boshlangan.
AQSH va Kanada davlatlarida 2005 yilgi ma’lumotlarga asosanlanadigan bo‘lsak 334 ta konlar gorizontal quduqlar yordamida ishlatilmoqda.
Tabiiy holda quduq ustunining egrilantirish-qiya, gorizontal-tarmoqli, ko‘p to‘pli ko‘rinishlarda bo‘ladi.
Bunday quduqlarni ko‘proq quyidagi sharoitlarda qo‘llash mumkin.
- okean, dengiz, ko‘l, daryo va yirik suv havzalari tagida joylashgan neft konlarini ishlatishda;
- mahalliy relefning (tog‘lar, jarliklar) kuchli kesishgan joylarida quduqlarni burg‘ilashda;
- neft va gazlarning ochiq otilmasida yong‘inni bartaraf qilishda;
- haydaladigan yerlarni saqlab qolish, konni burg‘ilashda va obodonlashtirishda kapital sarflanadigan xizmat xarajatlarini kamaytirish uchun;
- tuzli qatlamlar tagidagi uyumlarni burg‘ilashda va shu kabilar.
Qiya yo‘naltirilgan va gorizontal quduqlarni burg‘ilashda tub dvigateli sifatida turboburlar, vintli va elektr-dvigatellar qo‘llaniladi. Quduq yon devor ustunini burg‘ilashda og‘diruvchi qurilmalar sifatida og‘dirgichlardan foydalaniladi.
Og‘diruvchi qurilma burg‘iga og‘diruvchi kuchlanish beradi. Gorizontal quduqlarni tub dvigatel bilan burg‘ilashda og‘dirgich qurilmasi sifatida turbinli og‘dirgichlar, vintli tub dvigatel bazasidagi og‘dirgichlar, egrilantirish mexanizmlari, qoplamali og‘dirgichlar, ekssentrik nipelli tub dvigatellari qo‘llaniladi.
Rotorli usulda va tub dvigateli bilan yo‘naltirilgan burg‘ilashda quduqning azimut burchagi doimiy bo‘lganda zenit burchagini o‘zgartirish uchun og‘diruvchi qurilma sifatida burg‘ilash tizmasini pastki qismini to‘g‘ri chiziqli jamlanmasi qismiga muvozanatlashtirgich va parametrli kalibratorlardan foydalaniladi.
Bir seksiyali turboburli egri yuritma 40°-45° gacha zenit burchagini olish imkonini beradi, qisqartirilgan turbobur yordamida 50°-55° gacha, kalta turbobur yordamida 90° gacha va undan katta zenit burchaklarni olish mumkin.
Quduq ustunini har 10 metrga 1-2°, 4-5° va 5-6° gacha og‘dirish mumkin. Egri og‘dirgich R-1 ikkitalik og‘dirgichlar birlashtiruvchi rezbalari yordamida biriktiriladi. Bunda egri og‘dirgich OBQ bo‘lakchasini birlashtiruvchi rezbaning o‘qi bitta tekislikka nisbatan ham va uning o‘qiga nisbatan ham qiyshiq holatda bir yo‘nalishda joylashtiriladi. Quvur o‘qi va pastki biriktiruvchi quvurning o‘qi bilan 2°-3° burchak hosil qiladi. Quvur o‘qi va yuqori biriktiruvchi rezbaning o‘zaro tashkil etgan burchaklari 2-2,5° bo‘ladi. Bu og‘dirgichning uzunligi esa 4-8 metrni tashkil etadi.
Yon gorizontal ustunlarni burg‘ilash usulini qo‘llashdan asosiy maqsad ko‘p qatlamli yaxlit bo‘lmagan uyumlarni qurshab olish natijasida neftberaoluvchanlikni oshirish hamda harakatsiz, to‘xtab qolgan, past mahsuldor, samarasiz va kuchli suvlangan quduqlarni to‘liq qamrab olish kabilardan iborat. Qo‘yilgan maqsadga erishishda quyidagi umumiy jarayonlar amalga oshiriladi:
- kech bosqichda ishlashga beriladigan uyum to‘xtatiladi, oldin perforatsiya qilingan quduqlardan bittasi bosim bilan sementlanadi va yangi ustunning ostki qismida sement ko‘prigi barpo qilinadi;
- sementlash jarayoni yuqori bosimda amalga oshiriladi, ustun zonasida suv yoki flyuid paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
- ishlatish tizmasi germetiklikka sinaladi, ko‘p qatlamli neft uyumining yuqori qismidan yangi ishlatish tizmasi burg‘ilanadi va yangi qiya yo‘naltirilgan ustun ochiladi;
- yangi ustunni burg‘ilash va oldingi ochilgan ustunni to‘xtatish hisobiga paydo bo‘ladigan oqimlarning oldi olinadi;
- gorizontal va qiya ustun, ishlanmagan qatlamda yoki kollektorli qismda ochiladi.
Neft uyumlari gorizontal quduqlar bilan ishlanganda kam miqdordagi quduqlar bilan ko‘p miqdordagi neft qazib olish mumkin. Gorizontal quduqlarni sizilish maydonini ko‘p marta ko‘payganligi sababli, neft qazib olish 8-10 marta va undan ko‘proq bo‘lishi mumkin.
Gorizontal quduqlar yoki o‘qiga nisbatan burilishi kuchaytirilgan quduqlar yuqori darajada neft olish imkoniyatini beradi, ya’ni quduq ustuni mahsuldor qatlam yuzasi bilan tutashish yuzasining maksimal qiymatini ta’minlaydi. Bunday quduqlarni qazishda sarf xarajatlar oshib ketadi va ularni tugallash texnologiyasining murakkabligi qo‘llanilishini chegaralaydi. Burg‘ilash texnologiyasini yuqori darajada jadallashganligi tufayli, quduqlarni burg‘ilashni texnologik tadqiqot qilishning imkoniyatining paydo bo‘lishi yuqoridagi murakkabliklarni ijobiy hal qilishga, gorizontal quduqlarni burg‘ilashni ko‘paytirishga olib kelgan.
Hozirgi vaqtda gorizontal quduqlarni burg‘ilash mohiyatida gorizontal burg‘ilash uchun mos keladigan (o‘qidan og‘dirib burg‘ilash) variantlarni tanlash va undan keyin burg‘ilash, tugallash va quduqni sinash, jadallashtirish usullaridan foydalanish va neftni mahsuldor qatlam kollektorlaridan qiya yoki gorizontal quduqlar yordamida qazib olish ba’zida quduqdan eksponensial foyda olishni o‘stiradi degan fikrlarni aytishgan.
Shuning uchun butun dunyoda gorizontal quduqlarni burg‘ilash texnologiyasining sanoat miqiyosida sezilarli darajada o‘sganligi, Respublikamizda ham so‘nggi yillarda neft va gaz quduqlarini burg‘ilashda bu usulning qo‘llanilish imkoniyatlarini kengaytirdi.
Gorizontal quduqlarni juda kichik radiusli egishda tarmoqlangan quduqlarning egilish radiusi 30-60 m bo‘lib, burg‘ilash jarayonida quduq stvolini kamida 60 m tik qismida 2–3 metrgacha kengaytirish talab qilinadi. Undan keyin 30–60 m balandlikda quduq 4–5 sm-li diametrda gidravlik yorish yordamida burg‘ilanadi.
Quduqlarni kichik radiusda egish 6–12 m bo‘ladi va gorizontal quduq stvolining uzunligi 60–200 metrni tashkil etadi. Tik quduqlarni burg‘ilashda birinchi boshlang‘ich deraza tirqishi tik mustahkamlash tizmasini 4,5–6 m ni tashkil etib, quduqning tik bo‘lmagan stvoli deraza tirqishi orqali o‘tadi. Kichik radius orqali gorizontal uchastkaga chiqishda quduq og‘dirgichlar va egilgan burg‘ilash konduktoridan foydalanib silliq egri bo‘yin shakllantiriladi.
Quduqlarni o‘rtacha egilishida burish radiusi 90–150 m bo‘ladi va gorizontal quduqning gorizontal uchastkasi esa 450 m. ni tashkil etadi. Bunday quduqlar odatda gidravlik turbinali quduq tubi dvigateli yordamida burg‘ilanadi va gorizontallikka burishda egiluvchan burg‘ilash tizmasidan foydalaniladi. Quduqning qiyaligi har 30 metrga 2°dan burib boriladi, undan keyin esa gorizontal uchastkasi burg‘ilanadi.
Gorizontalquduqningkattaradiusliburilishi 180–600 m. nitashkiletadi, odatdagiburg‘ilashasboblariyordamidaamalgaoshiriladi. Quduqni gorizontal uchastkasi burg‘ilash burg‘isi bilan egri yuritma va gidravlikturbinli tub dvigatel birgalikda qo‘llanilib, gorizontal qismininguzunligi 1200 mdan ortiq bo‘lishi mumkin.
Yuqoridagima’lumotlardanko‘rinibturibdiki, uzunligi300 metrbo‘lgan gorizontal quduqmahsuldor qatlamningmarkazidajoylashganbo‘lsa, xuddi shu qatlamda joylashgan vertikalquduqqanisbatanbirkunda 10 martako‘pneftberadi. Gorizontal quduqlarni burg‘ilash va tugallash ishlariga sarflangan qo‘shimcha sarf xarajatlar tezda va amaldagi ko‘rsatkichlar bilan qoplanadi.
Uncha qalin bo‘lmagan mahsuldor qatlamlar, tabiiy yoriqli qatlamlar va kam o‘tkazuvchan qatlamlar, gaz do‘ppili yoki qatlam tub suvli, ko‘p qatlamchali va ko‘pincha so‘ngan qatlamlar gorizontal quduqlar bilan yoki o‘qidan og‘diriladigan quduqlar yordamida yaxshi burg‘ilanadi. Bunda boshqariladigan gidravlik yorish usullaridan foydalaniladi.
Gorizontal quduqlarda yoki o‘qidan og‘dirishga bog‘liq bo‘lgan quduqlarni burg‘ilash ishlari tasnifiy murakkabliklarga ega. Burg‘ilash eritmalari bilan mahsuldor qatlamning katta uchastkasini tutashuvida bo‘lganligi uchun qatlamni shikastlanishiga olib kelishi mumkin.

2.-расм.Горизонталқудуқникатта (R>190 м), ўрта (R=60-90 м) вакичик (R=10-30 м) бурилишрадиусларибиланбурғилашсхемаси.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling