Quduqlarni burg‘ilashning zamonaviy usullari Reja: Quduqlarni burg‘ilashning zamonaviy usullari Qiya stvol yo‘nalishini nazorat qilish
Qiya stvol yo‘nalishini nazorat qilish
Download 0.58 Mb.
|
1 2
Bog'liqQuduqlarni burg‘ilashning zamonaviy usullari АЗИЗОВА
Qiya stvol yo‘nalishini nazorat qilish
Quduqlar qiya yo‘naltirilgan holda aniq rejim asosida belgilangan quduqning tubi zonasini chuqurligigacha burg‘ilanadi. Quduqlarni suniy ravishda og‘dirishning turlariga qiya yo‘naltirilgan ko‘p to‘pli va ko‘p stvolli burg‘ilashlar kiradi. Bunday quduqlarni burg‘ilash yangi neft va gaz konlaridagi foydali qazilmalarni qidirishni, o‘zlashtirishni tezlashtiradi, kapital qo‘yilmalarni kamaytiradi va yetishmaydigan materiallarning sarfi qisqaradi. Quduqlarni tabiiy og‘dirish quyidagi holatlarda qo‘llaniladi. yotiq joylashgan yoki ikkita parallel tushalmaning oralig‘ida joylashgan neft va gaz qatlamlarini ochishda qo‘llaniladi; quduqning stvoli yoriqli zonalarga to‘g‘ri kelib qolganda mahsuldor qatlamga tomon yo‘naltirish uchun; neft qatlamlari tuzli gumbazning tagiga joylashganda to‘g‘ri burg‘ilab o‘tish murakkabliklarni tug‘dirganda qiya yo‘naltiriladi; og‘maydigan zonalarni va burg‘ilash eritmalarini katostrafik yutilishi kuchayganda aylanib o‘tish kerak bo‘lganda; okeanlarni, dengizlarni, daryolarni, ko‘llarni, kanallarni va botqoqliklarning tagini burg‘ilashda; bir nechta quduqlar orqali mahsuldor qatlamni qazishda ularni alohida joylashgan poydevor va estakada orqali burg‘ilashda; mahalliy relefni kuchli kesishgan (jarlar, tepaliklar, tog‘lar) joylari orqali mahsuldor qatlamga burg‘ilab o‘tishda; quduqda avariya sodir bo‘lganda bartaraf qilishning imkoniyati bo‘lmaganda yangi stvol bilan yon tomonga qazish to‘g‘ri kelganda; mahsuldor qatlamdan namuna olish uchun ikkinchi stvolni burg‘ilashda; issiq favvoralanishni va ochiq otilmalarni sundirish uchun stvollarni burg‘ilashda; kerak bo‘lganda ishlatish qudug‘ining ostki qismidan stvol burg‘ilashda; mahsuldor qatlamni ochishda drenaj yuzalarini kuchaytirish uchun aniq burchak ostida qiya burg‘ilash hamda ko‘p stvolli burg‘ilash jarayonida; tekis maydonlarda ko‘p tarmoqli burg‘ilab kondagi qurilmalarning kapital xarajatlarini va konning burg‘ilash muddatini kamaytirishda; ko‘mir qatlamini gazlashtirish uchun qattiq talab ostida burg‘ilashda sun’iy ravishda qiya yo‘naltirilgan quduqlar qo‘llanilgandi. Quduqlarni egrilanishini boshqarishda har xil turdagi burg‘ilash uskunalarining jamlanmasidan foydalaniladi. Bunday sharoitda burg‘ilash rejimi o‘zgartiriladi va har xil burg‘ilash uskunalarning jamlanmasi qo‘llaniladi, malum bo‘lgan yaqinlashishda quduq stvolining yo‘nalishi boshqariladi. Quduqning stvolini qiya yo‘naltirish maxsus qo‘llanilgan suniy og‘dirgichlar yordamida amalga oshiriladi: egri yuritmalar, ekssentrik nippellar, og‘diruvchi ponalar va maxsus qurilmalar yuqorida nomlari keltirilgan qurilmalardan, og‘diruvchi moslamalardan konning aniq sharoitidan kelib chiqib va texnik – iqtisodiy shartlariga asoslangan holda foydalaniladi. Qiya yo‘naltirilgan quduqlar hozirgi vaqtda bir nechta konlarda masalan, Qumchuq konida (loyihalashtirilgan), Dexqonobod konida, Shimoliy SHo‘rtan konida, SHo‘rtan konida, Toshli konida, (XV – gorizontdan mahsulot olishda qo‘llanilgan). Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling