Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet289/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Yer islohoti. Respublikamiz qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishda 
yer-suv resurslarining ahamiyati beqiyos. Chunki ular yordamida 
mamlakatimiz ichki yalpi mahsulotining to‘rtdan uch qismi, xalqimiz iste’mol 
qilayotgan mahsulotlarning 95 foizi yetishtirilmoqda. Shunday ekan, ulardan 
kelajakda yanada to‘liqroq, samaraliroq foydalanish dolzarb muammo 
hisoblanadi. Uni hal etish maqsadida respublika hukumati tomonidan siyosiy, 
huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy hamda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan chora-
tadbirlar amalga oshirilmoqda. Chunonchi, yer, suv, mulk to‘g‘risidagi 
qonunlar, kodekslar qabul qilindi. Ularda respublikamizda yerlarga, suvlarga 
egalik qilish, ulardan maqsadga muvofiq hamda samarali foydalanish 
borasidagi munosabatlar tizimi va ularni amalga oshirish tartibi ko‘rsatilgan. 
Yer-suv resurslariga egalik qilishning huquqiy asosi – O‘zbekiston 
Konstitutsiyasining 55-moddasida: «Yer ... suv ... umummilliy boylikdir, 


 482
ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir», – deb 
alohida ta’kidlangan. 
Respublikamiz jami yer maydoni umummilliy boylik, davlat mulki sifatida 
egalik qilish O‘zbekiston Oliy Majlisi zimmasiga yuklatilgan. Oliy Majlis o‘z 
vakolatidagi yer munosabatlarining ayrim masalalarini xalq deputatlari 
qishloq, shahar, posyolka, tuman hamda viloyat kengashlari va ularning 
ijroiya qo‘mitalari zimmasiga yuklagan. Ular yuqorida keltirilgan qonun 
talablaridan kelib chiqqan holda yerlarni ulardan oqilona, samarali 
foydalanish maqsadida foydalanuvchilarga ma’lum muddatga haq to‘lash 
evaziga foydalanishga bermoqdalar. Demak, ular yer islohotini amalga 
oshirishga mas’uldirlar. Chunki ular yerlarni samarali foydalanish uchun 
haqiqiy egasiga berish bilan bog‘liq masalalarni hal etadilar. 
2. Qishloq xo‘jaligida takror ishlab chiqarishning xususiyatlari 
«Respublika sanoatining ko‘pgina tarmoqlarini, jumladan, paxta 
tozalash, to‘qimachilik, kimyo sanoatini, qishloq xo‘jaligi mashinasoz-
ligini va boshqalarni rivojlantirish istiqbollari, ularning murakkab o‘tish 
davridagi iqtisodiy ahvoli bevosita qishloq xo‘jaligiga bog‘liqdir»
1
.
Agrar munosabatlar va qishloq xo‘jaligida takror ishlab chiqarish-
ning xususiyatlari. Qishloq xo‘jaligida yerdan foydalanish jarayonida 
asosiy ishlab chiqarish vositasi (mehnat vositasi va mehnat predmeti) 
namoyon bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning natijalari 
yerning hosil berish qobiliyatiga, ya’ni tuproq unumdorligiga bog‘liq. 
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish jarayoni tirik organizmlar (o‘simlik 
va hayvonot dunyosi)ning o‘sishi va rivojlanishi bilan bevosita bog‘liq. 
Agrar munosabatlar va qishloq xo‘jaligidagi takror ishlab chiqarish 
jarayoni iqtisodiy qonunlar bilan birga, tabiat qonunlari ta’siri ostida ro‘y 
beradi. 
Agrar sohada ko‘pchilik ishlab chiqarish vositalari (chorva mollari, 
ko‘p yillik mevali daraxtlar, urug‘lik va h.k.) tarmoqning o‘zida vujudga 
keltirilib, yana ishlab chiqarish jarayoniga kiritiladi. Qishloq xo‘jaligida 
ishlab chiqarish mavsumiy xususiyatga ega. Bu tarmoqdagi mehnat 
vositalaridan foydalanish davrini ham cheklaydi. Masalan, seyalkalar 
ekish davrida, g‘alla o‘rish va paxta terish kombaynlari faqat yig‘im-terim 
paytida qisqa davr (bir–ikki oy) ishlatiladi. Qishloq xo‘jaligida ishlab 
1
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ ɛɭɸɤ ɤɟɥɚɠɚɤ ɫɚɪɢ. – Ɍ.: «ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ», 1998. 
– Ȼ. 225–226.


 483
chiqarish mavsumiyligi sababli aylanma kapital va mablag‘lar sarfi 
hamda mahsulot sotishdan olinadigan pul tushumlari yil davomida bir 
me’yorda bormaydi. Qishloq xo‘jalik ekinlari o‘sishining vegetatsiya 
davri va tabiiy omillari ta’sirida ishlab chiqarish vaqti va ish davri 
o‘rtasida katta farq mavjud bo‘ladi. 
Bozor munosabatlari iqtisodiyotning hamma jabhalarini, jumladan, 
qishloq xo‘jaligini ham o‘z ichiga oladi. Mazkur tizimda agrar 
munosabatlar alohida o‘rin tutadi. Yer bilan bog‘liq iqtisodiy 
munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi. Bu munosabatlarning obyekti 
yer bo‘lsa, uning subyektlari yer egalari, yerda xo‘jalik yurituvchilar, 
nihoyat, yerga mehnat sarf qiluvchi kishilar hisoblanadi. 
Bozor tizimi agrar munosabatlarga yangicha mazmun beradi: 
• yerning tovarga aylanishi; 
• yerga xilma-xil mulkchilikning paydo bo‘lishi; 
• yerning tadbirkorlik obyekti bo‘lishi; 
• yerning garovga qo‘yilishi; 
• yer uchun pul shaklida renta undirilishi
• agrobiznesning maxsus faoliyat turiga aylanishi. 
Agrar munosabatlarning obyekti bo‘lgan yer maxsus resurs 
bo‘lganidan, u bilan bog‘liq o‘ziga xos iqtisodiy aloqalar ham kelib 
chiqadi. Yer har qanday ishlab chiqarishning umumiy sharti. Yerdan 
tashqarida ishlab chiqarishning bo‘lishi mumkin emas. Qishloq xo‘jaligi 
uchun yer asosiy ishlab chiqarish omili vazifasini o‘taydi. Ma’lumki, 
qishloq xo‘jaligidagi ishlab chiqarish ikki yoqlama xarakterga ega, 
birinchidan, u iqtisodiy jarayon bo‘lsa, ya’ni inson mehnati natijasida yuz 
bersa, ikkinchidan, u tabiiy-biologik jarayon bo‘lib, mahsulot yetishtirish 
tabiiy omillarga, masalan, o‘simlik yoki hayvonlarda kechadigan biologik 
o‘zgarishlarga, iqlim sharoitiga, ob-havoning qanday kelishiga
tuproqning tabiiy xossalariga bog‘liq. 
Yerning o‘rnini esa hech bir resurs bosa olmaydi, shu jihatdan u o‘ta 
noyob va asosiy resurs hisoblanadi. Uning asosiyligi shundaki, yer boshqa 
resurslarga qo‘shimcha sifatida amal qilmaydi. Masalan, sanoatda 
stanoklarga qo‘shimcha resurs sifatida kompyuter va uning dasturlari 
qo‘llaniladi. Yerni esa boshqa resurs bilan almashtirib bo‘lmaydi, uning 
muqobil ishlatish usullari o‘ta ko‘pdir. Shu sababli yerga talab muttasil 
oshib boradi. Bu talab yer bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarishning 
kengayishi va yerning unumdorligiga qarab o‘zgaradi. 
Yerga ikki xil monopoliya mavjud. Birinchidan, yer qadr-qiymati 
baland resurs sifatida mulkdor monopoliyasida turadi, ya’ni egasi yo‘q 


 484
yer bo‘lmaydi. Yer cheklangan miqdorda bo‘lganidan uni mulk sifatida 
ham ko‘paytirib bo‘lmaydi. Bunday hodisa yerga mablag‘ sarflashni 
uning egasiga bog‘liq qilib qo‘yadi. Yer egasining mulkdor sifatida 
manfaati bor, ya’ni u o‘z yeridan naf ko‘rishi kerak. Shu sababli yer 
ishlatish uchun tekinga berilmaydi, egasiga undan foydalanish haqini 
to‘lash zarur. Ikkinchidan, yer xo‘jalik yuritish obyekti sifatida egallab 
olinadi, ya’ni yerda turli xo‘jaliklar tashkil topadi, yaroqli yer bo‘sh 
turmaydi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling