Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Modernizatsiya strategiyasini amalga oshirish yillarida qishloq xo‘jaligi


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet287/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Modernizatsiya strategiyasini amalga oshirish yillarida qishloq xo‘jaligi 
yalpi mahsulotining o‘rtacha yillik o‘sish
sur’atlari, foizda
Yillar 
2005 2006 2007 2008 2009 2010 2011 
Foiz 105,4 106,7 
106,1 104,5 105,7 106,8 106,6 
3-jadval 
Mustaqillik yillarida yalpi ichki mahsulotda qishloq
xo‘jaligining ulushi, foizda 
Yillar
1990 2000 2005 2006 2007 2008 2009 2010 2011
Foiz
33,4 30,1 26,3 25,1 21,7 19,4 18,2 17,5 17,1 
O‘tgan 2005–2011-yillar davomida qishloq xo‘jaligi yalpi mahsu-
lotining o‘rtacha yillik barqaror o‘sish sur’atlari dinamikasi ta’minlandi. 
Xususan, bu ko‘rsatkich 2005-yilda 105,4 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 
2011-yilda 106,6 foizga teng bo‘ldi. Mamlakat yalpi ichki mahsulotida 
qishloq xo‘jaligi yalpi mahsuloti salmog‘ining 1990-yildagi 33,4 foizdan 
2011-yilda 17,1 foizga pasayishi ijobiy holdir. Bu, avvalo, mamlakatimiz 
iqtisodiyotida industrial sanoat tarmoqlari va xizmatlarning jadal 
rivojlanib borayotgani bilan izohlanadi. 
Istiqlol yillaridagi tub o‘zgarishlar ko‘p ukladli, ya’ni teng huquqli
daxlsiz, davlat himoyasidagi turli xil mulk shakllarini mustahkam qaror 
toptirish jamiyat iqtisodiy asoslarini yaratishga qaratilgan bo‘lib, bu 
islohotlarni amalga oshirishning asosiy masalalaridan biridir. Ushbu 
jarayon qishloq xo‘jaligida mulkdorlar sinfi manfaatlarini himoya qilishga 
alohida e’tibor qaratish zarurligini anglatadi. Ana shu sababdan ham 
Prezident Islom Karimov: «Qishloq xo‘jaligidagi islohotlarni chuqur-
lashtirish, fermerlik harakatini qo‘llab-quvvatlash, moddiy va moliyaviy 
bazasini mustahkamlash, ularga yanada keng yo‘l ochib berish, bu borada 
yangi imtiyoz va imkoniyatlarni tug‘dirish, qisqacha aytganda, qishloqda 
paydo bo‘layotgan mulkiy munosabatlarni, yangi o‘rta sinf vakillari – 
mulkdorlar, tadbirkorlar va ishbilarmonlarning manfaatlarini himoyalash 


 478
bugungi kunda eng katta ahamiyatga ega», – deb alohida ta’kidlangani 
bejiz emas. Albatta, yuqoridagi masalalarning hal qilinishi bu sohada 
o‘zining ichki samarali rivojlanish tuzilmasiga ega bo‘lgan, shu bilan 
birga, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanib boriladigan yagona ishlab 
chiqarish tizimini yanada takomillashtirishga olib keladi. 
Qishloq xo‘jaligi asosiy maqsadiga erishishi uchun turli xildagi 
mahsulotlar yetishtiriladi, ishlar, xizmatlar bajariladi, ular talabni 
qondirish maqsadida taqsimlanadi, sotiladi. Ma’muriy buyruqbozlikka 
asoslangan, markazdan rejali boshqarilgan iqtisodiyotdan erkin bozor 
iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish sharoitida davlat ustuvorligida 
qishloq xo‘jaligida talabga javob beradigan, samarali huquqiy, tashkiliy 
iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar tizimi yaratilmoqda, mulkchilikning 
turli shakllari barpo etilmoqda, natijada erkin mulkiy munosabat vujudga 
kelmoqda, tadbirkorlikning har xil turlarini yaratish, ularni rivojlantirish 
yo‘lidan borilmoqda, yer-suv islohotlari amalga oshirilmoqda, tarmoqning 
cheklangan ishlab chiqarish resurslari (yer-suv, kapital, mehnat, 
tadbirkorlik qobiliyati)dan samarali foydalanish, ishlab chiqarilgan 
mahsulotlarni sotish, daromad, foyda va ularning taqsimlanishi, inves-
titsiyalarni jalb etish, ulardan samarali foydalanish, tarmoq ishlab 
chiqarishini maqsadga muvofiq joylashtirish, ixtisoslashtirish hamda 
agrosanoat integratsiyasini xalqaro munosabatlar asosida tashkil etish va 
rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar tizimi yaratilib, 
ular takomillashtirilmoqda, rivojlantirilmoqda. 
Yuqorida ta’kidlangan iqtisodiy munosabatlar tizimini yaratishda 
xalqimiz hamda qishloq xo‘jaligining o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga 
olgan holda tabiiy, ijtimoiy, iqtisodiy qonunlar, iqtisodiy kategoriyalar 
talablaridan oqilona foydalanish taqozo etiladi. Demak, qishloq 
xo‘jaligining barqaror iqtisodiy asosini, takror ishlab chiqarish jarayoni 
rivojlantirilishini ta’minlaydigan iqtisodiy munosabatlar tizimini yaratish va 
ularni hayotga joriy etish masalalarini, yo‘llarini o‘rgatish «iqtisodiyot 
nazariyasi»hamda «Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti» fanining ham predmeti, ham 
maqsadi hisoblanadi. Iqtisodiyot nazariyasi predmeti (maqsadi)ni hal etish 
uchun quyidagi asosiy vazifalar yechimining nazariy, uslubiy asoslarini 
o‘rgatish lozim: 
• 
qishloq xo‘jaligining bosqichma-bosqich rivojlanishini, uning res-
publika iqtisodiyotidagi o‘rni, ahamiyati hamda o‘zgarish qonuniyatlarini 
aniqlashni; 
• qishloq xo‘jaligiga davlat rahbarligini, unda amalga oshirilayotgan 
agrar-iqtisodiy islohotlar mazmuni va mohiyatining holatini, ularning 
rivojlantirish yo‘llarini, masalalarini ko‘rsatish; 


 479
• 
qishloq xo‘jaligida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik turlari, 
ularning faoliyatiga baho berish va takomillashtirish yo‘llari; 
• 
qishloq xo‘jaligining cheklangan yer-suv, mehnat resurslari
investitsiyalar va ulardan tadbirkorlik bilan samarali foydalanish darajasiga 
iqtisodiy baho berish tartibini o‘rganish, ularni takomillashtirish va 
rivojlantirish yo‘llarini asoslab berish; 
• qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan doimiy va o‘zgaruvchan, 
o‘rtacha xarajatlarni, ularning tarkibi va kamaytirish yo‘llarini, yetishtirilgan 
mahsulotning hajmini, sifatini, samarali taqsimlanishini hamda pul 
oqimlarini o‘rgatish; 
• 
qishloq xo‘jaligida iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirishda 
foydalanilayotgan baholarning tizimini, tarkibini, mazmunini, daromad va 
foydani aniqlash, ularni oqilona taqsimlash yo‘llarini ko‘rsatish; 
• qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining qay darajada ixtisoslash-
ganligini, joylashganligini hamda ichki va tashqi integratsiyalashganligini 
va boshqa masalalarini o‘rganish. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling