Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


O‘zbekistonda aholi jon boshiga asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet286/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

O‘zbekistonda aholi jon boshiga asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlari ishlab chiqarish dinamikasikg
Mahsulotlar 
turlari 
1991-yil 2011-yil 
2011-yil 
1991-
yilga nisbatan, 
barobar
Meva
24,0 
60,1 
2,5 barobar 
Uzum
24,0 
35,1 
1,4 barobar 
Sabzavot 138,6 
225,0 1,6 
barobar
Kartoshka 15,1 
60,5 4,0 
barobar
Poliz mahsulotlari 
39,0 
42,0 
1,07 barobar 
Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi. 
Mustaqillik yillarida agrar sohada bosqichma-bosqich olib borilgan 
izchil islohotlar tufayli respublikamizda asosiy turdagi oziq-ovqat 
mahsulotlarini iste’mol qilish miqdori barqaror o‘sib bordi. Jumladan, 
2011-yilda 1991-yilga nisbatan aholi jon boshiga go‘sht mahsulotlari 
iste’mol qilish 31 kilogrammdan 38 kilogrammga yoki 122,6 foizga, sut 
mahsulotlari 183 kilogrammdan 239 kilogrammga yoki 130,3 foizga, 
tuxum 97 donadan 138 donaga yoki 142,3 foizga oshgan. 
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining dastlabki kunlaridan 
boshlab qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasi aniq-ravshan 
belgilab olindi. Mazkur strategiya zamirida qishloq xo‘jaligini 
diversifikatsiya qilish, paxta yakkahokimligiga barham berish, yurtimiz 


 476
aholisini oziq-ovqat mahsulotlari, birinchi navbatda, g‘alla bilan 
ta’minlash, bir so‘z bilan aytganda, oziq-ovqat mustaqilligiga erishish 
vazifasi mujassam edi. 1998-yilda qishloqda faol institutsional 
o‘zgarishlar bosqichi boshlandi. Agrar islohotlar hamma joyda bozor 
munosabatlarini joriy qilish va xususiy mulk shaklini rivojlantirishga 
qaratildi. 
Zarar ko‘rib ishlayotgan hamda samarasi past jamoa va kooperativ 
xo‘jaliklari tugatilib, ularning yerlari uzoq muddatli ijaraga xususiy 
fermer xo‘jaliklariga yoki umrbod meros huquqi bilan dehqon 
xo‘jaliklariga berildi. Fermerlik harakatini rivojlantirish uchun davlat 
tomonidan katta imtiyozlar berildi, xususiy fermer xo‘jaliklarining ekin 
maydonlarini maqbullashtirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, 
paxtaning tezpishar va serhosil navlarini yaratish, shuningdek, paxta 
navlarini har bir hududning tuproq-iqlim sharoiti va suv bilan 
ta’minlanish darajasini inobatga olgan holda, rayonlashtirish bo‘yicha 
keng miqyosdagi ishlar amalga oshirildi. 
Agrar sohadagi islohotlar natijasida xususiy fermer xo‘jaliklarining 
to‘liq iqtisodiy va moliyaviy mustaqilligini ta’minlaydigan va ularga 
meros huquqi bilan uzoq muddatga ijaraga berilgan qishloq xo‘jaligi yer 
resurslaridan maqsadli, oqilona va samarali foydalanishni rag‘batlantira-
digan huquqiy shart-sharoit va kafolatlar yaratildi. Shuningdek, 
O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksida fermer xo‘jaliklariga yer 
maydonlarini 50 yil muddatga ijaraga berish mustahkamlab qo‘yilgan. 
Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni 
moliyalashning bozor prinsiplariga to‘liq javob beradigan va fermer 
xo‘jaliklari uchun qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotishdan tushgan o‘z 
daromadlari hisobidan barcha xarajatlarni qoplashda moliyaviy 
mablag‘lardan foydalanish usuli va shaklini tanlashda ularning mustaqil-
ligini ta’minlaydigan ishonchli tizim yaratildi. Agrar sohadagi islohotlar 
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida sezilarli ijobiy o‘zgarishlarga erishish 
ishlab chiqarish hajmining o‘sishi, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi 
va chorva mahsuldorligining oshishi uchun zamin bo‘lmoqda. 
Mustaqillik yillarida muhtaram Prezident Islom Karimovning 
tashabbusi va bevosita rahnamoligida qishloq xo‘jaligini isloh qilish 
bo‘yicha juda katta ishlar amalga oshirildi. Ishlab chiqarishga fan-texnika 
yutuqlarini, yangi texnika va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish ishlari 
yildan-yilga jadallashib bormoqda. Cheklangan yer va suv resurslaridan
kapital va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi yuksalmoqda. 
Respublikamiz agrar tarmog‘ida amalga oshirilayotgan tub iqtisodiy 


 477
islohotlar va tarkibiy o‘zgarishlar natijasida qishloq xo‘jaligining asosiy 
iqtisodiy ko‘rsatkichlari barqaror o‘sib bormoqda (Quyidagi jadvallarga 
qarang). 
2-jadval 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling