Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Soliqlar quyidagi funksiyalarni bajaradi
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliq majburiyati
- 184-modda. Soliq va boshqa to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash.
Soliqlar quyidagi funksiyalarni bajaradi:
– fiskal – budjetni mablag‘ bilan to‘ldiradi; – ijtimoiy (qayta taqsimlash) – daromadni qayta taqsimlaydi; – izga solib turuvchi – iqtisodiy munosabatlarni izga soladi; – nazorat qiluvchi – soliq tizimida o‘zgarishlar kiritishni aniqlaydi; – jamlovchi – yagona iqtisodiy maydonni tashkil etishga imkon yaratadi. Soliq majburiyati – soliq to‘lovchi tomonidan soliq to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha bir tomonlama majburiyat. Soliq qonunchiligi – normativ-huquqiy hujjatlar majmui bo‘lib, ular soliq sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida umumiy soliqqa tortish tartibi, ba’zi bir guruh soliq to‘lovchilarga alohida (maxsus) soliq tartibi qo‘llaniladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida mahalliy soliqlar va yig‘imlar Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Mol-mulk va yer soliqlari O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan joriy etiladi va respublikaning butun hududida undiriladi. Bu soliqlar va yig‘imlar stavkalarining miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Qolgan mahalliy soliqlar va yig‘imlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati organlari tomonidan joriy etiladi. Bu mahalliy soliqlar va yig‘imlar stavkalarining eng yuqori miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Mahalliy soliqlar va yig‘imlar mahalliy budjetga o‘tkaziladi. 184-modda. Soliq va boshqa to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash. Foyda (daromad) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni qasddan yashirish, kamaytirib ko‘rsatish, shuningdek davlat tomonidan belgilangan soliqlarni, yig‘imlarni, boj yoki boshqa to‘lovlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlash, shunday qilmishlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin ancha miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, – eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi. Soliq yoki boshqa to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash: a) takroran; b) ko‘p miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 472 Soliq yoki boshqa to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash juda ko‘p miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Qasddan yashirilgan, kamaytirib ko‘rsatilgan foyda (daromad) bo‘yicha soliqlar va boshqa to‘lovlar to‘liq to‘langan taqdirda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi (O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, 184-modda). Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling