Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
Birinchidan, soliq summasini to‘lash o‘z muddatida amalga
oshirilmaydi. Ushbu huquqbuzarlik uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha to‘lov muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun (to‘lov kuni ham shunga kiradi) 0,15 foiz miqdorida penya undiriladi. Rossiya qonunchiligida esa 0,7 foiz penya to‘lash ko‘zda tutilgan. Ikkinchidan, o‘z vaqtida to‘lanmagan soliq summalari va yig‘imlar bo‘yicha boqimandalarning yig‘ilib qolishi. Bunday hollarda yig‘ilgan summalar budjet hisobiga undiriladi. Rossiya Federatsiyasida ham shunday choralar ko‘zda tutilgan: yuridik shaxslardan bunday soliqlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri, bahssiz, jismoniy shaxslardan esa sud orqali undiriladi. Uchinchidan, daromad (foyda) miqdorini kamaytirish yoki yashirish. Xo‘jaliklar o‘z faoliyatlarida soliqni yashirishning turli ko‘rinishlaridan foydalanadilar. Ularning ba’zilarini ko‘rib chiqamiz: – soliq organlari va banklarni oldindan ogohlantirmay, bir necha hisob-kitob schotlarini ochish; – naqd pul aylanmasi hajmini ko‘paytirish; – litsenziyasiz va ro‘yxatdan o‘tmasdan turib, faoliyatni amalga oshirish; – tannarx tarkibiga kiruvchi xarajatlarni ko‘paytirish; – to‘lov hujjatlarining yo‘qotilishi; – hisobni soxtalashtirish. Soliq organlari va ayniqsa, soliq sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurash departamenti xodimlari korxonalarda olib borilayotgan «ikkilamchi buxgalteriya»ga alohida e’tibor qilishlari lozim. Ularda tayyorlanadigan vasiylik qaroriga soliq summasini belgilash uchun beriladigan soliq balansi bilan bir qatorda korxona faoliyatini haqqoniy ifodalovchi tijorat hisoboti olib boriladi. Mana shu hisobot alohida e’tibordan chetda qolmasligi kerak. 466 Mulkka tajovuz qiladigan va xizmatga oid jinoyatlardan farqli bo‘lgan soliq sohasidagi huquqbuzarliklar huquqni qo‘llovchilar oldiga tamoman yangi mazmundagi kvalifikatsion tartibdagi muammolarni qo‘ymoqda. Bu, albatta, tushunarli, chunki soliq huquqbuzarliklari qisqa davr ichida hayotimizga kirib keldi. Shu munosabat bilan tergov, sud faoliyatida, jinoyat huquqi nazariyasida bu muammo to‘liq o‘rganilmagan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yildagi qarori bilan Respublika Soliq qo‘mitasi qoshida Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 184-moddasining o‘ziga xosligi unda soliq va boshqa to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash va bu jinoyat uchun belgilangan jazo choralari aks etgan. Shu o‘rinda mualliflar uchun moddani talqin yoki tavsif qilish emas, balki uning mazmunidagi iqtisodiy belgi va xususiyatlarni aniqlash muhim hamda prinsipial ahamiyatga egadir. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, «jinoyat-soliq» normalarini qo‘llash borasidagi dolzarb muammolarning ayrimlarini tahlil qilib chiqamiz. Birinchidan, Soliq kodeksining 16, 67, 83, 97, 117-moddalarida soliq undirish obyektlari ko‘rsatilgan. Unda jami daromad bilan Soliq kodeksiga muvofiq belgilanadigan chegirmalar o‘rtasidagi farq sifatida hisoblangan daromad (foyda), tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya va import qilish oboroti qo‘shilgan qiymat, aksiz to‘lanadigan tovarlar uchun ularning qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobga olinmagan holdagi qiymati yoki tovarning fizik hajmi, yuridik shaxslar uchun yer uchastkalari, suv resurslarining hajmi ham soliq undirish obyekti sifatida qabul qilingan. Ushbu ro‘yxatdan ko‘rinib turibdiki, unda keltirilgan obyektlar to‘liq emas, «soliq solish obyekti» iborasi mazmunini yana bir bor aniqlash hamda ularning hajmlarini belgilash muammosini hal etishni bugungi kun taqozo etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1997-yil 10- noyabrdagi «Yuridik shaxslar daromadi (foydasi)ga soliq solish va budjetga to‘lash tartibi» yo‘riqnomasida birinchi soliqqa tortish obyekti jami daromad (foyda) deb ko‘rsatilgan. Soliq huquqbuzarliklariga qarshi kurash vositalari orasida umumiy xususiyatga ega bo‘lgan quyidagilarni alohida ta’kidlash mumkin: – axloq xarakteriga ega vositalar; – soliq to‘lovchilarning qonunga itoatkorligini keng targ‘ib-tashviq qilish; 467 – jamoatchilik fikridan, ommaviy axborot vositalaridan huquqbuzar- liklarga, xususan, soliq huquqbuzarliklariga qarshi kurash ishida foydalanish; – eng ko‘p oborot vositalariga ega bo‘lgan soliq to‘lovchilarning xarajatlarini oshkor etish; – jamoat tashkilotlari (birinchi navbatda, kasaba uyushmalar, iste’molchilar tashkiloti va boshqalar)ning soliq nazoratida qatnashishi. Masalan, iste’molchilar tashkiloti narxlar nazoratini o‘tkazish jarayonida ulgurji savdodagi narxlarni tekshirish bilan bir qatorda, savdo tashkilotlari oladigan daromadni ham o‘rganadilar, o‘zgarishlar xususida xabar beradilar. Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashga qarshi kurashish vositalariga quyidagilar kiradi: – soliq tizimini takomillashtirish; – bir butun soliq stavkalarini belgilash; – asoslanmagan soliq imtiyozlarini rad etish; – soliq texnikasini takomillashtirish; – soliq huquqbuzarliklariga qarshi kurash borasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish. Soliq huquqbuzarliklariga qarshi kurash vositalari ichida soliq huquqbuzarliklarining oldini olish, to‘siq qo‘yish vositalarini hamda bu huquqbuzarlik uchun jazolash vositalarini alohida ajratish lozim. Huquqbuzarlikning oldini olishda muhim vosita – soliq nazorati bo‘lib, uni samarali amalga oshirish soliq jinoyatlarining oldini olish va shu orqali soliq to‘lovchiga katta ta’sir ko‘rsatish mumkin. Soliq nazoratini amalga oshirishda maxsus tuzilgan organlarning zimmasiga muhim funksiya yuklatiladi. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling