Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Soliq qonunchiligi buzilishining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet274/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

4. Soliq qonunchiligi buzilishining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari 
Ta’kidlash joizki, o‘tgan yil iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlash-
tirishning muhim bosqichi bo‘ldi. Davom etayotgan jahon moliyaviy-
iqtisodiy inqirozi sharoitida O‘zbekiston iqtisodiyoti barqaror sur’atlar bilan 
o‘sib borayotgani taraqqiyotning milliy modeli samarasini namoyon qildi. 
Ushbu yo‘nalishda turli xil iqtisodiy faoliyat turlarini, erkin 
tadbirkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan qator qonun hujjatlari qabul 
qilindi. Xususan, iste’molchilarning va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning 
huquqlarini himoya qilish, shuningdek, bozorlar va savdo majmualarining 
faoliyatini tartibga solish maqsadida «Davlat soliq xizmati organlari tizimi 
yanada modernizatsiya qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respub-


 457
likasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish 
to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. 
Unda «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi qonun bilan mustah-
kamlangan davlat soliq xizmati organlarining vazifalari yangi tahrirda bayon 
etilgan. Ularga endi xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish 
masalalari bo‘yicha nazorat qiluvchi organlar faoliyati muvofiqlashtirilishini 
ta’minlash, ushbu ishni amalga oshirishda bir-birini takrorlash va 
suiiste’molliklarga yo‘l qo‘ymaslik, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning 
faoliyatini rag‘batlantirishga, ularga zarur imtiyozlar va preferensiyalar 
berishga doir qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish; 
bozorlar va savdo majmualarining moliya-xo‘jalik faoliyati ustidan nazoratni 
amalga oshirish; pul mablag‘larining g‘ayriqonuniy aylanishi manbalariga 
barham berish va boshqalar ham kiradi. 
Bundan tashqari, bu qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-
protsessual kodeksiga qo‘shimcha kiritilib, unga ko‘ra, O‘zbekiston 
Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasining Bozorlar va savdo majmualari 
faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlariga 
bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash bo‘lgan 
avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida aniqlangan moliyaviy-
iqtisodiy va soliq sohalaridagi huquqbuzarliklarga doir ishlar bo‘yicha 
surishtiruv organi maqomi berilgan. Demak, ular moliyaviy-iqtisodiy va 
soliq sohalaridagi huquqbuzarliklar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv 
o‘tkazish, jinoyat ishi qo‘zg‘atish va surishtiruv o‘tkazish huquqiga ega 
bo‘ldilar. 
Shu munosabat bilan bozorlar, savdo majmualari hududlarida va 
ularga tutash bo‘lgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash 
joylarida bir martalik yig‘imlar, ijara haqi to‘liq tushishi va ularning 
topshirilishi hisobga olinishiga, fiskal xotirali nazorat-kassa 
mashinalaridan, to‘lovlarni plastik kartochkalar asosida qabul qilish 
bo‘yicha hisob-kitob terminallaridan foydalanilishiga, shuningdek, savdo 
va xizmat ko‘rsatish qoidalariga rioya etilishiga oid qisqa muddatli 
tekshiruvlar o‘tkazish huquqi ushbu bosh boshqarma va uning hududiy 
bo‘limlarining mansabdor shaxslariga berildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 51-moddasiga 
muvofiq, fuqarolar qonunda belgilangan soliq va boshqa majburiy 
to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lashga majburdirlar. Yuridik va jismoniy 
shaxslarning davlat tomonidan belgilangan soliq, yig‘im, boj va boshqa 
majburiy to‘lovlarni to‘lamasligi, foyda (daromad)ni yoki soliq 
solinadigan boshqa obyektlarni qasddan yashirishi, kamaytirib ko‘rsatishi, 


 458
shuningdek, soliq yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan o‘zga 
tarzda, jumladan, nazorat-kassa mashinalarining fiskal xotirasi xizmati 
dasturini noqonuniy o‘zgartirish yo‘li bilan qasddan bo‘yin tovlashi 
budjet siyosati barqarorligiga putur yetkazadi. Soliqdan yashirilgan 
mablag‘lardan, aksariyat hollarda, jamiyat manfaatlariga zid ravishda 
foydalanilishi soliq qonunchiligi sohasida sodir etiladigan huquqbuzar-
liklarning ijtimoiy xavfliligini oshiradi. 
Sud amaliyoti tahlili shuni ko‘rsatadiki, sudlar soliq va boshqa 
majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun javobgarlik 
belgilovchi qonunlarni asosan to‘g‘ri qo‘llamoqda. Shu bilan bir qatorda, 
ushbu toifadagi ishlar bo‘yicha huquqbuzarlik faktini va soliqdan 
yashirilgan daromad (foyda) miqdorini aniqlashda, aybdor shaxslar 
harakatini kvalifikatsiya qilish va ularga qilmishiga yarasha jazo tayinlash 
kabi masalalarda ayrim xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yish amaliyoti 
ham mavjud. 
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 174-moddasi va 
Jinoyat kodeksining 184-moddasi bo‘yicha javobgarlik kelib chiqishining 
zarur sharti – soliq yoki boshqa to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashga 
nisbatan qasdning mavjudligi bo‘lib, u ham harakat, ham harakatsizlikda 
namoyon bo‘lishi mumkin. Foyda (daromad)ni qasddan yashirishning 
belgilari: 
– hujjatlarni soxtalashtirish (o‘chirish, g‘ayriqonuniy tuzatish);
– qalbaki boshlang‘ich buxgalteriya hujjatlaridan foydalanish; 
– foydalanilmagan moddiy xarajatlarni ishlab chiqarish hisobiga 
qo‘shib hisobdan chiqarish;
– korxonada ishlamaydigan, lekin hisobda turadigan xodimlarga ish 
haqi yozish yo‘li bilan mehnatga haq to‘lash xarajatlarini oshirish;
– sotishdan olingan tushumni hisobot davridan keyingi davrga 
o‘tkazish (sotish hajmini va daromad (foyda)ni qasddan kamaytirish);
– moddiy, yoqilg‘i-energetika resurslari xarajatlarini va amortizatsiya 
(eskirish) miqdorini sun’iy ravishda oshirish yoki normativ (limit)larni 
noto‘g‘ri qo‘llash;
– hujjatlarni yo‘q qilish yoki ularni taqdim etishni rad etish;
– buxgalteriya hujjatlari va boshqa hujjatlar bilan tegishli ravishda 
rasmiylashtirilmagan mahsulot (tovar)larni sotish;
– davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan va soliq organlarida hisobda 
turmasdan xo‘jalik faoliyatini yuritish;
– davlat soliq xizmati organining yozma bildirishnomasi mavjud 
bo‘lgani holda, ikki va undan ortiq manbalardan daromad oluvchi 


 459
jismoniy shaxslar tomonidan barcha daromadlari haqida deklaratsiya 
taqdim etmaslik va boshqalardir.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 174-moddasi va 
Jinoyat kodeksining 184-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarga 
doir ishlar bo‘yicha aybdorning qilmishida soliq yoki boshqa majburiy 
to‘lovlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlashning yuqorida qayd etilgan 
yoxud boshqa biror-bir belgisi mavjudligi isbotlangan bo‘lishi shart. 
Hozirgi kunda nazorat-kassa mashinalari fiskal xotirasi xizmati 
dasturining noqonuniy o‘zgartirilishi, daromad (foyda)ning haqiqiy 
miqdorini yashirishga sharoit yaratganligi tufayli soliq to‘lashdan qasddan 
bo‘yin tovlashning bir usuli hisoblanadi. Bu toifadagi ishlar bo‘yicha 
surishtiruv, tergov organlari hamda sudlar javobgarlikning muqarrarligi 
prinsipiga amal qilinishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilib 
kelinmoqda.

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling