Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun soliq
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1992-yildan 2010-yilgacha bo‘lgan davrda soliq to‘lovi stavkalarining o‘zgarishi Soliq turlari 1992–2009-yillardagi eng yuqori soliq
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun soliq
stavkalarining pasayish tendensiyasi (foizda1) 1996-y. 2000-y. 2005-y. 2009-y. 2010-y. 2011-y. 2012-y. 38,0 31,0 15,0 8,0 7,0 6,0 5,0 Jadvalga muvofiq, ushbu soliqning jami stavkasi yalpi tushumning 1996-yildagi 38,0 foizidan 2012-yilda 5 foizga tushirildi. 453 3-jadval 1992-yildan 2010-yilgacha bo‘lgan davrda soliq to‘lovi stavkalarining o‘zgarishi Soliq turlari 1992–2009-yillardagi eng yuqori soliq stavkalari 2010-yilda o‘rnatilgan stavkalar Pasayish Qo‘shimcha qiymat solig‘i 30 foiz 20foiz 1,5 barobar Yuridik shaxslarning daromad (foyda) solig‘i 45 foiz 9 foiz 5 barobar Yuridik shaxslar uchun mulk solig‘i 5 foiz 3,5 foiz 1,4 barobar Kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi 15,2 foiz 7,0 foiz 2,2 barobar Jismoniy shaxslarning daromad solig‘i 60 foizgacha 22 foizgacha 2,7 barobar Yagona ijtimoiy to‘lov 40 foiz 25 foiz 1,6 barobar Ayni vaqtda, kichik tadbirkorlik subyektlarining soliq hisobotlarini taqdim etish tizimi ham takomillashtirilib, 2005-yilning 1-iyulidan kichik korxona va kichik tadbirkorlik subyektlarining davlat soliq idoralariga taqdim etadigan barcha soliq to‘lovlarining taqdim etish davrlari oylikdan choraklikka o‘zgartirildi. Davlat budjeti daromadlarining yagona va uyg‘un tizimini shakllantirishda 2008-yildan boshlab amalga joriy etilgan yangi tahrirdagi Soliq kodeksi muhim rol o‘ynadi. Ushbu kodeks soliq to‘lovchilarning qonuniy huquqlarini ta’minlashni yanada kuchaytirish, ularni nazorat organlarining qonunga xilof xatti-harakatlaridan himoyalanishini oshirish va shuningdek, soliq hamda majburiy to‘lovlarni hisoblash mexanizmi va to‘lash tartibini takomillashtirishni ko‘zda tutadi. O‘tgan davr mobaynida soliq stavkalarining pasayishi va optimallashtirilishi xalqaro andozalarga binoan daromad (foyda) solig‘ini hisoblash tizimining takomillashtirilishi hisobidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri soliqlarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 1995-yildagi 11,5 foizdan 2010-yilda 5,7 foizga tushirildi. Soliq islohotlari amalga oshirilgan yillar mobaynida soliq yukining kamaytirilishiga qaramasdan, soliq va boshqa majburiy to‘lovlar tushumining barqaror o‘sishini ta’minlashga erishildi. 454 Mustaqillik yillarida soliq tizimini isloh qilish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida to‘lanayotgan soliqlar tarkibida ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Jumladan: – tabiiy resurslardan, birinchi navbatda, yer osti boyliklaridan foydalanish bilan bog‘liq soliqlar ulushi sezilarli darajada oshdi; – umumiy soliq tushumlari hajmida jismoniy shaxslarning daromad solig‘i ulushi ko‘paydi; – daromad (foyda) solig‘i ulushi qariyb ikki barobar pasaydi va bu soliq stavkasining 5 barobaridan ortiq pasayishi hamda soliqqa tortish bazasidan chiqarib tashlanadigan xarajatlar ro‘yxatining kengayishi bilan bog‘liq; – yagona ijtimoiy to‘lov ulushi sezilarli darajada kamaydi, bu uning stavkalari bir yarim barobardan ortiq pasayishi bilan bog‘liq; – soliq stavkalari ikki barobar pasaytirilgan bir paytda, kichik biznes subyektlari tomonidan to‘lanayotgan soliqlar ulushi ko‘paydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrda «O‘zbekistonning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, «Davlat budjeti parametrlari va asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozlari» tasdiqlandi. Ushbu hujjatga muvofiq, YAIMning o‘sishi 2011-yilda 8,3 foiz, sanoat ishlab chiqarishi 9,3 foiz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 5,8 455 foiz, kapital qo‘yilmalar 12,4 foiz, chakana savdo aylanmasi 15,4 foiz, inflatsiya 7–9 foiz darajasida rejalashtirilgan. Budjet daromadlari (davlatning maqsadli fondlari daromadlari hisobisiz) 16,178 trln. so‘mdan yuqori hajmda rejalashtirilgan (2010-yilda – 13,116 trln.): – 2011-yilda to‘g‘ri soliqlarni qo‘shgan holda 4,238 trln. so‘m bo‘lishi kutilgan. 2010-yilda bu ko‘rsatkich 3,42 trln. so‘mni tashkil etgan; – 2011-yilda egri soliqlar 8,656 trln so‘mni tashkil etishi kutilgan. 2010-yilda 6,973 trln. so‘mni tashkil etgan; – 2011-yilda resurs to‘lovlari va mulk solig‘i – 2,308 trln so‘mni tashkil etishi kutilgan. 2010-yilda 1,974 trln. so‘mni tashkil etgan; – 2011-yilda yuqori foyda solig‘i 142,314 mlrd so‘mni tashkil etishi kutilgan. 2010-yilda 25,695 mlrd. so‘mni tashkil etgan; – 2011-yilda boshqa daromadlar 831,754 mlrd. so‘mni tashkil etishi kutilgan. 2010-yilda 722,145 mlrd. so‘mni tashkil etgan; Davlat budjeti xarajatlari (maqsadli fondlar hisobisiz) 16,991 trln. so‘mdan yuqori hajmda rejalashtirilgan (2010-yilda 13,732 trln.). – 2011-yilda ijtimoiy sohalar va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga sarflanayotgan xarajatlar barcha xarajatlarning uchdan ikki qismi, 10,112 trln. so‘mni tashkil etdi. 2010-yilda 8,113 trln. so‘mni tashkil etgan; – 2011-yilda NNT, NPO va fuqarolik jamiyati institutlari uchun 5 mlrd. so‘m sarflandi. 2010-yilda 4,5 mlrd. so‘mni tashkil etgan; – 2011-yilda iqtisodiyot uchun xarajatlar 1,952 trln. so‘mni tashkil etdi. 2010-yilda 1, 573 trln. so‘mni tashkil etgan; – 2011-yilda markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish 950 mlrd. so‘mni tashkil etdi, 2010-yilda 825 mlrd. so‘mni tashkil etgan. Davlat hokimiyati organlari, boshqaruvi va sudlarni moliya- lashtirishga budjetning xarajatlar qismidan 472,304 mlrd. so‘m (2010- yilda 352 mlrd. so‘m), fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, Vazirlar Mahkamasining zaxira fondi uchun 57 mlrd. so‘m, boshqa xarajatlar uchun 3,29 trln. so‘m ajratilgan. 2011-yilda davlat budjeti defitsitining chegaraviy hajmi YAIMga nisbatan 1 foiz hisobida yoki 812,536 mlrd. so‘mni (2010-yilda 616,105 mlrd. so‘m) tashkil etdi, budjet taqchilligini moliyalashtirish davlat budjetining yil boshiga erkin qoldiq vositalaridan va noinflyatsion manbalari hisobidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrda «O‘zbekistonning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti 456 parametrlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, 2011-yilda birqancha soliq va yig‘im stavkalari yangilandi. Hujjatga asosan 2011-yil 1-yanvardan jismoniy shaxslar daromadlariga soliqlarning minimal stavkasi 1 foizga, ya’ni 11 foizdan 10 foizga va o‘rtacha stavkasi 17 foizdan 16 foizga kamaytirildi. Shu bilan birga soliqqa tortish shkalasining quyi plankasi eng kam ish haqining olti barobaridan besh barobarigacha pasaytirildi. Stavka yuqori shkalasi o‘zgarmasdan (22 foiz) qoldi. Jismoniy shaxslardan olinadigan mulk solig‘i (turar joylar va kvartiralar, dala hovlilar, garaj va boshqa qurilmalar, bino va inshootlar) 0,5 foizdan 0,75 foizgacha oshdi. Shu o‘rinda shaharlardagi turar joylar va kvartiralarning maydoni (200 kv.m.dan yuqori) bo‘lganda oshiruvchi koeffitsiyent belgilangan. Jismoniy shaxslarning transport vositasi uchun 1 litr benzin va dizel yoqilg‘isi hamda 1 kg quyuq (siqilgan) gazga olinadigan soliq 145 so‘mdan 175 so‘mgacha, transport vositalari uchun iste’mol qilinadigan suyuq gaz uchun 140 so‘m qilib belgilandi. Mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi bazasi 7 foizdan 6 foizga tushirildi. Hisob-kitoblarga ko‘ra mazkur tadbir xo‘jalik subyektlari uchun 2011-yilda 50 mlrd. so‘mni tejash imkonini beradi va bu mablag‘ korxonalarni ishlab chiqarishini kengaytirishga sarflanadi. Yagona ijtimoiy to‘lov stavkasi o‘zgarmagan holda – mehnat haqi fondining 25 foiz darajasida qoldi. Mikrofirmalar va kichik korxonalardan tashqari xo‘jalik subyektlarini zamonaviy texnikalarni joriy etishni rag‘batlantirish maqsadida 2011- yildan boshlab jismonan va ma’naviy eskirgan, xizmat muddati o‘tgan uskunalar uchun ularning dastlabki (qayta tiklangan) qiymatidan 0,25 foiz to‘lov undiriladi. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling