Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti 321-guruh talabasi Rayhona Nabijonovaning Gigiyena


Download 74.96 Kb.
bet1/7
Sana18.06.2023
Hajmi74.96 Kb.
#1559998
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Zamonaviy turar joylar va shaharlardagi yashash mavzelariga bo\'l




Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti 321-guruh talabasi Rayhona Nabijonovaning Gigiyena. Tibbiy ekologiya fanidan tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
Zamonaviy turar joylar va shaharlardagi yashash mavzelariga bo'lgan gigiyenik talablar

1-v a z i f a. Turar joy binolari (xonalari)ni o’lchash va asboblar orqali tekshirish orqali sanitariya jihatidan ko’zdan kechirish.


Sanitariya jihatidan ko’zdan kechirish tekshiriladigan ob’yektni ko’rib chiqib, tekshirish kartasini to’ldirish va binoda (xonada) yashaydigan kishilarni so’rab-surishtirish yo’li bilan o’lchash va asboblar bilan tekshirish (havo temperaturasi va namligini; yoritilishini aniqlash va hkz.) yo’li bilan amalga oshiriladi.
Xonalarni sanitariya jihatidan tekshiruvdan o’tkazib, quyida keltirilgan kartani to’ldiriladi.
Turar joy xonalarini sanitariya jihatidan tekshirish kartasi.

  1. Aholi yashaydigan punkt, ko’cha, uy nomeri, qavatliligi, kvartira nomeri (yoki yotoqxona nomi), qavati.

  2. Xonaning nomeri, uning nomi.

  3. Xonada yashaydigan kishilar, jumladan, bolalar (yoshini ko’rsating) soni, yashovchilar sog’ligining axvoli (so’rab-surishtirib olingan ma’lumotlarga asosan).

  4. Binoning kattaligi: bo’yi, yeni va balandligi (m), maydoni (m2), kubaturasi (m3).

  5. Xonaga kiriladigan yo’llar soni, qaysi tomondan yekanligi ko’rsatilsin.

  6. Derazalari, ular shakli, soni, joylashishi, oriyentatsiyasi, derazalar kattaligi, tepasidan shipgacha bo’lgan masofa, derazalar o’rtasidagi devorning yeni, qorong’iligi (imoratlar, daraxtlar to’sib qo’yganligi tufayli), yorug’lik koeffitsienti, joylashish chuqurligi.

  7. Sun’iy yoritilishi; yoritilish xili (cho’glanma lampalar, lyumenessent lampalar); umumiy, mahalliy yoki kombinatsiya qilingan qandillar tipi, soni, joylashishi, osmasining balandligi, holati, har bir lampaning quvvati (Vt); har xil nuqtalardagi yoritilganlik (lk, lyuksimetr bilan aniqlanadi yoki «vatt» metodida hisoblanadi).

  8. Tabiiy ventilyatsiya: fortochkalar (fortochkalar kattaligining pol maydoniga nisbati), framugalar, havo tortadigan kanallar, shamollatish rejimi, ikki tomonlama shamollatish imkoniyati.

  9. Devorlari va shipi, ular qanday materialdan qilinganligi va ahvoli. Ichki pardozi va bo’yog’i, paneli.

  10. Poli, uning materiali va axvoli.

  11. Isitilishi, isitish sistemasi (markaziy-suv bilan, pechka bilan, issiqlik sig’imi qanday), radiatorlar yoki pechkalarning joylashishi, pechkalarning ko’rinish maydoni (bunga o’txona, yoqilg’i xili kiradi), yoqish rejimi. Binodagi temperatura-namlik rejimi. Binolardagi kishilarning issiqni qanday xis qilishi.

  12. Zax bor-yo’qligi va uning sabablari (zax belgilari: to’q kul rang dog’, mog’or, bo’yoq rangining o’zgarishi, oboy qog’ozining ko’chib ketishi, pollarning chirishi, zax tortgan shuvoqni to’qillatib ko’rilganda qutichadan chiqadigan tovushga o’xshash tovush yeshitilishi).

  13. SHovqin borligi va uning kelib chiqishi.

  14. Balkon, ravonlar borligi.

  15. Asosiy mebel va uning joylashishi, devorga o’rnatilgan shkaflar borligi.

  16. Sanitariya holati: kundalik va asosiy supurib-sidirish rejimi, tartib va ozodalik: «xona hidi» borligi, pashshalar va boshqa xasharotlar; kemiruvchilar, binoda ovqat pishirilmaydimi, kir yuvilmaydimi va gigiyena shart-sharoitlariga salbiy ta’sir yetadigan boshqa ishlar qilinmaydimi?

  17. Yashovchilarning shikoyatlari.

  18. Qo’shimcha ma’lumotlar, shu jumladan, binolarning sxematik plani.

  19. Turar joy xonalariga sanitariya jihatidan tekshirish kartasining hamma punktlari bo’yicha sanitariya-gigiyenik baxo berish.

Xulosalar va ob’yektning gigiyenik sharoitlarini yaxshilash
yuzasidan taklif yetilgan tadbirlar.

Kartaning tuzilgan vaqti va tekshiruvchining imzosi.



Download 74.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling